Sertifikatlashtirilgan xizmatlarning nazorat yo‘sinidagi tekshiruvi




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246626
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2 (1)

Sertifikatlashtirilgan xizmatlarning nazorat yo‘sinidagi tekshiruvi 
(inspeksiya nazorati). 
Inspeksiya nazoratini muvofiqlik sertifikatini beruvchi 
xizmatlarni 
sertifikatlashtirish 
idorasi 
sertifikatlashtirishda 
tasdiqlangan, 
sertifikatlashtirilgan xizmatlarni talablarga muvofiqligini o‘rnatish maqsadida, 
sertifikatni amal qilish davomida amalga oshiradi. 
Muvofiqlik sertifikatini beurvchi xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasining 
faoliyati to‘xtaligan holatlarda sertifikatlashtirilgan xizmatlar ustidan inspeksiya 
nazorati o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish sertifikatlashtirish milliy 


94 
idorasi tomonidan hal qilinadi. 
Inspeksiya nazorati rejali va rejadan tashqari tekshiruv shakllarida amalga 
oshirilib, o‘zida quyidagi ishlarni qamrab oladi: 

sertifikatlashtirilgan xizmatlarning sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi 
tushgan ma’lumotlarni tahlil qilish; 

inspeksiya nazorati dasturini ishlab chiqish; 

inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun komissiyani tuzish; 

inspeksiya tekshiruvini o‘tkazish; 

qaror qabul qilish va natijalarni rasmiylashtirish. 
Rejali inspeksiya nazorati o‘tkazishning davriyligi va hajmini xizmatlarni 
sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish natijalari yoki oldin o‘tkazilgan 
inspeksiya nazorati natijalari, xizmatlarning xavflilik darajasi, uning sifatini 
barqarorligi, tekshirishni o‘tkazish xarajatlari va sertifikatlashtirish sxemasiga 
bog‘liq holda, ammo yilida bir martadan kam bo‘lmagan holda belgilaydi. 
Rejadan tashqari inspeksiya nazorati quyidagi holatlarda o‘tkaziladi: 

iste’molchilar, xizmatlarni xavfsizligi va sifati ustidan nazorat o‘tkazuvchi 
ijroya hukumat organlari, iste’molchilar uyushmasi jamiyatidan sertifikatlangan 
xizmatlar sifatiga shikoyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushganda; 

turli avariya va boshqa noxushliklar sabablarni tekshirish natijalari hamda 
davlat texnik ko‘rigini o‘tkazish natijalari bo‘yicha vakolatli organlardan 
ma’lumotlar olinganda; 

muvofiqlik 
sertifikatining 
amal 
qilish 
shartlari 
va 
sertifkatlashtirishtalablariga aloqador faoliyatlarga o‘zgarishi sabablari bo‘yicha 
arizachining murojaatiga ko‘ra inspeksiya nazoratini o‘tkazish so‘ralsa. 
Inspeksiya nazorati natijalari berilgan muvofiqlik sertifikatini amal qilinishi 
(to‘xtatilish, bekor qilinishi)ni tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosalardan iborat bo‘lgan 
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunda dalolatnomada qo‘llanilayotgan 
sertifikatlashtirish sxemasidagi sertifikatlashtirishga muvofiq tanlanma tekshirish 
natijalari qaydetiladi. 
O‘rnatilgan talablarga xizmatlar nomuvofiq bo‘lgan holatlarda 


95 
sertifikatlashtirish idorasi inspeksiya nazoratini o‘tkazishni bekor qiladi va 
muvofiqlik belgisini qo‘llashga ruxsatni hamda muvofiqlik sertifikatini amal 
qilishini bekor qiladi. 
Ushbu ma’lumotlar huddiy davlat nazorat va tekshiruv organlariga hamda 
sertifikatlashtirish milliy idorasiga ushbu xizmatlarni amalga oshirishni oldini olish 
bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni qabul qilish uchun taqdim etiladi. 
Muvofiqlik sertifikatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qabul qo‘yilgan 
holatlarda agarda xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqgan to‘g‘rilovchi amallarni 
sertifikatlashtirish idorasi bilan kelishilgan bo‘lsa, aniqlangan nomuvofiqliklarni 
sababini bartaraf qilish imkoniyatlari va muddatlarini o‘rnatish yo‘li bilan chora- 
tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Sertifikatlashtirish idorasi to‘xrilovchi chora-tadbirlarni tekshirish vaqtida: 

muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisini qo‘llashga ruxsatni bekor 
qiladi; 

to‘g‘rilovchi chora-tadbirlarni bajarish muddatini belgilaydi; 

to‘g‘rilovchi chora-tadbirlarning bajarilishini tekshiradi. 
Barcha natijalar ijobiy bo‘lgan holatlarda sertifikatlashtirish idorasi 
sertifikatni qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi. 

Download 1,55 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sertifikatlashtirilgan xizmatlarning nazorat yo‘sinidagi tekshiruvi

Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish