Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246626
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2 (1)

6)
 
Sertifikatlanayotgan mahsulotning ishlab chiqarish holatini baholash 
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida o‘rnatilgan. Kuzatuv muddati 
10 kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Baholash natijalari bo‘yicha sertifikat berish 
to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, hisobga olinuvchi kuzatuv dalolatnomasi 
tuziladi. Ishlab chiqarishni kuzatuvi o‘tkazilganligi haqidagi dalillar, ishlab 
chiqarishni sertifikatlashtirish yoki sifat tizimini sertifikatlashtirish mahsulotni 
sertifikatida keltiriladi. 
7)
 
Muvofiqlik sertifikatini berish. 
Sertifikatlashtirish idorasi sinov 
bayonnomasini ko‘rib chiqib, ishlab chiqarish holatini baholashi va ijobiy qaror 
qabul qilganidan so‘ng sertifikatni rasmiylashtiradi va uni davlat reestrida ro‘yxatga 
olib, O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida o‘rnatilgan 
qoidalar bo‘yicha arizachiga topshiradi. Muvofiqlik sertifikati faqat ro‘yxatga 
olingan raqami mavjud bo‘lganda kuchga ega. Muvofiqlik sertifikati 


82 
davlat va rus tillarida rasmiylashtiriladi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish 
muddatini sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish sinovining o‘tkazilish 
shartlari va mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini, hamda mahsulotning me’yoriy 
hujjatini amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish 
sertifikatlanganligi hisobga olib, uch yildan kam bo‘lmagan muddat uchun 
belgilaydi. 
Mahsulot partiyasi (to‘pi) yoki donali buyumlar muvofiqlik sertifikati 
yaroqlilik muddatiga va bu yaroqlilik muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatda 
qo‘llanilsa amal qiladi. 
Muvofiqlik sertifikati arizachiga ikki ish kuni davomida topshiriladi 
shuningdek, SI sinov natijalarini olgan vaqtdan boshlab SI ishlab chiqarish 
kuzatuvini 5 ish kun davomida o‘tkazadi. Arizachi muvofiqlik sertifikatining amal 
qilish muddati tugashigacha, bir oydan kam bo‘lmagan vaqtda ishlab chiqarayotgan 
mahsulotini qayta sertifikatlashtirish maqsadida sertifikatlashtirish idorasiga ariza 
berish huquqiga ega. Bunda SI inspeksiya nazorati natijalarini hisobga olib, 
sertifikatlashtirish sxemasini o‘zgartirishi mumkin. 
Mahsulot (tarkibi) konstruksiyasiga yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga 
o‘zgartirish kiritishni rejalashtirishda, ya’ni sertifikatlashtirishda mahsulotning 
xarakteristikalariga ta’sir qilish mumkinligini, tayyorlovchi bu idorani habordar 
qiladi, negaki, sertifikat beruvchi zaruriy to‘g‘rilovchi chora- tadbirlar haqida qaror 
qabul qiladi. 

Download 1,55 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish