• Induksion asboblar
  • Elektrostatik o‘lchash asboblar




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246626
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2 (1)

    Elektrostatik o‘lchash asboblar. 
    Elektrostatik o‘lchash asboblarning ishlash 
    prinsipi turli xil elektr zaryadlarini tutib turuvchi elektrodlarning mexanik o‘zaro 
    ta’siriga asoslangan. Elektrostatik asboblarda o‘lchanadigan kattalik elektrostatik 
    o‘lchash mexanizmi aniqlayotgan doimiy tok yoki o‘zgaruvchan kuchlanishga 
    o‘zgartiradi. 
    Asbobning shkalasi o‘lchanayotgan kattalik birliklarida graduirovka 
    qilinganda nochiziqli shkalani hosil qiladi. Odatda, elektrostatik asboblardan 
    o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas toklarni, shuningdek, odat yuqori chastotali 
    kuchlanishlarni o‘lchash uchun foydalaniladi. 
    Bu aboblar uchun chastotaga bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar va kichik 
    energiyani iste’ml qilishi bilan ajralib turadi. Elektrostatik asboblarini ko‘rsatishiga 
    o‘lchanadigan kuchlanish chastotasi, atrof-muhit temperaturasining o‘zgarishi va 
    tashqi maydonlar deyarli ta’sir etmaydi. Bunga qarama-qarshi o‘laroq tashqi elektr 
    maydonining ta’siri sezilarli darajada bo‘ladi. Elektrostatik asboblarining xususiy 
    energiya sarfi juda kam: masalan, o‘zgarmas tokda u deyarli nolga teng. 
    Elektrostatik voltmetrlar kam quvvatli zanjirlarda juda keng, hattoki 30 MHz 
    gacha bo‘lgan chastota diapazonida kuchlanish o‘lchashda ishlatiladi. Aniqligi 
    bo‘yicha elektrostatik voltmetrlar ko‘pincha 1,0-1,5 klasslariga mo‘ljallab ishlanadi. 
    Maxsus ishlangan aniqligi 0,1; 0,05 bo‘lgan voltmetrlar ham mavjud. 
    Tashqi elektr maydon ta’sirini kamaytirish maqsadida elektrostatik ekran 
    ishlatiladi. 


    41 
    Induksion asboblar
    . Induksion asboblarni boshqa elektr o‘lchash asboblari 
    tizimidan farqli jihati bitta aniqlangan chastotada o‘zgaruvchan tok zanjirida 
    qo‘llash mumkin. Uning kam o‘zgarishlari ko‘rsatkichning katta xatoligiga olib 
    keladi. 
    Zamonaviy induksion asboblar chastotasi 50 Gs bo‘lgan bir fazali va uch 
    fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlari uchun elektr energiyasini hisoblagich sifatida 
    tayyorlanadi. 
    Induksion asboblar ishlash prinsipi bo‘yicha asinxronli elektrodvigatellarga 
    o‘xshash bo‘lib, asbobning ish zanjiri bo‘yicha tok yuklanishi o‘tadi va yuguruvchi 
    yoki magnit maydonni aylantiruvchi ya’ni harakatlanuvchi qismda tok 
    induksiyalanadi va uni aylantirishga olib keladi. 
    O‘zgaruvchan magnit oqimi miqdori bo‘yicha asbobning harakatlanuvchi 
    qismida induksiyalovchi tokga nisbatan bir potokli va ko‘p potokli induksion 
    asboblarga bo‘linadi. 
    Induksion asboblarning ishlash pritsipi asbobning harakatlanuvchi qismida 
    induktivlangan toklar bilan o‘zgaruvchan magnit oqimlarining mexanik o‘zaro 
    ta’sirlashishiga asoslangan. Hisoblagichda potoklardan biri tarmoq kuchlanishiga 
    ulanib (elektr energiyasi o‘lchanadi), o‘ramda elektromagnitni yaratadi. Bu potok 
    harakatlanuvchi alyuminli diskni kesib o‘tadi va uyurmali tokni induksiyalaydi, 
    elektromagnit kuchlanish qutblari izi atrofida tutushadi. Ikkinchi potok tok zanjiriga 
    navbatdagi ulangan o‘ram elektromagnitni hosil qiladi. Bu potok diskda hamda 
    uyurmali tok o‘zining elektromagnit qutblari izi atrofidagi tutashuvga olib keladi. 
    Induksion mexanizmlarda aylantiruvchi moment hosil bo‘lishi uchun kamida 
    ikkita yoki ikki tashkil etuvchidan iborat bitta, faza jahatidan bir-biridan farq qiluvchi 
    va bir-biriga nisbatan uzoqroq joylashgan o‘zgaruvchan magnit oqimlari bo‘lishi 
    kerak. 
    O‘zgaruvchan magnit oqimlar orasidagi faza farqi 90

    ga teng bo‘lganida 
    aylantiruvchi moment o‘zining maksimal qiymatiga etadi. 
    Aylantiruvchi moment o‘zgaruvchan tok chastotasiga bog‘liqdir. 


    42 
    Induksion tizimli o‘lchash mexanizmlari asosan quvvat o‘lchashda - vattmetr, 
    elektr energiyasini hisoblashda – hisoblagich (schyotchik) sifatida ishlatiladi. 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish