96
2.6
Sertifikatlashtirish sxemalari va ularning mohiyati
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO (ingliz tilida qisqarmasi ISO) tarkibidagi
qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi
tomon tarafidan amalga
oshiriladigan
sertifikatlashtirishning
sakkizta
sxemasi
berilgan
bo‘lib,
respublikamizda ham aynan shu sakkizta sxema asosida va unga qo‘shimcha 1 ta
jami 9 ta sxema tadbiq etilgan:
Birinchi sxema
. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini
standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan
sinov tashkilotlarida
sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan
namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xalos. Bu yo‘l o‘zining
soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli
milliy va halqaro savdo
munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema.
Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus
tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini savdo
shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar
asosida nazorat qilib
boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali
chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi
uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar
mahsulot standart talablariga
nomuvofiqligi aniqlanilsa, baribir uni savdo
shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi
yoki uni chiqarib tashlash
uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.