105
tashish, saqlash, ta’minlash;
soha tekshiruvini ta’minlash;
sifatni rag‘batlashtirish.
Hozirgi kunda ishab chiqarish tashkilotlari va koxonalarida ISO 9000 seriyali
xalqaro standartlari talablariga muvofiq sifat menejmenti
tizimi joriy etilib
sertifikatlashtirilmoqda.
Sifat menedjmenti tizimi (SMT)
– bu tashkilotning sifat bilan bog‘liq
vazifalarni hal qiladigan usuldir. Keng ma’noda u mahsulot sifati sohasida belgilan
maqsadlarga erishish va iste’molchilar talablarini
qanoatlantirish uchun
qo‘llaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab
chiqarish jarayonlari
va resurslarni qamrab oladi.
Sifat menedjmenti tizimi – u yoki bu faoliyat qanday va nima uchun amalga
oshirilishi, vazifalarni hal qilish usullari va erishilgan
natijalarni qayd qilinishi
bayoni masalalarini qamrab oladi. Ular asosan sakkiz
tamoyildan tashkil topgan
bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Iste’molchiga yo‘nalganlik.
Tashkilotlar o‘zining iste’molchilariga tobe
bo‘ladi va shuning uchun ularning joriy va kelgusidagi
ehtiyojlarini tushunishi,
ularning talablarini bajarishi va kutganidan ham ortiq yaxshi natijaga erishishi lozim.