O’zbekiston respublikasi oliy va




Download 487.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.05.2023
Hajmi487.33 Kb.
#56077
1   2   3
Bog'liq
ПТК курс иши
DARS ISHLANMA BET22, Elektorika va sxemalar, Тест техник назоратчиларга 283 та вариантларсиз, Test16, avesto-da-ta-lim-tarbiyaga-oid-fikrlar, bayroq va gerb, 2, portal.guldu.uz- multimediya vositalari, 30.04.1998, 1-lektsiya uzb, 1001-21 Raxmanov Mahkam Elektronika va sxemalar (2), Тест Патентшунослик (2) (1), document, 1696584854
x
b
C
B
C
K
Bunda C
x
-jindagi ta’minlovchi tarnovdan tushayotgan paxtaning iflosligi 
,foizda, C
b
-jinlashdan so’ng toladagi iflos aralashmalar miqdori, foizda, B-
rejalashtirilgan tola chiqish,foizda.
Chigitli paxtadan tola chiqish miqdori quyidagicha aniqlanqdi, foizda. 
[%]
100
m
m
B
fs
fv

Bunda mf.v - paxta tolasining fizik massasi, kg.
mf.s- chigitli paxtaning fizik massasi, kg.
Paxta tolasi tozalagichlardan keyin pnevmo transport orqali tolani presslash 
sexiga jo’natiladi. Shu davrda, presslashdan oldin tola namlash qurulmalari 
yordamida namlanadi. Bu qurilmalarning samaradorligi 2-22 foizgacha bo’lib, toy 
vazni 10-12kg ga oshishi mumkin. 
Chigitda qolgan kalta (momiq) tolalarni ajratish linterlash sexida amalga 
oshiriladi.Chigitdagi momiqni ajratib olishda 5LP va PMP-160M rusumli hamda 
xozirgi kunda 6LP rusumli linterlar korxonalarda keng joriy etilmoqda. 
Talab qilingan tukdorlikda linterlangan chigitlar, chigit valigidan ajraladi
kolosnik sirtidan sirg’anib, tarnov orqali chigit vintli yig’ish konveyeriga tushadi 
hamda chigit saqlash omborlariga jo’natiladi. 
Jinlangan va linterlangan tolalar presslash sexida toylanadi. Paxta tozalash 
zavodlarida D8237 (1968y), DA8237 (1973y) va DB8237(1987y) modelidagi 
revol’ver konstruktsyali gidropress qurilmalaridan keng foydalaniladi.
D8237 pressining texnik tavsifi quyidagicha. 
Unumdorligi, toyG’soat - 20. 
Toyning massasi (vazni), kg - 215 ±15 
Toyning o’lchamlari (mm): uzunligi -9600; kengligi -595; balandligi-735 


Tayyorlov punktlarida paxtani qabul qilish va jamlash. 
Xo’jalik tomonidan sotiladigan paxtani qabul qilish paxta tozalash 
zavodlarining tayyorlov punktlari (zavod qoshidagi va tashqarisida joylashgan) 
tomonidan amalga oshiriladi. Har kun paxtani qabul qilishdan oldin klassifikator 
tayyorlov punktining mudiri va xo’jaliklar topshiruvchilari ishtirokida avtomobil 
torozilarni tekshirish lozim. Xamda maxsus daftarda bu xaqida yozuvlari bo’lishi 
shart. 
Tayyorlov punkitlarida paxtani qabul qilish va jamlash O’zRSt 615-94 
“Paxta.Texnik sharoitlar” va O’zRSt 642-95 “Urug’li paxta.Texnik sharoitlar 
respublika standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Paxtani qabul qilish 
tayyorlov maskanlarida to’dalar shaklida amalga oshiriladi. Bitta nav, turi va 
sinfga tegishli sifat to’g’risidagi xujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta keltirilgan 
to’da hisoblanadi. 
Har bir paxta turi rangi, tashqi ko’rinishi va pishib yetilganligi 
koeffitsientiga binoan beshta navga bo’linadi. Paxta ifloslanganlik va namlik 
miqdoriga qarab uchta, 1(qo’lda), 2(mashinada), 3(to’kilgan paxta) sinflariga 
bo’linadi. 
Paxta to’dasini jamlanishi, saqlanishi va qayta ishlanishi “Paxta terish va 
tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma”ga binoan uning turiga va sifat ko’rsatkichlariga 
qarab har bir xo’jalik bo’yicha alohida amalga oshiriladi. 
Paxta tayyorlov punkitida paxtani ikki yoki uch zonali tizim bo’yicha qabul 
qilish amalga oshirish mumkin. Birinchi zonada keltirilgan paxtaning sifati 
aniqlanadi. Ikkinchi zonada torozida tortiladi. Uchinchi zonada qobul qilingan 
paxtalarni tushirish va g’aramlash ishlari bajariladi. 
Ikki zonali qabul qilishda qabul qilinadigan paxtaning sifatini aniqlash va 
tortish birinchi zonada amalga oshiriladi. Paxtani tushurish, g’aramlash va uning 


sifatini qo’shimcha tekshirish ikkinchi zona klassifikatori tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Chigitli paxtani qabul qilishda har bir keltirilgan to’da nuqtalaridan 
namunalarni tayyorlov punkitining klassifikatori paxta topshiruvchi ishtirokida 
paxta tortilguncha qo’lda tanlab olinadi. Nuqtalardan namunalar tanlashga paxta 
tushirilgan joylarda ham ruxsat etiladi. Keltirilgan paxta to’dasining har ikki 
tonnasidan turli chuqurlikdagi kamida uch joydan, har biri 100-150g miqdorda 
namuna tanlab olinadi (O’zRSt 643-95 Namuna tanlash usullsri). Umumiy 
tanlangan namuna 800g dan kam bo’lmasligi lozim. 
Paxtaning iflosligi va namligi tayyorlov punkti labaratoriyasida har bir 
xo’jalik bo’yich o’rtacha kunlik namunalari tayyorlanadi. Paxtaning iflasligini 
aniqlash O’zRSt592-92 “Paxta. Iflosilgini aniqlash usullari” bo’yicha amalga 
oshiriladi. Namligini aniqlash esa O’zRSt 644-95 “Paxta. Namligini aniqlash 
uskunalari“ bo’yicha bajariladi. 
Paxtani ifloslanishi va namligi sanoat navlari uchun keltirilgan konditsion 
massa bo’yicha qabul qilinadi,u quyidagicha xisoblanadi. 

Download 487.33 Kb.
1   2   3




Download 487.33 Kb.
Pdf ko'rish