O‘quvchilar: yangi mavzuni «Aysberg» singari eritib, urganib olganimiz ma’qul.
Rag’batlantirish: (O‘qituvchi dars so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilarni «5» baho bilan baholab, ularga tashakkurnoma bildiradi. Ularni yaxshi o‘qishga chorlaydi).
Uyga vazifa:
Mustaqillik yillari O’zbekiston-Rossiya do’stlik aloqalari rivojlanishida yangi bosqich to‘g’risida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plab, darsga tayyorgarlik ko‘rish.
Biz bu mavzuni o‘quvchilarga o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyaning ushbu uslubini o‘quvchilar yoshiga e’tibor bergan holatda sodda va qulay usulda qo‘llashni tavsiya etamiz.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab xalqaro munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanib, uning xalqaro nufuzi kundan-kunga ortib bormoqda.Barcha mamlakatlar bilan teng huquqli va o’zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish O’zbekiston tashqi siyosatining muhim tamoyillaridan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasidagi munosabatlar shu asosda rivojlanib bormoqda.
Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar keng qamrovli bo’lib, ular diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy, texnikaviy, madaniy va boshqa sohalarni qamrab olgan. Bu munosabatlar ikki tomonlama va ko’p tomonlama asosda jadal suratlarda rivojlanib bormoqda.
Shuni alohida takidlash kerakki, Rossiya Federasiyasi o’zining iqtisodiy, ilmiy, intellektual potensiali, yer usti va yer osti boyliklari jihatidan jahonning yetakchi mamlakatlaridan hisoblanadi. O’zbekistonning ham boy imkoniyatlari mavjud. Shu jihatdan ikkala mamlakat ham o’zaro hamkorlik qilishdan manfaatdor.
Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo ayriboshlash hajmi yil sayin oshib bormoqda jumladan, 2001 yilda ikki mamlakat tovar ayriboshlash hajmi 1 milliard 28, 6 million AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda bu ko’rsatkich 4, 5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.Qo’shma korxonalarning miqdorida ham yil sayin o’sib bormoqda, 2005 yilda O’zbekistonda 360 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2009 yilda bundan qo’shma korxonalar soni 843 taga yetgan. Rossiyada 2005 yilda O’zbekistonlik sheriklar ishtirokida 267 qo’shma korxona faoliyat yuritgan bo’lsa, 2009 yilda bu ko’rsatgich 385 taga yetdi. O’zbekiston-Rossiya munosabatlarda yoqilg’i-yenergetika sohasidagi hamkorlik ham alohida ahamyatga ega. Ikki mamlakat o’rtasida 2002 yil dekabrda "Gaz sohasida strategik qamkorlik to’qrisidagi bitim"imzolangan edi. U 2012 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston gazini xarid qilish, yurtimizdagi gaz konlarini o’zlashtirishda ishtirok etish.Markaziy Osiyo gazini mamlakatimiz hududi orqali tashishni nazarga tutadi.
O’zbekiston Rossiya bilan ijtimoiy sohada qam yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Fan-talim, tibbiyot, madaniyat va sanat, turli boshqa yo’nalishlarda aloqalar faollashmoqda. Talim, kadrlar tayorlash soqasidagi o’zaro manfaatli qamkorlikka kelsak, bugungi kunda Rossiyaning iqtisodiyot, servis, boshqaruv, lingvistika, pedagogika, qishloq xo’jaligi, informatika soqalarida mutaxassislar tayyorlaydigan o’nlab oliy o’quv yurtlari bilan samarali xamkorlik yo’lga qo’yilgan. Toshkentda G.Plexanov nomidagi akademiya filiali faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari 2006 yil sentyabr oyida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali qam yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga kirishgan bo’lsa, 2006 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Toshkent shaxrida " I.N.Gubkin " nomidagi Rossiya Davlat Neft va Gaz universiteti filiali faoliyatini tishkil etish to’qrisida qaror qabul qildigandi.
2010 yil 19-20aprel kunlari mamlakatimiz rahbari Islom Karimov Rossiya Federasiyasiga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o’rtasida madaniy-gumanitar sohada 2010-2012 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi, Mazkur tashrifning yana bir muhim ahamyati shundaki, tashrif doirasida ikki mamlakat o’rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi 2010-2012 yillarga mo’ljallangan tadbirlar rejasini amalga oshirishga xko’maklashish masalalariga o’zaro anglashuv memorandum imzolandi. Umuman olganda ikki mamlakat rahbarlariming o’zaro munosabatlarni rivojlantirishga oid masalar, mintaqaviy va xalqaro muamolar yuzasidan nuqtai nazar va qarashlari o’xshash va yaqinligi, xalqlarimizning do’stligi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamyat kasb etib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlarning mohiyati va asosiy yo’nalishlarni yoritishga shu nuqtai nazardan yondoshish lozim. O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan ko’p tomonlama aloqalari tarixini o’rganish, atroflicha tahlil qilish dolzarb vazifalardan biri ekanligini O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Vazirlar mahkamasining 2017- yil 14-yanvardagi kengaytirilgan majlisida alohida ta'kidlandi. Ya’ni bugungi kundagi ishlar va aholi o’rtasida mamlakatlarimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish muhim ahamiyatga egaligi aytib o’tildi.
Shuni alohida takidlab o’tish lozimki, O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi ko’p tomonlama Oliy darajadagi siyosiy muloqotlar muntazamlik kasb etgan. Misol uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2010-yilning 14-15-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Moskvada bo’ldi. Mazkur tashrif yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bilan va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida "Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to’g’risida"gi Deklaratsiya va boshqa bir qator muhim hujatlar imzolandi, bu o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirdi.
O’zbekiston va Rossiya o’rtasida imzolangan qarib 300 dan ortiq davlatlararo, hukumatlararo, parlamentlararo va idoralararo xujjatlar ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini tashkil etadi. Rossiya bilan O’zbekiston savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yildan-yilga kengayib bormoqda.
yilning o’zida tovar ayriboshlash hajmi 7, 8 mlrd dollardan oshgan. 2017- yilda bu ko’rsatkich 16 milliarddan oshirilishi rejalashtirilgan. O’zbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 960 dan ortiq qo’shma korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 150 dan ortiqi to’la-to’kis Rossiya sarmoyasi asosida tuzilgan. Rassiyaning “Lukoyl” va “Gazprom” kabi neft-gaz kampaniyalari mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va o’zlashtirish borasida faoliyat olib bormoqda. Chunki O’zbekiston ham Rossiya ham yoqilg’i-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni 2013- yil 14-15- aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi davomida V.Putin bilan muhim shartnomalarni imzoladilar163.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi imzolandi. Savdo- iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, yoqilg’i-energetik kompleksi ham iqtisodiyotning boshqa sohalarida o’zaro hamkorlik masalalari O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi hukumatlararo "Iqtisodiy hamkorlik komissiyasi"164 faoliyati doirasida muntazam ko’rib chiqildi. Ular uchrashuv davomida komissiya faoliyati va istiqbolidagi rejalarni muhokama etishdi.
2015-yilda O’zbekistonning Rossiya bilan o’zaro tovar ayriboshlash hajmi 5 mlrd dollardan oshdi. 2016-yil aprel oyida Moskvada o’tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari o’zaro hamkorlik rivojiga yangi sur’at bag’ishladi. 2017- yilda Rossiyaga O’zbekiston yana ham ko’proq meva, poliz mahsulotlarini yetkazib berishni ko’zda tutmoqda.
Shuningdek, muzokaralar yakuni bo’yicha "Investitsiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risida"gi Bitim, 2013-2017-yillarga mo’jallangan "Iqtisodiy hamkorlik dasturi", atrof-muhitni himoya qilish muassasalari, bojxona va soliq xizmatlari o’rtasidagi hujjatlar qabul qilindi. Ushbu muzokaralar nihoyatda ahamiyatli bo’ldi. Ishchanlik muhitida o’tgan muzokaralarda imzolangan hujjatlar O’zbekiston va Rossiya o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan boyitish yo’lida borayotganligini tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtsida o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun “Lukoyl” neft kompaniyasi prezidenti V. Alekperov bilan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Oqsaroyda muzokara o’tkazgan. Muzokaralar neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirish jiddiy ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Kompaniyaning mamlakatimizdagi neft-gaz konlarini o’rganish va qazib olish bo’yicha investitsiyalarning hajmi 2015-yil dekabrga qadar 5 milliard dollardan oshgan. Muloqot chog’ida jahon va mintaqa uglevodorod xom ashyosi bozoridagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashdi, uzoq muddatli va o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning kelajakdagi yo’nalishlari haqidagi masalalar muhokama qilindi. 2018-2019- yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash dasturi muhokama qilindi.
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2015-yil 15-iyul kuni Oqsaroyda qabul qilindi. Uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi munosabatlar mustahkam strategik sheriklikka asoslangan holda izchil rivojlanayotganligini takidladi. O’zbekistonning Rassiya Federatsiyasi bilan o’zaro hamkorligi nafaqat neft-gaz kampaniyalari sohalarid, balki avtomobilsozlik sohasida ham muhim o’rinni egalladi. O’zbekistonga ishlab chiqarilayotgan avtomobillar Rossiyada doimo xaridorgir. “Matiz”, “Neksiya” kabi O’zbekiston mashinalari bu yerda bir necha bor yilning eng yaxshi abtomobili deb topilgan.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi O’rtasidagi o’zaro do’stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlariga O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Vladimir Putin asos solgan Strategik sheriklik munosabatlarini davom ettirishni va yanada mustahkamlashga harakat qilishini mamlakatimizning bugungi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taziya marosimida yana bir bor ta'kidlab o’tdi. Ushbu marosimda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin jumladan shunday dedi: "O’zbekiston Respublikasining Birinchi Presidenti Islom Karimov O’zbekiston uchun, o’z xalqining farovonligi uchun ulkan ishlar qilgan. Eng murakkab paytlarda ham tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilgan". Shuningdek, Rossiya davlatlarimizning o’zaro hamkorligini davom ettirish va rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdi.
O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan ko’p tomonlama aloqalari va munosabatlarini rivojlantirishda asosiy o’rinni savdo-iqtisodiy hamkorlik tashkil etadi. 2015-2019-yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etib bormoqda. Bu haqida dissertatsiya matnida atroflicha aytib o’tildi.
|