80
Arizachi zaruriyat bo‘lganda namunalar ma’lumotlari bo‘yicha
texnikaviy
hujjatlarni taqdim qiladi.
Bunda namuna (proba) tanlab olish dalolatnomasi 2 nusxada tuzilib, ulardan
biri arizachiga topshiriladi.
Import qilinayotgan bojxona ta’minotida bo‘lishi kerak bo‘lgan mahsulotdan
namunalar (proba) tanlab olishni, bojxona idorasi ruxsati bilan bojxona inspektori
va tovar egasi yoki uning vakili ishtirokida sertifikatlashtirish bo‘yicha idora
vakillari o‘tkazishadi. Namuna (proba) tanlab olish dalolatnomasi uch nusxada
bo‘lib, ulardan ikkinchisi bojxona idorasiga topshiriladi.
5)
Sertifikatlashtirish sinovi
ushbu mahsulotni sertifikatlashtirishda
foydalaniladigan me’yoriy hujjatlarda ko‘rilgan va bu sinovni o‘tkazish
huquqi
bo‘lgan akkreditlangan sinov laboratoriyalarida o‘tkaziladi.
Sertifikatlashtirish vaqtida akkreditlangan sinov laboratoriyalari bo‘lmasa,
sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idora sinovni o‘tkazish joyini, sharti va tartibini
va uning natijalarini xolisonaligini ta’minlashni aniqlaydi.
Arizachi sertifikatlashtirish idorasiga ishlab chiqarishga mahsulotni etkazish
va ishlab chiqishda o‘tkazilgan sinov bayonnomasi (uni amal qilish muddatini
hisobga olib) yoki O‘zbekiston Respublikasi SMTda akkreditlangan/tan olingan
mahalliy yoki xalqaro sinov laboratoriyalari bajargan sinov haqida hujjatlarni ham
taqdim qilishi mumkin.
Buyutrmachining iltimosi bo‘yicha uning
vakiliga sinov shartlari va
laboratoriya bilan tanishish imkoniyati beriladi. Arizachi o‘zining mahsulotini
sinashda qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada sinov me’yoriy shartlari
saqlanishi va maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha choralar qabul qilingan bo‘lishi lozim.
Namunalar sinovi ishonchliligi, sifati va saqlash
uchun mustaqil va texnik
layoqatliligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasi masuliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Sinov bayonnomalarini vakolatga ega mutaxassis imzolaydi va laboratoriya rahbari
tasdiqlaydi.
Mustaqil laboratoriya bo‘lmaganda, sertifikatlashtirish idorasi vakili nazorati
81
ostida faqat texnik layoqatligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasida
sertifikatlashtirish maqsadida sinovni o‘kazishga ruxsat etiladi. Bunday sinovni, uni
o‘tkazishga topshiriq beruvchi sertifikatlashtirish idorasi bilan
bir qatorda sinov
laboratoriyasi xolisonaligi uchun javobgarlikni o‘zlarining zimmasiga olishadi.
Sinov bayonnomalariga bunday holatlarda, sertifikatlashtirish idorasining ekspert-
auditori ham imzo chekadi.
Sinov bayonnomasi arizachi va sertifikatlashtirish idoralariga taqdim qilinadi.
Bayonnomalar nusxasi sertifikat amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan muddat
davomida saqlanishi kerak. Bayonnomalar nusxasining muayyan saqlanish muddati
sinov laboratoriyasining hujjatlarida va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish
tartibida o‘rnatiladi.
Agar mahsulotni sinash alohida parametrlar bo‘yicha turli xil akkreditlangan
sinov laboratoriyalarida o‘tkazilsa, unda mavjud barcha zaruriy sinov natijalari
bo‘yicha ijobiy bayonnomalar bo‘lsa, mahsulot muvofiqligini baholash ijobiy deb
hisoblanadi.
Sinov natijalari salbiy bo‘lgan holatlarda sertifikatlashtirish
idorasi arizachiga
sertifikat bermasligi sabablari ko‘rsatilgan xulosani beradi.