75
6.
Sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan idora 15 ish kunidan ortiq
bo‘lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini
ko‘rsatgan holda yozma rad javobini beradi.
Ushbu Qaror asosida ishlab chiqilgan sertifikatlashtirish tartibi, muddatlari
va ketma-ketligi belgilangan holda «O‘zstandart» agentligi tomonidan
«Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari» ishlab chiqilib, 2005 yil 18 martda Adliya
Vazirligida №1458-sonli hujjat sifatida kuchga kiritilgan.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi «O‘zstandart» agentligi
tomonidan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida
sertifikatlashtirishning tegishli qoidalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
«Mahsulotlarni
sertifikatlash
qoidalari»da
ko‘rsatilganidek
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarga qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar kiritilishi
davomida ilgari tekshirilgan xavfsizlik bo‘yicha mahsulot tavsifiga salbiy ta’sir
etmaydigan
bo‘lsa,
yangi
chiqarilayotgan
mahsulotga
qo‘shimcha
sertifikatlashtirish o‘tkazilishi talab etilmaydi. Mahsulot sertifikatlashtirilishi uchun
talab etiladigan xavfsizlik majburiy tavsiflari standartlashtirish bo‘yicha tegishli
me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
Ushbu qoidadagi talablar mahsulot yoki xizmatlarni majburiy va ixtiyoriy
sertifikatlashtirish davomida tadbiq etilishi mumkin.
YUqorida
keltirilgan
qaror
va
qoidaga
asosan
majburiy
sertifikatlashtiriladigan mahsulotlar ro‘yxatidan ma’lum qismi ularning tegishli
talablarga muvofiqligini