47
1.6
O‘lchash xatoliklari va ularning sinflanishi
O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda
namoyon
bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
–
o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini
siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
–
o‘lchash ob’ektini o‘lchash joyiga o‘rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;
–
o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash,
o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;
–
o‘lchash vositasi va ob’ektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki
bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va
hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar;
–
o‘lchash ob’ektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
–
operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar.
O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo
o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi.
O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga
bo‘linadi:
I.
O‘lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: