Metrologiya bo‘yicha me’yoriy talablar buzilganligi ustidan yuridik




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246626
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2 (1)

1.9. Metrologiya bo‘yicha me’yoriy talablar buzilganligi ustidan yuridik 
javobgarliklar 
“Metrologiya to‘g‘risida” Qonunga muvofiq, o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
doirasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarning nizomlarini buzishda aybdor tadbirkorlik 
sub’ektlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv idoralari 
amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 
Davlat metrologik nazorat idoralari metrologik qoidalar va me’yorlar buzilgan 
hollarda, bunday buzilishga yo‘l qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va standartlar va o‘lchash vositalari 
ustidan davlat nazorati to‘g‘risida Nizomga muvofiq huquqiy choralarni ko‘radi. 
Muayyan tekshiruv jarayonida aniqlangan metrologik me’yorlar va 
qoidalarning buzilishi, bu buzilish oqibatida etkazilgan zararning qiymatdorligiga 
qarab, quyidagi choralarni ko‘rishga olib kelishi mumkin: 
-
buzilishga yo‘l qo‘ygan, tekshiriladigan sub’ektning mas’ul shaxsiga 
buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘riqnoma berish; 
-
yuqori idorani yoki mas’ul shaxslarni metrologik me’yorlar va qoidalar 
talablarining buzilganligi to‘g‘risida xabardor qilish, kamchiliklarni bartaraf etish 


60 
bo‘yicha va buzilishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida 
ko‘rsatma yozish; 
-
o‘lchash vositalarining tasdiqlanmagan turini yoki tasdiqlangan turiga 
nomuvofiq turlarini chiqarishni va qo‘llanishni taqiqlash; 
-
o‘lchash vositalariga tamg‘alangan qiyoslash (kalibrlash) belgilarini 
o‘chirish va (yoki) qiyoslash va kalibrlanganlik to‘g‘risidagi guvohnomani bekor 
qilish; attestatlanmagan o‘lchashlar uslubiyotidan foydalanishni man etish; 
-
turini tasdiqlash maqsadida sinovlardan yoki metrologik attestatlashdan 
o‘tmagan, qiyoslanmagan (kalibrlashdan o‘tmagan), shu jumladan qiyoslash 
muddati tugagan (kalibrlanganlik muddati tugagan) yoki texnik nosoz o‘lchash 
vositalaridan foydalanishni taqiqlash; 
-
o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish, ijaraga berish 
huquqining ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish; 
-
o‘lchash vositalarini sinash, qiyoslash, kalibrlash, o‘lchash vositalari va 
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatlash huquqiga 
akkreditlanganlik sertifikalarini (attestatlarini) bekor qilish bo‘yicha takliflar berish; 
-
metrologik talablarga mos kelmaydigan qadoqlangan mollarni tayyorlash 
va sotishni man etish; 
-
metrologik me’yorlar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan amaldagi 
qonunlarga ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llanish. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruv metrologik xizmatlarining idoralari o‘z 
tuzilmalariga kirgan tadbirkorlik sub’ektlariga, metrologik nazorat natijalari 
bo‘yicha metrologik me’yorlar va qoidalarning buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha 
ko‘rstamalar berishga huquqlidir. 

Download 1,55 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Metrologiya bo‘yicha me’yoriy talablar buzilganligi ustidan yuridik

Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish