97
nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu
holda mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning chiqarilishiga ma’lum xarajatlar
bo‘lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi.
Beshinchi sxema.
Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov
tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning
sifatini baholashga
asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shahobchasida va ishlab chiqarishda namunalar
sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli
faqat mahsulotning sifatini
nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada
chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi.
Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida uning
mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu
usul sanoati rivojlangan
mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan
sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalarga qaraganda
bu sxema eng murakkab va
nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning afzalligi ite’molchi mahsulot
sifat darajasini yuqori ekanligiga
ishonch hosil qiladi, bu esa asosiy mezon
hisoblanadi.
Oltinchi sxema
faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan
tizimni baholanishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu
usul ayrim vaqtda korxona-
tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat
korxonaning belgilangan sifat darajadagi mahsulotni
chiqarish qobiliyati
baholanadi.