100
ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).
Mahsulot sifati
deganda, uning vazifasiga
binoan muayyan ehtiyojlarni
qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog‘liq.
Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‘lsa, mahsulotning
sifatini
belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik, o‘zaro
almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi.
Masalan, paxta
terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning,
shpindellarning, bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga
bog‘liq.
Mahsulot sifati
– o‘zida aniqlangan ehtiyojlarni
qanoatlantiruvchi uning
yaroqliligini ta’minlovchi xossalar majmuasini namoyon etadi. Mahsulotning har bir
xossa yoki bir necha xossalarining darajasini aniqlash sifat ko‘rsatkichlari
yordamida baholanadi. Bunda ulkan ko‘p xilli mahsulotlar turlari tavsiflovchi turli
xil xossalar mavjud va unda xuddi shuningdek, mahsulot sifati ko‘rsatkichlari ham
ko‘p bo‘ladi.
Mahsulotlarning murakkab xossasini tavsiflovchi, uning ehtiyojini, maqsadini
va topshiriqga binoan berilgan vazifalarni bajarishga
mahsulotning funksional
layoqatligi
deb ataladi.
Mahsulotning
badiiy
ifodalanishini,
shaklning
to‘g‘riligini,
kompozitsiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa
mahsulotning estetikligi
deb ataladi.