Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246626
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2 (1)

8)
 
Muvofiqlik belgisi. 
Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida o‘rnatilgan 
sertifikatlashtirish sxemasi tuzilgan kelishuvni hisobga olib, arizachi-litsenziatga 
sertifikatlashtirilgan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqi beriladi. 
Seriyali mahsulotga muvofiqlik sertifikatini berish vaqtida, vakil namunasi 
sinovi natijalari, bu mahsulotga zaruriyat bo‘lganda qadoqlash, idish va ilova 
hujjatlari korxona-tayyorlovchining javobgarligi bilan, sinalgan namuna va 
ishlatilayotgan mahsulot me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini 
ta’minlab Muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alaydi. 


83 
Muvofiqlik belgisini qo‘llash umumiy qoidalari O‘z DSt 5.8:2006 «O‘z 
MTMT. Muvofiqlikni tasdiqlash belgisi. Qo‘llash qoidalari»da o‘rnatilgan. 
Muayyan mahsulot turi bo‘yicha belgidan foydalinishga o‘ziga xos talablar bir 
turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi va belgini qo‘llash kelishuvida 
o‘rnatilgan. 
Belgining tasviriga talablar O‘z DSt 1.19:2000 «O‘z DST. Muvofiqlikni 
tasdiqlash belgisi. SHakli, chizilish, asosiy o‘lchamlari»da aniqlangan. 
Sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarga muvofiqlik belgisi misoli 4.1- 
rasmda ko‘rsatilgan. 
Ye 009/001 
4.1-rasm. 
Muvofiqlik belgisi bilan kod belgilanishini qayd qilish misoli. 
Donali buyumlarni sertifikatlashtirishda uni muvofiqlik belgisi bilan 
tamg‘alash amalga oshirilmaydi. 
Sifat tizimi muvofiqlik belgisini mahsulotni ilova hujjatlarida, reklama 
materiallarida qo‘llash bo‘yicha arizachiga huquqni, sifat tizimini sertifikatlashtirish 
idorasi taqdim qiladi. Sifat menejmenti tizimi muvofiqlik belgisi bevosita 
mahsulotga qo‘yilmaydi. 
Muvofiqlik belgisi har bir sertifikatlangan mahsulot qo‘zg‘olmas qismiga, 
tayyorlovchi bu mahsulotni har birini donalab qadoqlashda tovar belgisi bilan 
yonma-yon tamg‘alanadi. 
Muvofiqlik belgisi bevosita mahsulotga muvofiqlik belgisini qo‘yish 
imkoniyati yo‘q (masalan, gazsimon, suyuq va sochiluvchan materiallar va 
moddalar) bo‘lsa, idishga yoki qadog‘iga qo‘yiladi. Zaruriyat bo‘lganda maxsus 
texnik vositalar, yorliq, lentalardan foydalaniladi. 
Sertifikatlangan mahsulot va xizmatga, arizachisi va ta’minotchi muvofiqlik 
belgisi bilan uning kodini qo‘yishi lozim. Muvofiqlik belgisi kodi tushirish 
qo‘shimcha beligi ko‘rinishida, sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlar bir 


84 
guruh mahsulotlarga tegishli ekanligini sertifikatlashtirish idorasi aniqlaydi. 
Kodning belgilanish quyidagicha: 
X XXX/YYY 
bu erda, X – bir turdagi mahsulot guruhi belgisi; XXX – sertifikatlashtirish 
idorasining davlat reestrida bo‘yicha akkreditlangan attestatining tartib raqami 
bo‘lib hisoblanadi; YYY – muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini olgan, 
korxonaning tartib raqami bo‘lib hisoblanadi. 
Kod misoli 4.1-rasmda keltirilgan bo‘lib, bu erda 

Download 1,55 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish