Истеъмолчи
Талаблар
SHartli belgilar
:
Qiymat qo‘shuvchi faoliyat
Ma’lumot oqimi
4.5-rasm. Jarayonli yondoshuvga asoslangan sifat menejmenti tizimi modeli.
SMT bazaviy modelini ishlab chiqishda bu tamoyil, tashkilot mahsulot yoki
xizmatlarni yaratish jarayonlarini, mahsulot yoki xizmatlarni buyurtmachi
ehtiyojlariga muvofiqlikka tekshirish jarayonlari bilan birlashtirishga harakat
qilayotganligini ta’kidlaydi.
6.
Doimiy yaxshilash.
Tashkilotning faoliyatini doimiy yaxshilashga
qaratilishini o‘zgarmas maqsad deb qaralishi lozim.
Tashkilot SMT faoliyati orqali buyurtmachini kelajakdagi ehtiyojlarini
107
samarali qanoatlantirish va joriy qilingan jarayonlarni eng yaxshi natijalarga
erishishini o‘z maqsadi deb qaraydi.
7.
Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish.
Samarali qarorlar
ma’lumotlarni va axborotlarni tahlil etishga asoslanadi.
SMT faoliyatiga taalluqli qarorlarni qabul qilish uchun bu darajada faktlar
va ma’lumotlar qo‘llaniladi. Bunda ma’lumotlar manbalari bo‘lib auditlar,
to‘g‘rilovchi amallar, jarayonlar faoliyati, buyurtmachilarni shikoyatlarini tahlillari
natijalari, shuningdek boshqa manbalar hisoblanadi. Tahlilda qanoatlanganlik
darajasi va SMT samaradorligini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
ma’lumotlarga alohida e’tibor beriladi.
8.
Etkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar.
Tashkilotlar
va ularning etkazib beruvchilari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va o‘zaro manfaatli
munosabatlar ikkala tomonning moddiy boylik yaratish imkoniyatlarini oshiradi.
Nazorat savollari
1.
Sertifikat, muvofiqlik belgisi atamalariga ta’rif bering.
2.
Sertifikatlashtirishga ta’rif bering.
3.
Sertifikatlashtirish sohasida atama va ta’riflarga xalqaro talablarni qaysi
tashkilot shakllantiradi?
4.
Muvofiqlik beligisi nima degani?
5.
Sertifikatlashtirish tizimi nima degani?
6.
Muvofiqlik sertifikatiga ta’rif bering.
7.
Sertifikatlashtirishni
majburiy
va
ixtiyoriyga
bo‘linishi sababini
tushuntiring.
8.
Sertifikatlashtirish ob’ektlari nimalar bo‘lishi mumkin?
9.
Xalqaro va milliy darajada korxona sifat tizimlariga talablarni belgilovchi
qanday standartlarni bilasiz?
10.
ISO 9000 seriyali standartlarning asosiy mazmuni nimadan iborat?
11.
Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohasida atama va ta’riflar uchun
asosiy O‘zbekiston davlat standartlarini ayting.
108
12.
Sertifikatlashtirish sxemalarini ta’rif bering.
13.
Mahsulot
va
xizmatlarini
sertifikatlashtirishda
qaysi
sxemalardan
foydalaniladi?
14.
Sertifikatlashtirish jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
15.
Sertifikatlashtirishda inspeksion nazorat (nazorat yo‘sinidagi tekshiruv) ning
vazifasi nimadan iborat?
16.
Qanday holatlarda muvofiqlik sertifikatining amal qilinishi to‘xtatilishi yoki
bekor qilinishi mumkin?
17.
O‘zbekiston Respublikasi sertifikalashtirish milliy tizimi tashkiliy
tuzilmasini tutintiring.
|