93
ekspertning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshiriladi. Mahsulotdan namunani olish
namunalarni tanlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Agarda bu guruhdagi xizmatni sertifikatlashtirish tartibida ko‘zda tutilgan
bo‘lsa, xizmatlarni sertikatlashtirish bo‘yicha idoraning ekspertiga namunani tanlash
ruxsat etiladi. Sertifikatlashtirishni o‘tkazishda tekshirish va baholash natijalari qayd
etilgan (dalolatnomalar, bayonnomalar) rasmiy hujjatlar, va sertifikatlashtirish
natijalari bo‘yicha asoslangan qarorni qabul qilish rasmiylashtiriladi. Xizmatlarni
baholash natijalari “Xizmat ko‘rsatishni baholash dalolatnomasi” ko‘rinishida
taqdim etiladi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi o‘rnatilgan talablarga xizmatlarning
muvofiqligini tasdiqlovchi dalolatnomalarni, bayonnomalarni va boshqa hujjatlarni
tahlili asosida muvofiqlik sertifikatiri berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasining qarori ijobiy bo‘lgan holatlarda
muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib, uni davlat reestida ro‘yxatga oladi va
arizachiga sertifikatni taqdim etadi. Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi
sertifikatlashtirish natijalarini va sertifikatlashtirilayotgan xizmatning MHni amal
qilish muddatini hisobga olib, 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda sertifikatni amal
qilish muddatini belgilaydi. Sertifikatlashtirish idorasi arizachiga muvofiqlik
sertifikati bilan birga muvofiqlik belgisidan foydalanishga ruxsat beradi.
Agarda natijalar salbiy bo‘lgan holda bekor qilish sabablarini ko‘rsatib,
muvofiqlik sertifikatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni rasmiylashtiradi va uni
arizachiga taqdim etadi.