• Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi
  • O’zbekiston - Rossiya davlatlari o’rtasidagi huquqiy munosabatlarning barpo etilishi
  • Ishningning xronologik chegarasi




    Download 0,58 Mb.
    bet8/27
    Sana16.06.2021
    Hajmi0,58 Mb.
    #15085
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
    Ishningning xronologik chegarasi: 1991-yildan 2019-yilgacha, ya’ni mamlakatimiz mustaqillikka erishib, Rossiya Federatsiyasi bilan diplomatik aloqa o’rnatgan kundan to 2019-yilgacha bo’lgan 28 yillik ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ilmiy-tenikaviy munosabatlari tarixini o’z ichiga oladi.

    Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmi 107 betni tashkil etadi.

    I-BOB. O’ZBEKISTON - ROSSIYA DAVLATLARI O’RTASIDAGI TENG SHERIKCHILIK MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHI. (1991-2019 YY.)

      1. O’zbekiston - Rossiya davlatlari o’rtasidagi huquqiy munosabatlarning barpo etilishi

    O’zbekiston mustaqillik tufayli o’ziga xos mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab olgan davlatdir. Bu yo’l jahonda o’zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo’lidir. Uning ratsional mag’zi jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion - tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Taraqqiyotning o’zbek modeli xaliqmizning milliy davlatchilik an’analari, qadriyatlari va mentalitetiga tayangani, ayni vaqtda, jamiyatni isloh etish borasidagi dunyo tajribasining ilg’or yutuqlariga asoslangani tufayli xalkaro hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.7

    O’zbekiston tashqi siyosatining muhim tamoyili dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga ko’yish hisoblanadi.Shu asnoda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasidagi munosabatlarlar shakllanib, rivojlanib bormoqda. 1991 yili 26 oktabr kunida Moskva shahriga I.A.Karimov boshchiligidagi O’zbekiston Respublikasi rasmiy delegasiyasining ikki kunlik davlat tashrifidan boshlab ilk qadamlar qo’yildi desak xato bo’lmaydi. Mazkur tashrida O’zbekiston Respublikasi delegasiyasi tarkibi: O’zbekiston Respublikasi Oliy kengash raisi Sh.M.Yo’ldoshev, vise-prezident Sh.R.Mirsaidov, Vazirlar Mahkamasi raisining o’rinbosari B.S.Hamidov, Prezidentning maslahatchisi Sh.S.Ziyomov, tashqi ishlar vaziri Sh.N.Mahmudov, Respublika Oliy kengashi Komiteti raisi E.Xalilov, Respublika hukumatining Moskvadagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi A.A.Saidovlar Rossiya rahbarlari bilan muloqot o’tkazdilar.8 Shu kuni O’zbekiston Respublikasi va RSFSR delegatsiyalari O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida tarixan tarkib topgan har tomonlama do’stlik va hamkorlik munosabatlarni rivojlantirishga azmu qaror berilganligini tasdiqladilar.

    Tomonlar hamma e’tirof qilgan xalqaro huquq meyorlariga, BMT ustavining maqsadlari va qoidalariga, inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarga, Xelsinki yakunlovchi aktining hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlikka bag’ishlangan kengash boshqa hujjatlarining qoidalariga so’zsiz sodiq ekanligini bildirdilar hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi 1991 yil 31 avgust kuniga va RSFSRning Davlat suvereniteti haqidagi 1990 yil 12 iyun deklaratsiyasiga asoslanib ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasidagi muzokaralarning yakunlari yuzasidan Axborot imzolangandi.9

    O’zbekiston Respublikasi vitse-prezident Sh.R.Mirsaidov bilan RSFSR Vazirlar kengashi raisining birinchi o’rinbosari O.I.Labov Rossiya bilan O’zbekiston o’rtasida bitim imzoladilar. Ikkala mamalakat Prezidentlari jurnalislar bilan suhbatda bo’ldilar.Suhbat davomida I.A.Karimov - "Imzolagan hujjatlarning muhim jihatini takidlab o’tmoqchiman. Ular ichidagi asosiysi, biz teng huquqli mustaqil davlatlar sifatida shartnoma imzoladik, Biz rossiyaliklarga, Rossiyaga izzat-hurmatimizni har safar ta’kidlashga intilamiz. O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida azaliy aloqalar bor. Bu aloqalar shu qadar ildiz otganki, bu ildizlarni sug’urib tashlash bema’nilik bo’lur edi"10 -deb takidlagan edilar.

    1992 yil 20 martda Kiyev shahrida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida Protokol imzolangan bo’lsa, 11 1992 yil 5 mayda Moskvada O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlar asoslari to’g’risidagi Shartnoma imzolandi, 12 1992 yil 22 iyulda esa Toshkentda Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri A.Shoxin boshchiligidagi Rossiya Federasiyasi va O’zbekiston delegatsiyalarining muzokaralari bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida O’zbekiston Rossiya munosabatlarni rivojlantirishga aloqador qo’shma axborot imzolangan edi.13

    1993 yil 26 may kuni I.A.Karimov “Trud” gazetasi muxbirlarining savollariga qaytargan javoblarida Rossiyaga munosabatini bildirib, quyidagilarni ta’kidladi: "Rossiya biz uchun suv va havodek zarur. Men rejalashtirish idoralarida ko’p yillar ishlaganman. Aloqalarimiz naqadar kengligini bilaman.Ma’naviy yaqinligimiz ham juda muhim.Rossiyaning kelajagi buyuk. Azaldan buyuk davlat bo’lib kelgan, tarix uning o’rnini ana shunday belgilab qo’ygan".14

    Ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, parlamentlararo, samolyotsozlik va madaniyat sohalarida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik yo’lga qo’yila boshlandi.

    O’zbekiston Respublikasi va Rossiya federatsiyasi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik alohida ahamiyatga ega bo’lib mamalakatlarimiz o’rtasida bu sohani rivojlantirishga oid bir qator amaliy qadamlar tashlandi.

    1993 yil 19 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Vazirlar Kengashi Raisi Viktor Chernomirdin bilan uchrashdi. Muzokaralar chog’ida moliya kredit, madaniyat, fan va texnika, talim, sog’liqni saqlash, axborot almashish, geodeziya va kartografiya, avtotransport sohalarida hamkorlik to’g’risidagi Bitimlar imzolangan bo’lsa, 15 1993 yil 11 noyabr esa Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasining soliq xizmatlari o’rtasida Bitim imzolandi. Bu bitim MDH mamlakatlari o’rtasida ikki tomonlama tuzilgan birinchi bitimdir. 16

    1994 yil 2-3 martda O’zbekiston Respublikasi birincchi prezidenti Islom Karimovning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy davlat tashrifi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Rosssiya Prezidenti Boris Yelsin bilan olib borilgan muzokaralar yakunlari bo’yicha O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash to’g’risida Deklaratsiya iqtisodiy integrasiyani chuqurlashtirish to’g’risida Shartnoma imzolandi.17 Uchrashuvdan so’ng birinchi prezident Islom Karimov muxbirlarning savollariga javob berdi va "Bugun imzolangan hujjatlar mamlakatlarimizning ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.Chunki ular ular teng huquqlik asosiga qurilgan"18-deb takidlagan edi.

    1994 yil 6 martda O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi Deklarasiya e’lon qilindi.19 1994 yil 10 martda O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida iqtisodiy integrasiyani chuqurlashtirish to’g’risida Shartnoma shuningdek, O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida harbiy sohada hamkorlik qilish to’g’risida Shartnoma qabul qilingandi.20

    1995 yil 17 martda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o’rinbosari Aleksey Bolshakovni qabul qildi va ikki davlat o’rtasida savdo, iqtisodiy va boshqa aloqalarni yanada kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.21 1995 yil 26-28 iyulda kunlarida mamlakatimizda Rossiya Federasiyasi Hukumat Raisi Viktor Chernomirdin rasmiy tashrif buyurdi.

    Prezident Islom Karimov ikki mamlakat aloqalari haqida to’xtalib: "-Biz Rossiyani buyuk mamlakat, azaliy va ishonchli hamkor, Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va barqarorlik kafili deb bilamiz, 22- dedilar.

    Uchrashuv nihoyasida Islom Karimov va Viktor Chernomirdin O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish va kengaytirish to’g’risida Memorandumni, 1996-1997 yillarda iqtisodiy hamkorlikning siyosiy prinsiplari va yo’nalishlari to’g’risida hukumatlararo bitimni imzoladilar. 23

    Bu kabi hujjatlar yaqin yillar ko’rsatilganligi bilan ajralib turadi. Islom Karimov va Viktor Chernomirdin odatda uzoq yillik hamkorlik qayd etilgan hujjatlarda belgilangan tadbirlar ko’proq qog’ozda qolib ketishi kuzatilganligini, shu bois qabul qilingan hujjatlarda aniq muddat va amaliy ishlar o’z aksini topganini ta’kidlagandilar.

    1997 yil 12 fevral kuni mamlakatimizga Rossiya Federasiyasi hukumat raisining o’rinbosari Valeriy Serov boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi. Uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi samolyotsozlik, mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi va hukumat delegasiya muzokaralarining yakunlariga doir protokol imzolandi.

    O’zbekiston – Rossiya iqtisodiy munosabatlarining ustuvor yo’nalishlaridan biri har ikkala mamlakatdagi xo’jalik subyektlarining bevosita aloqalari uchun qulay shart‑ sharoit yaratish, ya’ni mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishdir. Ayni paytda respublikamizning Andijon, Xorazm, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan Rossiyaning turli viloyatlari korxonalari o’rtasida aloqa o’rnatilgan. Ular orasida Moskva, Sverdlovsk, Chelyabinsk, Sankt Peterburg, Ivanovo, Tyumen tadbirkorlarining faolligi bilan ajralib turadi. 1997 yil 28-noyabrda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori E.Rosselni qabul qildi. Suhbat chog’ida O’zbekiston bilan Sverdlovsk viloyati o’rtasida tovar ayriboshlash hajmini oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, korxonalar darajasida hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.24 Ikki mamlakat sanoat korxonalari o’rtasidagi teng manfaatli aloqalarni kengaytirishni zamonning o’zi taqozo etmoqda. Xususan, Rossiyada O’zbekistonning qishloq xo’jalik mahsulotlari, yengil sanoat xom ashyosi, ayniqsa, o’zbek paxtasiga bo’lgan extiyoj qanchalik yuqori ekanligi sir emas. Uchrashuv doirasida Rossiya xukumat rahbarining birinchi o’rinbosari Vladimir Gustov jurnalistlarga bergan intervyusida.”Bugun Rossiya o’z yengil sanoatini loaqal biroz bo’lsada harakatga keltirib turmog’i darkor” deb aytgan edi. 25

    1997 yilning o’zida ekskavatorlar ishlab chiqarish bo’yicha “UzEks” , Kabel mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha “Spektr”, shuningdek , telefon moslamalarini ishlab chiqarish bo’yicha “Alsib ” qo’shma korxonalariga asos solingandi.

    1997 yil 22-23 dekabr Rossiya Federatsiyasi hukumatining raisi Viktor Chernomirdin amaliy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Uchrashuvda O’zbekiston va Rossiya hukumatlari o’rtasida qo’shma hujjatlarni imzolash marosimi bo’ldi, jumladan investisiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ilmiy texnikaviy hamkorlik to’g’risidagi Bitimlar imzolandi. Bitimlarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi hukumatining raisi Viktor Chernomirdin imzoladilar. Shuningdek, savdo, iqtisodiyot, fan va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi hujjatlar ham imzolandi.

    1998 yil 5-7 may kunlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Prezident Boris Yelsinning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasida bo’ldi. Uchrashuvda yakunida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federasiyasi Prezident Boris Yelsin 1998-2007 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to’g’risida Shartnoma, Shuningdek, Rossiya Federasiyasi Prezidentining mamlakatimizga qilgan rasmiy tashrifi yakunlari bo’yicha qo’shma Kommyunike qabul qilindi.

    Tashrifdan so’ng Islom Karimov ikki mamlakat aloqalari haqida to’xtaldi: Endi mustaqillikka erishgan paytlarimiz Moskvaning bizga munosabati boshqacha edi.Ochig’ini aytsak, u yerdagi ayrim siyosatchilar "bular bizdan ayrilib qayoqqa ham boradi, biroz vaqt o’tib, yana oldimizga o’zlari yalinib keladi", degan fikrda edilar. Ular bizni hamon sobiq ittifoqning bir respublikasi singari qarashda davom etardi.Ular O’zbekiston o’zining mustaqillik yo’lidan also qaytmasligini, bu davlat bilan faqat aloqani mustahkamlash kerakligini dastlab tushunib yetmadilar.Ular manfaat toppish uchun o’zaro teng huquqli aloqalarni yo’lga qo’yishkerakligini singdira olmadilar.Bugun esa Rossiyada bunday qarashlar yaxshilik tomonga o’zgarganini ko’rib turibmiz"-deb takidlagandilar.1998 yil 11-12 oktyabrda Rossiya Federasiyasi Prezidenti Boris Yelsin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga tashrif buyurganida esa:

    “O’zaro hamkorlik haqida gapirganda uchta muhim masalaga alohida e’tibor qaratmoq lozim:


    • transport harakatlari va ularning tariflari bilan bog’liq. Negaki, ba’zan yo’lga ketayotgan sarf–harajat olib kelinayotgan yoki oli ketilayotgan mahsulot narxidan qimmatga tushyapti.

    • Sherikchilik, ya’ni kooperasiya masalasi .Mamlakatlarimizdagi sohalararo sheriklik munosabatlarini rivojlantirish kerak.

    • Bojxona masalasi. Soliq va boj bilan bog’liq bo’lgan muammolarni bartaraf etishdan har ikkala tomon ham birdek manfaat ko’radi, ” 22–deb aytgan edi prezidentimiz I.A.Karimov B.N.Yelsin bilan rasmiy uchrashuvlarda so’zlagan nutqida.26

    Davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Boris Yelsin ham ikki mamlakat hamkorligi haqida to’xtalib, "Biz O’zbekiston bilan tashqi siyosat, iqtisodiyot, harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdorimiz"-deb ta’kidladi.27

    1999 yil 8 yanvar kuni mamlakatimzga Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o’rinbosari Gennadiy Kulik tashrif buyurdi. Gennadiy Kulik malakatimiz rahbari bilan uchrashdi.Uchrashuvning asosiy mavzusi iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston-Rossiya hukumatlararo qo’shma komissiya faoliyati doirasida amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida iqtisodiy munosabatlarning yangi sohalarni yaratish, xususan, Rossiyaning o’zbek paxtasiga bo’lgan ehtiyoj masalalari bo’ldi.

    1999 yil 11 fevral kuni esa Do’rmon qarorgohida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Kengashi Raisi Yegor Stoyevni qabul qildi. Unda o’zaro mafaatli keng miqyosli iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ikki davlat o’rtasida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish xususida fikr almashildi. Shu kuni Do’rmon qarorgohining muzokaralar zalida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O’.Sultonov; Rossiya Federasiyasi rasmiy delegasiya a’zolari; Oryol, Kurgan, Voronej, Ivanov, Kaluga, Tyumen, Irkutsk, Omsk viloyatlari rahbarlari bilan uchrashdi. Muzokaralarning bosh mavzusi ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va mintaqalar o’rtasida tovar ayriboshlash hajmini oshirish bilan bog’liq masalalardan iborat bo’ldi. 28

    Ikkala mamlakat o’rtasida hukumatlararo komissiya faoliyat olib bormoqda. 1999 yil 18 noyabrda Do’rmon qarorgohida O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo komissiyaning to’rtinchi majlisi bo’lib o’tdi. Hukumatlararo komissiya doirasida mamlakatimiz delegasiyasiga Bosh vazirining birinchi o’rinbosari, makro-iqtisodiyot va statistika vaziri B.Hamidov boshchilik qildi. Tomonlar mazkur komissiyaning uchinchi majlisida imzolangan protokol qarorlarining bajarilishi yuzasidan olib borilgan ishlar ko’rib chiqildi va so’ngra ikki tomonlama shartnomalar, bitim va protokollar investisiyasi, ikki davlat o’rtasida tovar ayriboshlash, ya’ni paxta tolasi evaziga O’zbekistonga zarur moddiy texnikaviy resurslarni keltirish va davlatlararo "RosUzAgromash"moliya - sanoat guruhini tuzish bo’yicha o’zaro kelishuvni hayotga joriy qilish, davlatlararo "Ilyushin"aviasozlik kompaniyasining shakllanishi bilan bog’liq masalalar yuzasidan kelishib olingan edilar. Komissiya a’zolari 2000-2002 yillar uchun mo’jallangan gumanitar sohasidagi hamkorlik dasturi loyihasini muhokama qildilar.

    Komissiya so’nggida Rossiya delegatsiyasi rahbari V.Sherbak ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar haqida to’xtalib: "-Avvalo, shuni aytishim kerakki, biz o’zbekistonlik hamkorlarimizdan mamnun va minnatdormiz.O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish har ikki davlat uchun ham foydalidir.Shu bois bugungi majlisda biz oldimizga turgan bir qator masalalar yuzasidan fikr almashdik.Menimcha, bunday majlisning o’tkazilishi davlatlarimiz o’rtasida birdamlikni, do’stona aloqalarni, iqtisodiy munosabatlarni kuchaytiradi"29 - deb takidlagan edi.

    1999 yil 10-11 dekabr kunlarida esa O’zbekistonga Rossiya Federasiyasi hukumati Raisi Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federasiyasi hukumati Raisi Vladimir Putin tomonidan O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasidagi harbiy va harbiy texnikaviy sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish to’g’risidagi Shartnoma imzolandi. Shuningdek, ikki davlat bojxona qo’mitalari tomonidan ikki davlat bojxona chegaralaridan aksizli mollarni olib o’tish ustidan bojxona nazaratini tashkil qilish va bojxonaning tashqi savdo statistikasi sohasidagi metodologik, axborot hamkorlik to’g’risidagi Protokollar, O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik Kengashi va Rossiya Federasiyasi Prezidenti huzuridagi hukumat aloqasi va axborot Federal agentligi o’rtasida hamkorlik qilish to’g’risidagi Shartnoma ham imzolangandi.




    Download 0,58 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Download 0,58 Mb.