Xulosa………………………………………………………………………98-102
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati……………………………………….103-105
KIRISh
1991-yili O’zbekiston birinchilardan bo’lib Sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqib o’z mustaqilligini ko’lga kiritdi. Bu voqea o’zbek xalqining asrlar davomida intiqib kutgan orzusi edi. Mamlakatimiz ichki hayotida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Tashqi siyosat masalasida ham O’zbekiston o’z ovozi va nufuziga ega bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish davlat - faoliyatining yangi va amalda qo’llanilmagan yondashuvlardan biridir. Yakka hokimlik tizimi sharoitida O’zbekiston xalqaro maydonga to’g’ridan -to’g’ri va ochiq chiqish imkoniyatidan mahrum etilgan bo’lib, o’zining tashqi siyosiy davlat idoralariga, yetarlicha diplomatlariga va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi mutaxassislarga ega emas edi.1 Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston jahon hamjamiyatiga kirib borish, jahonning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorlikni yo’lga qo’yish imkoniyatini ko’lga kiritdi. Natijada O’zbekiston jahonning qator mamlakatlari bilan teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlikni olib borishga yo’l ochib berdi.
O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida bir necha o’n yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston o’zining tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatiga o’zining munosib o’rnini egalladi, uning mavqyei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. O’zbekiston tashqi siyosatga, amalga oshirish yo’llarini belgilashga negiz qilib olingan prinsiplardan biri ham "O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik asosida quriladi "2-deb belgilangan.
Yuqoridagi tamoyillardan kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi jahonning barcha mamlakatlar bilan ko’p tomonlama va teng huquqli hamkorlini yo’lga qo’ydi. Shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo teng huquqli munosabatlar o’rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda.
1991 yil oxiriga kelib SSSRdek ulkan imperiya tarqab ketgach, g’oyat murakkab va qaltis davr yuzaga keldi. Avvalo davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi. Endilikda har bir mustaqil davlat o’z taqdirini o’zi belgilash orqali ichki imkoniyatlarini ishga solishi zarurati tug’ildi. Shunday bir vaziyatda o’zini endi tiklab olishga urinayotgan O’zbekiston Respublikasi Rossiya Federasiyasi bilan turli sohalarda hamkorlik qilish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yo’lini tanlaydi. Rossiya Federasiyasi uchun ham boshidan kechirayotgan inqirozli yillarda O’zbekiston bilan hamkorlik ancha ijobiy siljishlarga olib keladi. 1991 yil 26 oktyabrda I.Karimov rasmiy davlat safari bilan Moskvaga bordi. Uchrashuvda I.Karimov va B.Yelsin ikki davlat o’rtasida muxtor vakolatxonalar ochish, bir-birining suverenitetini va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, tashqi siyosatda va iqtisodiy masalalarda hamkorlik qilishga kelishib olgan edilar.
Ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar nechog’li muhim ahamyat kasb etayotganligi va ikki mamlakat aloqalarning yangi yo’nalishda tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishini o’rganish dolzarb mavzulardan biridir.
|