Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar mehnat sarfining o‘rtacha qiymati
Ishlarning nomi
Mehnat, odam. kun.
1
Me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilish
A4 format 1 varag‘iga
0,025
2
Xalqaro va xorijiy me’yoriy hujjatlarni
(tarjimasiz) tahlil qilish
A4 format 1 varag‘iga
0,05
3
Konstruktorlik va texnologik hujjatlarni
ekspertiza qilish
A1 format 1 varag‘iga
0,1
4
Sertifikatlashtirish sxemalarini tahlil qilish
1
5
Sinov laboratoriyasini tanlash
3
6
Sifat tizimi va ishlab chiqarishni
sertifikatlashtirish idorasini tanlash
3
7
Deklaratsiya-talabnomasi bo‘yicha qaror
tayyorlash
1
8
Sinov dasturini ishlab chiqish
4
9
Sinov qurilmasiini tayyorlash, namunani tanlash
va sinovni o‘tkazish
Sinov dasturiga
muvofiq
10
Sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni
sertifikatlashtirish
Sinov dasturiga
muvofiq
11
Sinov bayonnomasini tahlil qilish
2
12
Olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik
sertifikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish
2
13
Inspeksiya nazorati sxemasini ishlab chiqish
2
14
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va
ro‘yxatga olish
1
88
2.5. Xizmatlarni sertifikatlashtirish
Xizmatlarni sertifikatlashtirish xizmatlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha
akkreditlangan idoralar tomonidan ularning akkreditatsiya sohasi doirasida amalga
oshiriladi.
Sertifikatlashtirishda xizmatlarning tavsiflari tekshiriladi va quyidagi
tekshirish usullaridan foydalaniladi:
xizmatlarni identifikatsiyalashni o‘tkazish hamda uning me’yoriy va
texnikaviy hujjatlarga muvofiq tasnifiy guruhga xosligi tekshirish;
ushbu xizmatni tartiblashtiruvchi me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan, atrof-
muhit, iste’molchilarning mol-mulki va hayoti hamda sog‘lig‘i uchun xavsiz va
uning sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablarga xizmatlarning muvofiqligini
to‘liq va ishonarliligini tasdiqlash.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlardan iborat:
sertifikatlashtirishga arizani taqdim qilish;
arizani ko‘rib chiqish va ariza bo‘yicha qaror qabul qilish;
o‘rnatilgan talablarga xizmatning muvofiqligini baholash;
muvofiqlik sertifikatini berish (berishni bekor qilish) to‘g‘risidagi qarorni
qabul qilish;
muvofiqlik belgisini qo‘llashga ruxsat va muvofiqlik sertifikatini berish
sertifikatlashtirilgan xizmat ustidan inspeksiya nazorati.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish uchun arizachi (xizmatni bajaruvchi)
akkreditlangan sertifikatlashtirish idorasiga sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun
ariza bilan xususan, ariza bo‘yicha qaror qabul qilish va sertifikatlashtirishni
o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rnatuvchi va uni ekspertiza qilish uchun zaruriy
hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi (ushbu ma’lumotlar anketa- so‘rovnomasi
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin).
Ariza shakli sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq bo‘lishi
lozim.
Akkreditlangan sertifikatlashtirish idorasi mavjud bo‘lmagan taqdirda
arizachi arizani sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qarorni qabul qilish
89
uchun sertifikatlashtirish milliy idorasiga taqdim etadi.
Bir qancha sertifikatlashtirish idoralari bo‘lgan holatlarda arizachi ixiyoriy
ravishda ulardan biriga ariza berishi mumkin.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirishni o‘tkazish
imkoniyatlari mavjudligini aniqlash maqsadida arizani ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga
oladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xizmatlarni sertifikatlashtirish
idorasi ariza bo‘yicha qaror qabul qiladi va arizachiga rasmiy ravishda xabar beradi.
Agarda ijobiy holatda bo‘lsa, sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha xizmatning
nomi va kodi, me’yoriy hujjatlari, sertifikatlashtirish sxemalarini ko‘rsatadi. Agarda
salbiy bo‘lgan holatda uning sabablari ko‘rsatiladi.
Arizachi
sertifikatlashtirish
arizasida
Qoidada
ko‘zda
tutilgan
sertifikatlashtirish
sxemalaridan
birini
ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lib,
sertifikatlashtirish sxemasini tanlashda muayyan turdagi ko‘rsatiladigan xizmatning
o‘ziga xosligini, arizachi (xizmat ko‘rsatuvchi) sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni
olib borishga xarajat imkoniyatlarini hisobga olish lozim.
Arizani ekpertiza ыilish jarayonida nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda
arizachining tashkiliy-texnikaviy imkoniyatlarini hisobga olib xizmatlarni
sertifikatlashtirish idorasi tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi talablari va qo‘llash
sharoitlarini ushbu sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishni o‘tkazishni batafsil
asoslashi yoki boshqa sertifikatlashtirish sxemasini taklif qilishi lozim.
Xizmatlar muvofiqligini baholash jarayoni 4.1-jadvalda keltirilgan
sertifikatlashtirish sxemalariga muvofiq o‘taziladi.
|