101
ehtiyojni qanoatlantirishdagi harajatlar bo‘yicha raqobatlanuvchi mahsulotlardan
uning ajralib turishini ifodalovchi
mahsulotning tavsifi uning
raqobatbardoshligi
deb ataladi.
Sifat ham boshqa tushunchalar singari o‘zining tizimiga egadir.
Sifat tizimi
deganda, tashkiliy tuzilish, ma’suliyati,
ish tartibi, jarayonlar, resurslar yig‘indisi
bo‘lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushuniladi.
Sifat xalqasi –
ehtiyojni aniqlashdan to ularni qanoatlanishini baholashgacha
bo‘lgan turli xil bosqichlrda sifatga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq faoliyat turlarining
konseptual modeli.
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining
nomenklaturasini tanlash,
bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan
taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi
mahsulot sifatining darajasini
baholash
deb ataladi.
Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga
bo‘linadi:
1.
Foydalanishda
sarflanadigan mahsulot;
2.
O‘z resursini sarflaydigan mahsulot (4.4-rasm).
4.4-rasm. Sanoat mahsulotlarining sinflanishi.
Материал-
лар ва озиқ-
овқатлар
Ўз ресурсини сарфловчи
Фойдаланишда сарф
бўлувчи