44
O‘zgartirish funksiyasi analitik ifoda bo‘yicha [
U=f(X)
o‘zgartirish
tenglamasi], grafik tarzda va jadval ko‘rinishida berilishi mumkin.
O‘zgartirish funksiyasi ko‘pincha o‘lchash vositasining
graduirovkali
xarakteristikasi
deyiladi.
O‘lchash vositasi uchun (yoki o‘lchash vositasining konkret turi uchun)
ko‘rsatilgan o‘zgartirish funksiyasini o‘lchash vositasining
nominal o‘zgartish
funksiyasi U=f
H
(X)
deyiladi.
Ideal holda o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash asboblarining nominal
o‘zgartish funksiyasi chiziqli bog‘liqlikda –
U=k
H
(X)
bo‘ladi. Bunday asboblar bir
tekis shkalali bo‘lib, ularda ikki qo‘shni belgilari orasidagi oraliq butun shkala
bo‘yicha bir xil, ya’ni proporsional bog‘liq bo‘ladi. Asboblarda o‘zgartirish
funksiyasining chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv
xatoliklarni esa kamaytiradi.