O’zbekiston respublikasi oliy va




Download 487.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.05.2023
Hajmi487.33 Kb.
#56077
  1   2   3
Bog'liq
ПТК курс иши
DARS ISHLANMA BET22, Elektorika va sxemalar, Тест техник назоратчиларга 283 та вариантларсиз, Test16, avesto-da-ta-lim-tarbiyaga-oid-fikrlar, bayroq va gerb, 2, portal.guldu.uz- multimediya vositalari, 30.04.1998, 1-lektsiya uzb, 1001-21 Raxmanov Mahkam Elektronika va sxemalar (2), Тест Патентшунослик (2) (1), document, 1696584854


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI. 
Namangan muxandislik – texnologiya institute. 
«Engil sanoat texnologiyasi» fakulteti. 
«To’qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi» kafedrasi. 
5310900 «Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati 
menejmenti»(to’qimachilik va engil sanoat) ta’lim yonalishi
Sinov laboratoriyalarini loyixalash fanidan 
Kurs ishini bajarish uchun 
Uslibiy ko’rsatma 
Namangan - 2015 yil. 


« Sinov laboratoriyalarini loyixalash » fanidan kurs ishini bajarish uchun 
mo’njallangan uslubiy ko’rsatma loyixa bo’limlarini bajarish usullarini, ularni 
ishlab chiqarish va ularni ketma-ketlagini o’z ichiga oladi. 
Ushbu uslubiy ko’rsatmada kurs ishi uchun laboratoriya maydonini tanlash 
va taxlil etish; laboratoriyaning va laboratoriya boshlig’ini vazifasi.To’quv 
korxonasida texnik nazorat bo’limi, to’quv fabrikasining sinov laboratoriyasini 
loyixalash,sinov laboratoriyas, iga o’rnatilgan asbob-uskunalar va ishlaydigan 
laborant xodimlarning sonini xisoblash.Xom-ashyo, yarim maxsulot va tayor 
maxsulot laboratoriyasini xisoblari keltirilgan 
Uslubiy ko’rsatma 5310900 «Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot 
sifati menejmenti»(to’qimachilik va engil sanoat) ta’lim yonalishi talabalari uchun 
mo’ljallangan 
Tuzuvchilar: t.f.n.,dots. D.G.Aliyeva 
kat.o’qituvchi M. Mirhojaev 
ass. A.Qosimov. 
Taqrizchilar: TSMT kafedra dots.X.Parpiyev 
Ushbu uslubiy ko’rsatmada «To’qimachilik sanoati maxsulotlari 
texnologiyasi»kafedrasidaning …..aprel 2015 yildagi … -sonli yig’ilishida 
muxokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan. 
Ushbu uslubiy ko’rsatmada Nam.MTI ni Ilmiy-uslubiy kengashining
………………2015 yildagi …..-sonli yig’ilishida muxokama qilingan va 
foydalanish uchun tavsiya etilgan. 


Paxtani dastlabki ishlash korxonalarining sinov laboratoriyalari
KIRISh. 
………………………………………………………………………… 
……………………………………………………………………….. 
……………………………………………………………………….. 
Paxtani dastlabki ishlash korxonalarining sinov laboratoriyasini loyihalash 
I. TEXNОLОGIK ҚISM 
1.1.Labоratоriyani lоyihalash uchun qurilish maydоnini tanlash va 
tahlil etish 
Paxtani dastlabki ishlash korxonalari tizimida quyidagi laboratoriyalar faoliyat 
ko’rsatadi:
1. Tayyorlov maskanlaridagi laboratoriya 
2. Texnologik laboratoriya (Ishlab chiqarish laboratoriyasi). 
Tayyorlov 
maskanlaridagi 
hom-ashyo 
laboratoriyasining 
vazifalari 
quyidagicha:
1. Chigitli paxtani o’z vaqtida qabul qilish va to’g’ri jamlash.
2. G’aramlangan paxtani saqlash davrida sifatini nazorat qilish.
- Tayyorlov maskanlarida paxtani qabul qilish va jamlash O’zRST615-94 «Paxta, 
Texnik shartlar» va O’zRST 642-95 «Urug’lik paxta. Texnik shartlar» respublika 
standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Tayyorlov punktida paxtani qabul qilishda qabul qilinadigan mahsulotning 
sifatini nazorat qilish muhim o’rin tutadi. Namuna tanlash paxta sifatini nazorat 
etishning dastlabki va eng mas’ul jarayoni hisoblanadi. Paxta tayyorlov punktlarida 
respublika standarti 643-95 «Paxta. Namuna tanlash usullari» bo’yicha olib 
boriladi.
- Paxta ifloslanishi (iflos aralashmalarning massaviy ulushi) va namlik 
(namlikning massaviy nisbati) yagona hisob me’yoriga hamda sanoat navlari 
uchun keltirilgan konditsion massa bo’yicha qabul qilinadi va hisobga olinadi. 
Ushbu ko’rsatkichlar respublika standartlari O’zRST 592-92 «Paxta. Ifloslikni 
aniqlash usullari» bo’yicha va O’zRST 644-95 «Paxta. Namlikni aniqlash usullari» 
bo’yicha olib boriladi.


- qabul qilingan paxtaning navini orgonoleptik usulda aniqlanganda, qabul 
qiluvchi va topshiruvchi o’rtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa O’zRST 593-92 
«Paxta. Paxta tolasining tavsiflarini aniqlash usullari» Respublika standarti 
yordamida instrumental usul bilan aniqlanadi.
Tayyorlov maskanining laboratoriyasi quyidagi priborlarga ega bo’lishi 
lozim:
1. Namuna namligini 110±1,5
0
S da quritish usulida aniqlovchi Uz-7m, Uz-8, 
ShXS-1 namo’lchagichlar.
2. Tezkor usulda namlikni aniqlovchi USX-1, VXS yoki VXS-M1 (VTS), 
Sifat namo’lchagichlari.
3. Paxta ifloslanganligini aniqlash uchun LKM qurilmasi. 
4. Paxta navini aniqlash uchun LPS-4, ASX-1, ALS-1.
5. Jin tola tozalagich PPV yoki laboratoriya jini DL-10.
6. Paxta analizatori AX-2 yoki AXM.
7. Paxta quritgichi SXL-3 yoki USS-1 «Elektronika».
8. Texnik tarozilar.
9. Mikroskop MBI va P-2 nurni qutblantiruvchi moslama, (eksikator). 
10. Namunalar olish uchun bankalar (katta va kichik).
Qabul qilingan paxtaning navi, namligi va iflosligini aniqlash respublika 
standartlari bo’yicha standart namunalarda tekshirilgan yoki «O’zdavstandart»ning 
metrologik xizmati attestatsiyasidan o’tkazilgan priborlarda olib boriladi.
Laboratoriyada 2 ta klassifikator va 3ta laborant operator ishlaydi.
Chigitli paxta ortilgan telejkaning har biridan 800 g namuna olinadi va 2 ta 
telejkadan 1600 g namuna tayyorlanadi.
Paxta iflosligini LKM da aniqlash uchun 300 g namuna olinadi.
Paxta navini ASX da aniqlashda – 150 g namuna olinadi. VXS-1 uchun 
40±0,02 g olinadi. Paxta navini LPS-4 da aniqlash uchun seleksiya naviga ko’ra 
namuna 8,1 g dan 6,5 g gacha olinadi. ASX pribori uchun 150 g namuna olinadi. 
Chigitli paxta 5 ta navga bo’linadi. Uning navi uzilish kuchi bo’yicha aniqlanadi.


1.2 Texnologik laboratoriya (ishlab chiqarish laboratoriyasi) 
Paxtani dastlabki ishlash korxonasini texnologik laboratoriyasining ish 
hajmi paxta zavodining ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq bo’ladi. Paxta zavodini 
ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqariladigan paxta tolasi, chigiti, momiq va 
chiqindi hajmi bilan belgilanadi.
Paxta tolasini sinash laboratoriyasining asosiy vazifasi quyidagicha: 
- texnologik jarayonni nazorat qilish. 
- ishlab chiqarilgan paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini Davlat standartlari 
asosida aniqlash.
- chiqindilar xossasini aniqlash (ikkilamchi xom ashyo). 
O’zekiston Davlat standarti O’zDST 604-2001 “Paxta. Texnik shartlar”ga 
binoan, paxta tolasining fizik-mexanik ko’rsatkichlari: shtapel vazn uzunligi, 
chiziqli zichligi va solishtirma uzilish kuchiga (I va II nav) ko’ra to’qqiz tipga 
bo’linadi. Bunda paxtadagi paxta tolasining tipi shtapel vazn uzunligi yoki chiziqli 
zichligining eng yomon ko’rsatkichi bo’yicha aniqlanadi.
1a, 1b, 1, 2 va 3 tipdagi tolalarga ega bo’lgan paxta uzun tolali (ingichka 
tolali), 4, 5, 6 va 7 tipdagi tolalarga ega bo’lgan paxta esa o’rta tolali paxta 
navlariga kiradi.
Har bir tipdagi paxta rangi, tashqi ko’rinishi, pishib etilganlik koeffitsienti 
bo’yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalarga muvofiq beshta navga 
bo’linadi (I, II, III, IV va V). Paxta navi rangi va pishib etilganlik koeffitsientining 
eng yomon ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlanadi.
Paxta tolasi nuqson va iflos aralashmalarning miqdori bo’yicha O’zDST 
604:2001 Davlat standarti me’yorlariga muvofiq: oliy, yaxshi, o’rta, oddiy va iflos 
sinflariga bo’linadi.
O’zRST 593-92 “Paxta. Paxta tolasining tavsiflarini aniqlash usullari” 
Respublika standarti bo’yicha paxta tolasining sifat xususiyatlarini aniqlashning 
tezkor usullarini belgilaydi: ularga rangi, solishtirma uzilish kuchi, pishib etilganlik 
koeffitsienti va chiziqli zichligi kiradi.


Paxta tolasining pishib etilganlik koeffitsienti va solishtirma uzilish kuchini 
aniqlashda quyidagi priborlar ishlatiladi:
- LPS-4, ASX-1 va ALS-1 qurilmasi va priborlari 
- SXL-3 laboratoriya quritgichi. 
- paxtani iflos aralashmalardan tozalash uchun LKM yoki LKM-2 qurilmasi.
- PPV tola ajratgichi va tozalagichi yoki DL-10 laboratoriya tola ajratgichi, 
paxta analizatori AX-2 yoki AXM.
- VLKT-500 g laboratoriya torozilari.
- namlikni aniqlash uchun USX-1, VXS-1, VXS-M1,Sifat (tezkor usul). Uz-
7m, ShSX, O’z-8 quritish usulida (O’zRST 644-95). 
O’zDST 604:2001 Respublika standarti to’qimachilik sanoati korxonalari, 
shu jumladan, eksport uchun xom ashyo tariqasida yetkazib beriladigan paxta 
tolasini sifatini aniqlashga mo’ljallangan. Mazkur sifat ko’rsatkichlarning bazaviy 
nomenklaturasiga quyidagilar kiritiladi:
- shtapel vazn uzunligi, mm; 
- chiziqli zichlik, mteks; 
- solishtirma uzilish kuchi, sNG’teks yoki gkG’teks; 
- pishib etilganlik koeffitsienti; 
- tola ajratishning sifati va tolaning rangi bo’yicha tashqi ko’rinishi;
- nuqson va iflos aralashmalarning massaviy ulushi, %;
- namlikning massaviy nisbati, %.
Paxta tolasini eksportga jo’natishda yuqorida ko’rsatilgan ko’rsatkichlar 
o’rniga quyida keltirilgan ikki tip ko’rsatkichlar qo’llaniladi:
1. Xalqaro standartlar va mikroneyer ko’rsatkichi bo’yicha tola sifatini 
klasser usulda baholash:
- rangi va ifloslanishi bo’yicha navi va sinfi, jinlash bo’yicha sifati;
- 1G’32 dyuymda shtapel uzunligi; 
- mikroneyr ko’rsatkichi. 
2. Tola sifatini HVI tipidagi o’lchov tizimlaridan foydalanib baholash:
- rangi va ifloslanishi bo’yicha navi va sinfi;


- yorug’lik qaytarish (oqim darajasi) koeffitsienti (Rd), % va sariqlik 
darajasi (Qb); 
- mikroneyr ko’rsatkichi;
- 1G’32 dyuymda taram uzunlik yoki oliy yarim o’rta uzunlik, mm 
(dyuymlar);
- darajalangan HVI da kalibrlanadigan paxtaning solishtirma uzilish kuchi, 
gkG’teks (SNG’teks); 
- notola materiallar bilan ifloslanish, kodi.
Eksport qilinadigan paxta tolasining sifatiga baho berish uchun O’zDST 
604:2001 standarti tomonidan uni xalqaro standartlar bo’yicha tasniflash tavsiya 
etilgan. Unga ko’ra, paxta tolasi uzunlik guruhlari bo’yicha 13G’16 dan 1-3G’4 
dyuymgacha diapazondagi 1G’32 dyuym oraliq bilan ajratiladi. Bazaviy uzunlik 
savdoda upland paxta tolasining 1-1G’16 dyuymi bo’yicha qabul qilinadi, bu 
O’zDST 604:2001 bo’yicha 32 mm (5 tipga) to’g’ri keladi. Agar sotiladigan 
tolaning uzunligi bazaviydan ko’proq bo’lsa, unda narxga qo’shiladi va aksincha, 
agar bazaviydan kamroq bo’lsa, unda tolaning naviga bog’liq bo’ladigan narxdan 
chegirib qolinadi.
Respublika standarti O’zRST 618-94 “Paxta tolasi. Pishib etilganligini 
aniqlash usullari” bo’yicha pishib etilganlik koeffitsientini ikki usul bilan 
aniqlanadi:
- qutblangan nurda (mikroskop va qutblashgan moslama P-2); 
- namunalarning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha (LPS-4).
O’zRST 619-94 “Paxta tolasi. Solishtirma uzilish kuchini aniqlash usullari” 
Respublika standarti bo’yicha tola tutamining solishtirma uzilish kuchini ikki usul 
bilan aniqlanadi: 
- dinamometr DSh-3 yoki DSh-3M-2;
- namunalarning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha LPS-4 qurilmasidan 
foydalaniladi.


O’zRST 620-94 “Paxta tolasi. Chiziqli zichlik va mikroneyr ko’rsatkichini 
aniqlash usullari” Respublika standarti bo’yicha chiziqli zichlikni aniqlashning 
quyidagi usullarni belgilaydi:
- gravimetrik (standart namunalarni attestatsiya qilish va arbitraj 
sinovlarida); 
- namunalarni havo o’tkazuvchanligi bo’yicha; 
- mikroneyr ko’rsatkichi bo’yicha.
O’zRST 629-95 “Paxta tolasi. Rangi va tashqi ko’rinishini aniqlash” 
Respublika standarti bo’yicha. Bu standartga ko’ra, paxta tolasining rangi va tashqi 
ko’rinishini aniqlash sinaladigan namunani tashqi ko’rinishi tasdiqlangan 
namunalar bilan sun’iy (arbitraj usul) yoki tabiiy yoritishda taqqoslash usulida olib 
boriladi.
O’zRST 632-95 “Paxta tolasi. Nuqson va iflos aralashmalar miqdorini 
aniqlash usullari” Respublika standarti bo’yicha nuqson va iflosliklarni 
(ifloslanish) ikki usulda aniqlashni belgilaydi:
- paxta analizatorlari AX va FM-3 da; 
- qo’l tahlilida (arbitraj). 
O’zRST 633-95 Respublika standarti bo’yicha tolaning taram vazn uzunligi 
va kalta tola miqdorini MPRSh-1 qurilmasida mexanik usulda va qo’l bilan Jukov 
qurilmasidan foydalanib (arbitraj usul) aniqlashni hamda tola uzunligini klasser 
usulda aniqlashni belgilaydi.
O’zRST 634-95 va 644-95 Respublika standarti bo’yicha quritish shkaflari 
O’z-7m, O’z-8, apparatlar AK-2, AST-73, o’lchov qurilmalari USX-1, VXS, VXS-
M1 tipdan foydalangan holda namlikni aniqlash usullarini belgilaydi. 
O’zRST 645-95 “Paxta momig’i. Texnik shartlar” Respublika standarti 
paxta zavodida chigitdan momiq ajratishda olinadigan paxta momig’iga qo’yilgan 
talablarni muvofiqlashtiradi. Unda, paxta momig’i uzunligi bo’yicha ikki tipga 
ajratiladi:
A tipi 7-8 mm va undan ko’proq; 
B tipi 6-7 mm va undan kamroq.


Har bir tip tashqi ko’rinishi va pishganligi bo’yicha I va II navga bo’linadi. 
har bir tip va nav momiqdagi iflos aralashmalarning vazniy ulushi bo’yicha uch 
sinfga bo’linadi: oliy, o’rta va iflos.
O’zRST 658-96 “Paxta momig’i. Rangi va tashqi ko’rinishini aniqlash 
usullari” Respublika standartida sinaladigan namunani sun’iy yoritishda (arbitraj 
usuli) yoki maxsus binoda tabiiy yoritganda (klasser usuli) tasdiqlangan tashqi 
ko’rinish namunalari bilan solishtirish asosida belgilaydi.
O’zRST 659-96 “Paxta momig’i. Namlikni vazniy nisbatini aniqlash 
usullari”. Respublika standarti quritish shkaflari O’z-7m yoki ShXS-1, O’z-8 va 
o’lchov qurilmalari USX-1, VXS-1 yoki VXS-M1 dan foydalanib namlikni 
aniqlash usullarini muvofiqlashtiradi.
O’zRST 660-96 “Paxta momig’i. Uzunlikni aniqlash usullari” Respublika 
standarti momiqning taram uzunligini (tekis chetli taramchada momiq tolalarining 
asosiy vazn uzunligini) aniqlash usulini belgilaydi.
O’zRST 661-96 “Paxta 
momig’i. Pishib etilganlikni aniqlash usullari”. U ikki usul bilan 
muvofiqlashtirilgan:
- mikrokimyoviy; 
- qutblangan nurda (arbitraj).
Mikrokimyoviy usul tolaning geometrik shakli va rangining tolani 18% li 
natriy gidroksidi bilan bo’yoq aralashmasidan ishlangandan keyin olingan natijaga 
bog’liqligidan foydalanishga asoslangan. 
1.3To’qimachilik korxonalari laboratoriyasi 
Katta to’qimachilik korxonalari kombinatlarida laboratoriyalar quyidagicha 
farqlanadi:
- markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi; 
- fabrika sinov laboratoriyasi; 
-kimyo laboratoriyasi.


To’qimachilik korxonalaridagi (fabrikalardagi) to’qimachilik mahsulotlarini 
sinash laboratoriyalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlar, texnik 
shartlar va jahon standartlariga mos kelishini ta’minlash hamda uning sifatini 
yaxshilashga qaratilgan bo’ladi.
Laborantlar xom ashyolarni, yarim mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarning 
sifatini nazorat qiladi, nazorat natijasida olingan ko’rsatkichlarni qayta ishlab 
boitadi, shu bilan bir qatorda namunalar olish ishlarini bajaradilar. Mahsulot 
sifatini uzluksiz (doim) nazorat qilib turish uchun ishlab chiqarish (sex) bilan 
olingan natijalar, olinadigan namunalar bo’yicha informatik aloqada bo’lishi lozim. 
Paxta tolasini yigirish fabrikasida laborant belgilangan assortiment bo’yicha 
namuna tanlab olishdan boshlab to uni matematik ishlov berishgacha bo’lgan 
ishlarni bajaradi. Shulardan, paxta tolasini, titish mashinasidan chiqqan xolstni, 
paxta pligini, yigirilgan xom, to’quv iplarini va hokazo sifat ko’rsatkichlarini 
aniqlashi lozim. Laborantni bajaradigan ishlarini boshqa turini ham qo’llash 
mumkin. Bunda laborant bir xildagi sinovni o’tkazadi, masalan, birinchi laborant 
uzilishdagi mustahkamligini, boshqasi namunaning namligini aniqlashda 
konditsion apparatda ishlaydi, uchinchi laborant namuna tanlab olish bilan band 
bo’ladi.
Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish;
- yangi turdagi standartlarni o’zlashtirish va amalda tadbiq etish;
- yangi asbob-uskunalarni o’zlashtirish va yangi usullarni ishlab chiqish; 
- mahsulot sifatini yaxshilash va hokazo. 
Laboratoriya bir nechta bo’limlardan tashkil topadi:
- fizik xossalarni aniqlash; 
- mexanik xossalarni aniqlash; 
- mahsulotni notekisligi va strukturasini aniqlash va hokazo.
Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasining shtatida yigirish, to’qish, tikuv 
ipi va pardozlash sexlarida muhandislar, shu bilan birga bo’limlarga mos 
laborantlar ishlaydi.


1.4. Labоratоriya bоshlig’ining vazifasi 
Labоratоriya bоshlig’i majbur: 
1. Ushbu hоlatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishini ta`minlash. 
2. Labоratоriya xоnalarida mavjud bo’lgan barcha turdagi asbоb-uskunalar 
uchun xulоsa beradi. 
3. Labоratоriya yangi asbоb-uskunalar keltirilsa to’g’ri ishlashligini sinab 
ko’radi. 
4. Labоratоriyadagi asbоb-uskunalarning to’g’ri ishlashi va mahsulоtlarning 
sifat ko’rsatkichlari standart talablariga mоs kelishligiga ma`suldir. 
5. Labоratоriya hоlati, mahsulоt sifati, kоrxоnada ishlab chiqarilayotgan 
mahsulоtlar sifati uchun ma`sul hisоblanadi. 
6. Labоratоriyada ishlash rejimini tuzishda va labоratоriya xоdimlari оrasida 
taqsimlash ishlariga ma`suldir. 
7. Labоratоriyada оlingan sinоv natijalarini nazоrat qilib bоradi va qayd etib 
bоradi. 
8. Labоratоriya bоshlig’i yaxshi ishlagan xоdimlarga qo’shimcha mukоfatlar 
berish uchun kоrxоna rahbariyatiga murоjaat etadi. 
9. Labоratоriya bоshlig’i ilmiy-texnik kоnferentsiyalarda o’z ma`ruzalari 
bilan ishtirоk etadi. 
10. Labоratоriyada mavjud bo’lgan asbоb-uskunalarning nоto’g’ri ishlashi, 
o’lchash asbоblarining nоto’g’ri ko’rsatishi uchun javоbgar hisоblanadi.
1.5.Paxta tоzalash kоrxоnasida texnik nazоrat bo’limi 
Texnik nazоrat bo’limi tukima ishlab chiqarishida ipning chiziqiy zichligi, 
mahsulоtning sifati, mahsulоtni nuksоni, mahsulоtning tоzaligi, xоm ashyo sifati 
va uziluvchanligini nazоrat qilib bоradi 
II Texnologik jarayonlar sxemasini tanlash va asoslash 
Paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonlari sxemasini tanlash. 
Paxta tozalash korxonalarining (PTK) texnologik jarayonlarini (TG’J) 
asoslash uchun: 
1.Malaka oldi amaliyoti (MOA) hisobotidan mavjud texnologik jarayonning 
ketma-ketligi keltiriladi. 
2.Ushbu sxema tahlil qilinadi, kamchiliklari ifodalanadi. 


 3.Tanlangan mahsulot assortimenti bo’yicha adabiyotlar hamda rivojlanish 
yo’nalishi bo’yicha istiqbolli texnologik jarayonlar sxemalarining variantlari 
beriladi, tahlil qilinadi (qisqa texnologiyalar).
Paxtani dastlabki ishlash korxonalarida jinlarning optimal tartibda normal 
ishlashini ta’minlash, hamda tola talab qilingan miqdorda nuqson va iflos 
aralashmalar bo’lishiga erishish maqsadida,chigitli paxta metall buyumlardan, 
organik aralashmalardan, shuningdek o’likdan tozalanadi. Chigitli paxta maqbul 
namlikgacha quritilgandan keyin tozalanadi. 
Og’ir aralashmalar – tosh, metall buyumlari, ochilmagan va yarim ochilgan 
ko’saklarni tutib qolish uchun sexlararo pnevmotransport tizimining separatorlari 
oldida o’rnatilgan chiziqli tosh tutgichlari qo’llqniladi. 
Paxtani mayda iflos aralashmalardan tozalash uchun ko’pincha 1XK, STS-2 
va UXK turidagi paxta tozalash agregatlari yoki qoziqli barabanlar soni 
ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan to’rt karrali 1XK turidagi tozalagichlarni 
yig’ishda foydalaniladigan EN-178 qoziqli bloklar ishlatiladi. 
Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uchun tozalash mashinasining arrali 
sektsiyalarida asosiy va regeneratsya qilish barabanlari qo’llaniladi. 
Iflosliklar bilan qo’shilib, chiqindiga chiqib ketgan paxta bo’laklari 
regeneratsiya barabaniga tushib tozalanadi. Chigitli paxtani yirik ifloslardan 
tozalash uchun asosan: batareyali yig’ishda ChX-5 va ChX-3m-2 “Mehnat”, 
oqimda 1XP va raxta tozalagichlari va EN-177 arrali sektsiyasi bo’lgan UXK 
turidagi paxta tozalash agregatlaridan foydalaniladi. 
Tozalagichlarning chiqindilardagi tolali chigitni regeneratsiyalash uchun 
1RX, RX regeneratorlari yoki ChX-3m-2,ChX-5 tola tozalagichlaridan 
foydalaniladi. 
Qiyin tozalanadigan selektsion navli paxtani tozalash uchun 3UXK rusumli 
ikkita tozalagich yoki UXK rusumli ikkita paxta tozalash qurulmalari ishlatiladi. 
UXK qurulmasi, o’z ichiga 1PU ta’minlagich-ushlab-qolgichni, ikkita 1XP 
tozalagichini,SX separatorini va ketma-ket tutashgan 4ta UXK sektsiyasi hamda 
EN-178 tipidagi 4ta qoziqli blokdan iborat paxta tozalash agregatlarini o’z ichiga 


oladi. UXK tipdagi sektsiya va EN-178 qoziqli blok va EN-177 arrali sektsiyadan 
iborat.
Paxtani tozalash korxonalarida paxtani tozalash uchun tavsiya etilgan 2LPO 
majmuasi qo’llaniladi. Ushbu majmua sxemalari 1-chizmada keltirilgan bo’lib, 
uning tarkibida quyidagi mashinalar va jixozlar mavjud bo’ladi. 
2LPО majmuasi tarkibida taqsimlash shneki va 2UXK markali tozalagichlar 
ikkita qurulmasi 1PU ta’minlagich-og’ir aralashmalarni ushlab qoluvch. 1XP 
tozalagich, SX separatori, UXK turdagi almashib turadigan va tutashgan ikki 
sektsiyali agregat va to’rtta EN-178 qoziqli bloki, shuningdek 1PX regeneratori 
bo’ladi. 2UXK tozalagichining bitta qurilmasi zavod xududidan tashqarida 
joylashgan tayyorlav maskanlarida qo’llaniladi. 
2) 2SОTh majmuasi parallel ishlaydigan ikkita 6A-12M1 shnekli tozalagichlardan 
iborat bo’ladi. 
2SOTs ning sxemasi 
SX separator
1 PU-ta’minlagich
1 RX-regenerator
1XP-tozalagich
UXK
SX


Paxta zavodlarining o’zida tozalagichlarning turli variantlari qo’llaniladi. 
Amaldagi paxta tayyorlov punktlarida tozalashning boshqa variyantlari ham 
qo’llaniladi. Masalan: quritgichlardan tashqari bor yo’g’i bitta yoki ikki dona paxta 
tozalagichlar qurilmasi yoki ChX-3M2 regeneratori 2-4 ChX-5 tozalagichlari 
qo’llaniladi. 
Uskunalari batareyali joylashtirilgan kompleksi SX (SS-15A) separatori, 
ikkita SBО (2SB-10, SBT) qurutgichi, parallel ishlovchi ikkita shnekli 6A-12M 
yoki 1XK (SCh-02) har birida 3-5 tadan parallel ishlaydigan ikkita ketma-ket 
joylashgan ChX-5 (ChX-3M2) batareyalari va ikkita 1RX (RX), xar bir batareyada 
bittadan ikkita parallel ishlovchi 6A-12M1 yoki 1XK(SCh-02) tozalagichlardan 
iborat.
6 A12M
1RX
6A12M-shnekli 
tozalagich


Masalan: 
Tozalagichlar batareyali joylashtirilgan uskunalar kompleksining texnologik 
chizmasi.
Paxta tolasini arrali jinlarda ajratish va tolani tozalash. 
Paxta tolasini ajratish, bu-jinlarda tolani chigitdan ajratish jarayoni 
xisoblanadi. Ular arrali va g’o’lali jinlarga bo’linadi. Paxta zavodining tola ajratish 
bo’limida bir yoki ikki jinlar qatori (batareyasi) o’rnatilgan bo’lishi mumkin. 
Ularning xar birida to’rttadan 3XDDM jini, yoki uchta 5DP-130 (4DP-130) yoki 
ikkita 6DP-210 jinlash mashinalari bilan jixozlanadi.
Tolani iflosliklardan tozalashda 30VP-M yoki 1VP(2VP,3VP) rusumli tola 
tozalagichlar ishlatiladi. Tozalangan paxta tolasi presslash sexiga uzatiladi. 
Jinlarni chigitli paxta bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida taqsimlovchi 
shnekning oxirida (BIM) to’plash bunkeri o’rnatiladi. Arrali jinlarning ish 
unumdorligi paxtaning sanoat navlariga bog’liq bo’ladi. 
SBO, SBT
1 XK
1RX
1 XK
SX


Jinlarning iflos aralashmalar va o’likdan tozalash samaradorligi quyidagicha 
aniqlanadi. 
[%]
100




Download 487.33 Kb.
  1   2   3




Download 487.33 Kb.
Pdf ko'rish