II-BOB. O’ZBEKISTON - ROSSIYA DAVLARLARINING IQTISODIY, ILM-FAN VA MADANIY ALOQALARI (2001-2019YY).
2.1. O’zbekiston - Rossiya davlarlarining iqtisodiy sohadagi hamkorliklari
Iqtisodiy hamkorlik davlatlarimiz o’rtasidagi bordi-keldi, oldi-sotdini rivojlantirishga qaratilgan, ammo, muhimi bugina emas. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti moliya, savdo-sotiq, mahsulot ishlab chiqarish tizimi, qanday yo’lga qo’yilgani, dunyodagi ilg’or davlatlar bilan qaydarajada sherikchilikka bog’liq. Shunday ekan, xorijiy davlatlar, jumladan Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham zarur.
2001- yil 3-5- may- kunlari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ikkinchi davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasi bo’lgandi. Tashrif doirasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiya, o’zaro savdoda bilvosita soliq olish tamoyillari, kontrabanda va bojxona qonunbuzarligiga qarshi kurashda hamkorlik, bojxonaga oid hujjatlar va tartib qoidalarni o’zaro tan olish, bojxonadan o’tish tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, madaniy sohada 2001-2003- yillarga mo’ljallangan hamkorlik to’g’risidagi hujjatlar qabul qilindi. 93
2001- yil mayda mamlakatimizga "Sibir bitimi" mintaqalalararo assotsatsiyasi (MASS) delegatsiyasi tashrif buyurdi94. Delegatsiya rahbarlarini O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O’tkir Sultonov qabul qildi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi va (MASS)ga kiruvchi hududlar o’rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari, mavjud muammolarni hal qilish yo’llari to’g’risida so’z yuritildi.
MASS ijroiya qo’mitasining raisi o’rinbosari Sergey Tixomirov delegatsiyada 60 nafar a’zosi hamkorlik to’g’risidagi aniq takliflar bilan kelganini aytdi. Buning natijasi sifatida 2001- yil davomida Oltoy o’lkasi ma’muriyati rahbari Semyon Baykalov O’zbekistonga "Altaytrak" ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida ishlab chiqarilgan mingta yer haydovchi traktor yetkazib berildi. Ular ekishdan oldin, ekish davrida va ekishdan so’ng ishlov berishga mo’ljallangan 31ta qishloq xo’jaligi uskunalariga ega madernizatsiyalangan T 4A gusenisiali traktorlardir.
2001- yil 7- sentabr kuni Oqsaroy qarorgohida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahri meri Yuriy Lujkovni qabul qildi.95 Rossiya poytaxtida "O’zDEUavto" qo’shma korxonasining "UzAVTO" hamda"O’zDEU markaz"deb nomlangan vakolatxonalari ishlab tugandi. 2000- yining o’zida ushbu vakolatxonalar orqali Asakadagi zavodda ishlab chiqilgan yengil avtomobillardan 5144 dona sotilgan edi.O’z navbatda, Moskva shahri korxonalari mamlakatimizga zamonaviy asbob uskunalar va yog’och mahsulotlarni yetkazib bermoqda.Uchrashuv doirasida ikki mamlakat o’rtasidagi ishbilarmonlarning hamkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. 2001- yil yanvar-noyabr oylarida O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi o’zaro tovar ayriboshlash hajmi avvalgi yilning shu davriga nisbatan 15 foizga o’sib, 1 milliard 28, 6 million AQSh dollarini tashkil etgandi.
2003- yil 26- sentabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining o’rinbosari Boris Alyoshinni qabul qilgandi. 96 Shu kuni Toshkentdagi Xalqaro biznez markazida O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Ikki kun davom etgan komissiya yig’ilishiga O’zbekiston Respublikasi tomonidan O’.Sultonov va Rossiya Federatsiyasi tomonidan B.Alyoshin rahbarlik qildilar.Komissiya faoliyatida iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish doir masalalar ko’rib chiqilgan edi.
2003-yilning olti oyi mobaynida O’zbekiston-Rossiya o’rtasidagi savdo ayriboshlash hajmi 25, 8 foizga o’sib 1 milliard 149 million AQSh dollarni tashkil etgandi
O’zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokida 309 ta korxona faoliyat ko’rsatgan bo’lsa ularning 43 tasi yuz foiz rossiyaliklar mablag’iga tuzilgan, qolganlari esa qo’shma korxona hisoblangan, shuningdek mamalakatimizda Rossiyaning qirqqa yaqin firmasi o’z vakolat xonasini ochgan edi.97 2004- yilga iyun oyigacha bo’lgan davr mobaynida O’zbekistonda 328 ta korxona Rossiya sarmoyasi ishtirokida faoliyat olib borgan bo’lsa 45 tasi yuz foiz Rossiya investisiyasi ishtirokida tuzilgan, 283 tasi qo’shma korxona edi. 98 2004- yil oxirida ikki mamalakat o’rtasida qo’shma korxonalar soni 360 taga yetdi.99
2004-yilda ikki mamlakat o’rtasida mahsulot ayirboshlash 2003-yilga nisbatan 42, 9 foizga oshib, 1641, 9 mln AQSh dollarini tashkil etdi.100 O’zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga eksport hajmi 57, 8 foizga oshib, 724, 8 mln AQSh dollarini tashkil etdi, Rossiyadan import esa 33, 7 foizga ko’payib, 917, 1 mln AQSh dollarini tashkil qildi.
2004- yilda savdodagi ijobiy savdo tufayli 2003- yildagi salbiy savdoni qariyb 38 mln AQSh dollari miqdorida qisqartirilishiga erishildi. 2004-yilda eksport tarkibi asosan xizmatlar (ko’proq energozaxiralarni, yo’lovchilarni tashish, temiryo’l orqali mahsulot tashish) 25, 9 foizni yoki 187, 5 mln AQSh dollarini, energozaxiralar - 17, 7 foiz yoki 128, 6 mln AQSh dollari, paxta tolasi - 10, 1 foiz yoki 72, 3 mln AQSh dollari, qayta ishlangan meva va yong’oq - 2, 8 foiz yoki 20, 4 mln AQSh dollari, qayta ishlangan sabzavot va boshqa o’simliklar - 2, 1 foiz yoki 15, 0 mln AQSh dollari, mato va jun mahsulotlar - 1, 8 foiz yoki 13, 1 mln AQSh dollari, elektr mashinalar va asbob-uskuna - 1, 8 foiz yoki 12, 7 mdn AQSh dollari, paxta va noto’qima materiallar - 1, 6 yoki 11.2 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Import tarkibi esa quyidagicha bo’ldi: qora metall va ulardan ishlangan mahsulot - 24, 6 yoki 225, 8 mln AQSh dollari, mexanik asbob-uskuna — 13, 7 yoki 125, 8 mln AQSh dollari, yog’och va yog’och mahsulotlari -9, 8 foiz yoki 89, 8 mln AQSh dollari, elektr mashina va asbob-uskuna — 6, 0 foiz yoki 54, 6 mln AQSh dollari, yerda yuradigan transport vositalari - 4, 9 foiz yoki 44, 99 mln AQSh dollari, kauchuk va rezina mahsulotlari - 4, 0 yoki 37, 0 mln AQSh dollari, farmasevtika mahsulotlari - 3, 9 foiz yoki 35, 7 mln AQSh dollari, optik pribor va apparatlar - - 3, 1 foiz yoki 28, 2 mln AQSh dollari, plastmassa va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulot -2, 7 foiz yoki 25, 0 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
O’zaro savdodagi eksport va import tarkibi asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat qilmaydigan mahsulotlardan tashkil topgan (odatda ichki bozorlarda talab yuqori bo’lgan avtomobillar bundan mustasno).
Yuqoridagilardan xulosa qilib, ikki tomonlama savdo istiqbolda savdo to’siqlariga yo’l qo’ymaydigan o’zaro manfaatli asosda amalga oshirilayotganini qayd etish mumkin.Mamlakatimizda Rossiya sarmoyasining ishtirokida tashkil etilgan korxonalar hamda Rossiya kompaniya va firmalarining akkredetasiya qilingan vakolatxonalari soni ko’payib bormoqda. Masalan, 2003- yilda Rossiya sarmoyasi ishtirokida mamlakatimizda 309 ta korxona faoliyat yuritgan bo’lsa, 2004- yilda ularni soni 390 taga yetgan. Ulardan 54 foizi Rossiya investisiyasi asosida faoliyat yuritadi, 295 tasi esa qo’shma korxonalardir.
Rossiya sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning nizom jamg’armasi 88, 5 mln AQSh dollarini tashkil etgan. 2004- yil natijalariga ko’ra ushbu korxonalarning tashqi savdo ayirboshlash ko’rsatkichi 81, 8 mln AQSh dollarini, 2005-yilning avgustiga qadar esa bu ko’rsatkich 76, 5 mln AQSh dollarini tashkil qildi (ya’ni 2004 yilning shu davriga nisbatan o’sish 1, 7 barobar ortiq bo’lgan). O’zbekiston mintaqalari nuqtai nazaridan olinadigan bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxonalar asosan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon hamda Farg’ona viloyatlari ulushiga to’g’ri keladi. Mazkur korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagi sohalarni qamrab oladi: oziq-ovqat, tekstil, yog’ochni qayta ishlash, kimyo-farmasevtika, metallurgiya, mashinasozlik, avtomobilsozlik, yoqilg’i-energetika, qishloq xo’jaligi hamda O’zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqdarida birgalikda mahsulot ishlab chiqarish, savdo vositachilik faoliyati.
Keyingi vaqtda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kooperasiyani mustahkamlash jarayonlari ko’zga tashlanmoqda. Ayni paytla bu sohada "Baltimor", "Cherkizovo" va boshqa mashhur Rossiya kompaniyalari bilan tashkil etilgan to’qqizta qo’shma korxona faoliyat yuritmoqda. "Bim Bill Dan" kompaniyasi "Toshkentsut" birlashmasining 77 foiz aksiyasini sotib olish to’g’risidagi shart-nomani imzolab, sut mahsulotlari va meva sharbatini ishlab chiqa-rishga 20 mln AQSh dollari mikdorida investisiya kiritishni mo’ljallamoqda.
2004- yil oktabrda Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning yettinchi majlisi bo’lib o’tdi. 101 Uni Rossiya tomonidan Sanoat bo’yicha federal agentlik rahbari Boris Alyoshin, O’zbekiston tomonidan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari O’tkir Sultonov boshqardi.
Bu uchrashuvi natijasida ikki tomonlama protokol imzolandi. Shuningdek, O’zbekiston Milliy Banki tomonidan "Osiyo invest bank"ka sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirish va O’zbekistondan Rossiyaga eksportni rag’batlantirish uchun 60 million dollar miqdorida kredit linyasi ochish to’g’risida, "O’zbekneftgaz" va "Lukoil Oversis Xolding" kompaniyalari o’rtasida o’zbek konlarini o’zlashtirishda mahsulot taqsimoti to’g’risida bitimlar qabul qilingandi.
2005-yil 11-oktabrda esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasining Sanoat bo’yicha federal agentlik rahbari Boris Alyoshinni qabul qildi.102Uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi savdo iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. 2005-yil 2-dekabr kuni mamalakatimizga Rossiya Federatsiyasining "RUSAL" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Oleg Deripaskani tashrif buyurdi.103 "RUSAL" kompaniyasi 2000- yilda tashkil topgan bo’lib alyuminiy ishlab chiqarish bo’yicha jahondagi kuchli uchlikka kiruvchi yagona xususiy sanoat majmuidir. Dunyoda ishlab chiqaradigan alyuminiyning o’n foizi "RUSAL" hissasiga to’g’ri keladi. Kompaniya o’z faoliyati davomida 2004- yilgi malumotlarga ko’ra 12, 7 million tonna alyuminiy oksidi 12, 6 million tonna xomaki ishlov berilgan alyuminiy xomashyosini ishlab chiqargan. Tojikistonda faoliyat olib borayotgan alyuminiy zavodidan atmosferaga zaharli moddalar chiqariladi va mamalaktimizning janubiy viloyati Surxondaryo aholisi ham shundan aziyat chekmoqda. Oleg Derepaska tashrif doirasida Surxondaryoda ham bo’lgandi. Uchrashuvda O’zbekiston korxonalari bilan "RUSAL" o’rtasidagi aloqalarga oid masalalar yuzasidan fikr almashilgandi.
Rossiya Federatsiyasida "O’zbekiston" savdo uyining ochilishi ikki mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo’lidagi muhim qadam bo’ldi. 2005-yilning 19-dekabrida Toshkentda Rus Savdo uyining ochilishi marosimi bo’lib o’tdi. Uning asosiy faoliyati RF Sibir mintaqasining iqtisodiy salohiyatini O’zbekistondan keltirilayotgan mahsulotlar bilan o’zaro manfaatli jihatlarini namoyish etishdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2006- yil 6- may kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining birinchi o’rinbosari Dmitriy Medvedevni qabul qildi. 104Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi hukumat raisining birinchi o’rinbosari Dmitriy Medvedev O’zbekiston Respublikasi bosh vazirining o’rinbosarlari Rustam Azimov va Ergash Shoismatov hamrohligida "V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" davlat aksionerlik jamiyatida bo’ldi. Mazkur jamiyatning Il-76TD-90VB havo kemasi 2005- yil avgust oyida Moskva shahrida o’tkazilgan "MAKS-2005"aviashousida ishtirok etgandi. D.Medvedev korxona ayrodromida Il-76TD-90VB havo kemasini Rossiyaning "Volga-Dneper"aviakompaniyasiga topshirish marosimida ishtirok etdi.
2006-yil iyun oyida Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati gubernatori o’rinbosari A.Cherevko boshchiligidagi rossiyalik ishbilarmon doira vakillari delegatsiyasi O’zbekistonga kelishdi.105Tashrif doirasida O’zbekistonlik ishbilarmonlar hamda soha yetakchilari uchun Tomsk viloyati ko’rgazmasi tashkil etildi.
O’zaro tovar ayriboshlashga kelsak 2005- yil yakuniga ko’ra savdo hajmi 2 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan edi. 2005-yil shu davrda O’zbekiston Respublikasining tovar aylanmasi 21, 7 foizi Rossiya hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, shu mamlakatga eksport hajmi 41, 6 foizga ko’paydi va 1026, 5 million dollarga yetdi.Rossiyada import hajmi esa 12, 7 foizga oshdi va 1034 million dollarni tashkil etdi.106 2006- yilda tovar ayriboshlash ko’rsatgichi 42 foizga o’sib 3 mlrd AKSh dollarini tashkil etdi.107
2007-yilda Rossiyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil qilingan qo’shma korxonalar soni to’rt yuz ellikdan oshadi, Rossiyada esa O’zbekiston sarmoyasi bilan tuzilgan korxonalar 284 tani tashkil etgan.108 2007 yilda O’zbekistonda 132 ta Rossiya firma va kompaniyalari o’z vakolatxonalarini ochganlar.Jumladan, "Vim Bil-Dan-Toshkent (sut mahsulotlari), "Petromaruzgaz" (kimyoviy mahsulotlar), "Baltimor-Chelak" (konserva), "Elimpeks"(to’qimachilik) kabi korxonalar faoliyat olib bormoqda. 2007-yil 14-may kuni Toshkent shahridagi Xalqaro hamkorlik markazida O’zbekiston Rossiya biznes forumi bo’lib o’tdi.109 Mazkur forumga ishtirok etgan Rossiya delegatsiya safida to’qsonga yaqin fedral va mintaqaviy miqyosdagi firma va kompaniya vakillari ishtirok etishdi.
2007-yil 9-10-iyun kunlari Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasining Sankt Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisi va XI Sankt Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etdi.110 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Sankt Peterburg sammiti doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan bo’lsa, 2007-yil 28-noyabr O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federasiyasi hukumati raisining birinchi o’rinbosari Sergey Ivanovni qabul qildi.111 Shu kuni Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyaning o’ninchi majlisi bo’lib o’tdi. Hukumatlararo komissiya faoliyatiga bog’lanib 2007- yil dekabr Toshkentdagi "O’zbekspomarkaz"da O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi hamda ikki mamlakatning Savdo sanoat palatalari hamkorligida "Rossiya O’zbekiston: strategik hamkorlik" mavzuidagi Rossiya milliy ko’rgazmasi ham bo’lib o’tdi.
Komissiya va Rossiya milliy ko’rgazmasining yakunida: O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o’rtasida ikki tomonlama harbiy-texnikaviy hamkorlik doirasidan qabul qilinadigan va intelektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqni o’zaro muhofaza qilish to’g’risida bitim. O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan "Birlashgan aviasozlik korparatsiyasi" ochiq aksionerlik jamiyati o’rtasida mazkur jamiyatning "V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" davlat aksionerlik jamiyatining integratsiya mexanizmini muofiqlashtirish to’g’risida memorandum, Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyaning o’ninchi majlisi yakunlari bo’yicha Protokollar imzolandi.112
Toshkentda 2008-yil fevral oyida Rossiyaning blok-konteyner shaklidagi ma’muriy inshootlar, yotoqxona va oshxonalarni loyihalash va qurish, neft-gaz, oltin qazish, shuningdek tog’-kon sanoati uchun yuqori texnologiyalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi yirik kompaniyalaridan biri "Ribinskkompleks" moliya sanoat kompaniyasi" yopiq aksionerlik jamiyatining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.113 2008- yil 5-6- fevral kunlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo’ldi.114 Mazkur tashrif O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining qo’shma bayonoti, O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o’rtasida 2008-2012- yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi hamda Aviasozlik sohasida hamkorlik to’g’risidagi bitim, O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi o’rtasida 2008-yilga mo’ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi bilan ahamiyatlidir. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin mazkur tashrif yuzasidan quyidagicha fikr bildirdi: "O’zaro tovar ayriboshlash ko’lami tobora kengaymoqda O’zbekistonga eksportning uchdan bir qismi, O’zbekistondan importning qariyb yarmini sanoat mahsulotlari tashkil etayotir.Biz O’zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim strategik sheriklardan deb bilamiz".115
2009- yil 14- yanvarda Moskva shahrida O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning o’n birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi.116 Unga O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Rustam Azimov va Rossiya hukumat rahbari o’rinbosari Sergey Ivanov rahbarlik qilishdi.
Ikki mamlakat o’rasidagi tovar ayriboshlash hajmi 2008-yilda 4 milliard dollarni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatgich 2009- yil yakunlariga kelib 4, 5 milliard dollarga yetdi.
O’zbekiston eksportida sanoat mahsulotlarining ulushi, xususan, avtomobilllarning ulushi (jami eksportning 28, 6 foiz), O’zbekiston Rossiyga xizmatlar (26, 3 foiz), meva va poliz mahsulotlari (16, 3), tabiiy gaz (11, 3), to’qimachilik buyumlari (5, 7), kimyo sanoati mahsulotlarini eksport qiladi. Rossiya esa asosan, uskunalar, yog’och, qora va rangli metallar import qiladi. 2009- yil boshida mamlakatimizda 786 ta O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi faoliyat olib borgan bo’lib, shularning uchdan bir qismi (252 tasi) keyingi ikki yilda tuzilgan.O’zbekistonda Rossiyaning 127ta firma va kompaniyasi o’z vakolatxonalarini ochgan, Rossiyada o’zbekistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 349 ta qo’shma korxona faoliyat olib borgan. So’nggi uch yil davomida Rossiyadan O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan insamoyalarning 98 foizdan ortig’i yoqilg’i- energetika majmuyi va telekomunikasiya sohalariga to’g’ri keladi.117
Hozirgi zamon, dunyoda vujudga kelgan vaziyat transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishni, mamlakatlar o’rtasida o’zaro muofiqlashtirilgan harakatlarni har tomonlama takomillashtirishni taqozo etmoqda. O’zbekiston va Rossiyaning geografik joylashuvi nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan ham muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamalakatlarimiz boshqa yo’nalishlar qatori temir yo’l sohasida ham faol hamkorlik qilmoqda.
O’zbekistonning Yevropaga chiqadigan asosiy yo’llari Rossiya hududidan o’tadi. Shu sababli mamlakatimiz istiqbolida temir yo’l transporti sohasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi hukumat rahbarlari tomonidan 1992- yil temir yo’l transporti bo’yicha Kengash tuzilgan edi. 2000- yil mart oyida Kengashning Ashxobod shahrida bo’lib o’tgan 26‑yig’ilishida Boltiqbo’yi davlatlari ham qatnashgan.Yig’ilishda o’zaro hamkorlikning ijobiy samaralari va yechilishi kerak bo’lgan muammolar ko’rib chiqilgan. Qator muammolar hal etilgan. Shuningdek , yig’ilishda davlatlarning strategik holatiga oid masalalar ham o’rtaga tashlangan edi.
Tranzit yuklarni tashishda, vagonlarni qurish va tamirlashda ham O’zbekiston-Rossiya temiryo’lchilari hamkorlik ko’lamini oshirmoqda. 2004- yil 9-iyunda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda MDH mamalakatlari temir yo’l transporti bo’yicha kengashning Toshkentda o’tgan 38-majlisida ishtirok etish uchun mamalakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasining "Rossiya temir yo’llari" ochiq aksionerlik jamiyati prezidenti Gennadiy Fadeyevni qabul qilgandi.118 Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ko’lamini kengaytirishda temiryo’lchilarning ham hamkorligi muhim o’rin tutishi takidlandi. Bu borada yangi imkoniyatlarni topish va ishga solishga oid masalalar muhokama qilingandi.
2009-yil 27-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov MDH Temir yo’l transport bo’yicha Kengashi raisi, "Rossiya temir yo’llar" OAJ prezidenti Vladimir Yakuninni qabul qildi. 119Muloqot chog’ida O’zbekiston va MDH hamda Boltiq bo’yi davlatlari temir yo’l kompaniyalari o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashilgandi.
Yoqilg’i-energetika majmui O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida izchil rivojlanib borayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning eng muhim bo’g’ini tashkil etadi.
2002-yil 17-dekabrda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiyaning «Gazprom» ochiq turdagi aksionerlik jamiyati boshqaruv raisi Aleksey Millerni qabul qildi.120 Suhbat chog’ida "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi bilan “Gazprom” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati o’rtasidagi o’zaro hamkorlik mamlakatimiz gaz sanoatini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlangandi. Bu borada istiqbolli qo’shma rejalar ishlab chiqish va ularni hayotga joriy qilish bilan bog’liq masalalar muhokama etildi.
"Gazprom" dunyodagi yirik kompaniyalardan biri hisoblanib jahondagi qazib olinayotgan tabiiy gazning 20, Rossiyaga esa 94 foizi ushbu kompaniya ulushiga to’g’ri keladi."Gazprom"ning muassisi Rossiya Federatsiyasi hukumati hisoblanadi.Kompaniyaning 38, 5foiz aksiyasi davlatga tegishli. Shuningdek yarim milliondan ortiq jismoniy shaxs kompaniyaning aksioneridir. Mazkur kompampaniya butun boshli texnologik jarayonni, o’nlab korxona va kompaniyalarni birlashtirgan.Shuningdek, "Gazprom"eksport qilayotgan tabiiy gaz G’arbiy Yevropaning 33, Sharqiy Yevropaning 80 foiz ehtiyojini taminlagan. "Gazprom’’"O’zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi bilan ham anchadan buyon hamkorlikni yo’lga qo’yib kelmoqda.Mamlakatimizda gaz qazib olish, sotish hajmini oshirish, gaz transporti tizimini rivojlantirish, ushbu sohagasarmoya jalb qilish, shunigdek, O’zbekistonning gaz sanoati sahasida kechayotgan xususiylashtirish jarayonida "Gazprom"ning faol ishtiroki ana shunday hamkorlik sirasiga kiradi.
2003- yil 22- iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiyaning «Gazprom» ochiq turdagi aksionerlik jamiyati boshqaruv raisi Aleksey Millerni qabul qildi. 2002- yil dekabrda "O’zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi bilan "Gazprom" o’rtasida "Gaz sohasida strategik hamkorlik to’g’risidagi bitim"imzolangan edi. Shu kelishuv doirasida 2003- yil may oyidan O’zbekiston tabiiy gazining eksporti boshlangandi.Mazkur uchrashuvda Islom Karimov "Ushbu hujjat "Gazpram" bilan yangicha munosabatlarimizga tamal toshini qo’ydi", - deb takidlagan edi.
2004 yilning 14 aprelida O’zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi bilan "Gazprom" ga qarashli "Zarubejneftgaz" yopiq aksionerlik jamiyati o’rtasida Shahpaxta konini o’zlashtirishning yakuniga yakuniga yetkazish loyihasi bo’yicha Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimga imzo chekildi.2004 yilning ikkinchi yarmida kondan gaz olish qayta yo’lga qo’yildi, kompressor stansiyalarning qurilishi va infratuzilmani yangilash ishlari tugallandi.Buning natijasida 2004 yilda 200 millin kub metr gaz qazib olindi.
2003 yilning sentabrdan 2004 yilning iyuligacha bo’lgan mudatda "Gazprom o’quv markazida 9000 nafar o’zbekistonlik mutaxassislar malaka oshirilishi kelishib olindi."121
2004 yil 24 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federasiyasining «Gazprom» ochiq turdagi aksiyanerlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi va hamkorlikda amalga oshirilajak yangi loyihalar yuzasidan ham fikr almashildi. 122
2005 yil 26 sentyabr mamalakatimizga Rossiyaning “Gazprom” ochiq turdagi aksiyanerlik jamiyati boshqaruv raisi Aleksey Millerni tashrif burdi. 123 Uchrashuvda "O’zbekneftgaz" bilan "Gazprom" o’rtasidagi hamkorlik O’zbekiston gaz sanoatini rivojlantirishda muhim o’rin tutayotgani ta’kidlandi va gazning 2006 yildagi narxi va eksport hajmi, ustyurt mintaqasidagi konlarni topish va konlarnigeologik-qidiruv ishlarni olib boorish yuzasidan Mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimning ijrosi va gaz tranziti kabi masalalr yuzasidan kelishib olindi. 2006 yil 20 yanvar kunidagi Aleksey Millerni mamalakatimizga navbatdagi tashrifida esa "O’zbekneftgaz" bilan "Gazprom" o’rtasidagi hamkorlik O’zbekiston gaz sanoatini rivojlantirishda muhim o’rin tutayotgani ta’kidlanib, yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.Aleksey Miller mamalakatimizga 2006 yil 7 dekabrda ham bo’ldi.
Ikki mamalakat o’rtasida 2002 yil dekabrda "Gaz sohasida strategik hamkorlik to’g’risidagi bitim"imzolangan edi. U 2012 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston gazini xarid qilish, yurtimizdagi gaz konlarini o’zlashtirishda ishtirok etish.Markaziy Osiyo gazini mamlakatimiz hududi orqali tashishni nazarga tutadi. Shoxpaxta konini o’zlashtirishni yakuniga yetkazish loyihasi bo’yicha Mahsulot taqsimoti to’g’risida bitimga shyaщ chekilgan edi.15 yilga mo’ljallangan bu hujjatga binoan, 2 007 yilgacha anashu maqsadlarda 15 million AQSh dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri sarmoya yo’naltirilgandi.
2004 yilning ikkinchi yarmidan boshlab kondan gaz olish qayta yo’ga qo’yildi.Natijada 2004 yilda 200 million, 2005 yilda qaryib 500 kub metr gaz qazib olingan bo’lsa, O’zbekistondan Rossiyaga 2004 yilda 7, 114 milliard, 2005 yilda 8, 15 milliard, 2006 yilda 10 milliard kub metr gaz eksport qilindi.124
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov 2001 yil 4 iyun kuni Oqsaroy qarorgohida Rossiyaning "LUKOYL" neft kompaniyasi rahbari Vagit Alekperovni qabul qildi.125 Mamalakatimiz rahbari bilan uchrashuvidan oldin Vagit Alekperov jurnalistlarga bergan intervyusida O’zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish borasida xorijiy kompaniyalarga katta imtiyozlar berayotganini takidlagan edi
Uchrashuvda O’zbekistondagi neft va gaz konlarini tadqiq etish va o’zlashtirish borasida "LUKOYL" bilan hamkorlik istiqbollari, o’zaro aloqalarning asosiy tamoyillari va shakllari xususida, shuningdek, O’zbekiston neft-gaz sanoatini zarur asbob-uskunalar bilan borasida hamkorlik imkoniyatlari, katta konlarda neft qazib olish, yangi neft va gaz konlarni topish bo’yicha geologik qidiruv, "O’zbekneftgaz" milliy aksionerlik kompaniyasini xususiylashtirish bo’yicha loyihalarda o’zaro hamkorlik bilanbog’liq masalar yuzasidan fikr almashilgandi.
Bu kompaniya 1991 yil 25 noyabr G’arbiy Sibirdagi "Langenasneftgaz", "Uralneftgaz", "Kogolimneftgaz" korxonalarning birlashuvi natijasida tashkil etilgandi. Bugun dunyodagi obro’yli neft kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya 2001 yilgi malumotlarga ko’ra Rossiya Federasiyasining 40 mintaqasida, dunyoning 25 mamalakatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Rossiyada qazib olinayotgan neftning 24 foizi, ishlab chiqarilayotgan umumiy neft mahsulotlarning 12 foizi "Lukoil" hissasiga to’g’ri keladi.
2004 yil 16 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari O’tkir Sultonov va "Lukoyl neft kompaniyasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperov O’zbekiston Respublikasi bilan "Lukoyl neft kompaniyasi" OAJ hamda "O’zbek neftgaz" milliy xolding kompaniyalari tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsumi o’rtasidagi mahsulot taqsimotiga oid bitimni imzoladilar. Bitim O’zbekiston neft-gaz tarmog’iga "Lukoil" tomonidan bir milliard AQSh dollari miqdorida kiritilishini ko’zga tutgan edi.Kelishuvga binoan, birgalikda neft konlari razvetka qilinishi, o’zlashtirilishi va "Lukiol"texnika vositalari taminoti bilan shug’ullanishi kelishib olingandi.
2006 yil 16 may kuni Toshkentda "Lukoil Oversiz Uzbekistan Ltd" ofisi binosi poydevoriga dastlabki tosh qo’yish marosimi bo’lib o’tdi. Mamlakatimizda Mahsulotni taqsimlashga oid bitimga binoan, qadim gaz konlarni o’zlashtirish uchun " Lukoil Uzbekistan Opereyting Kompani" operasiya kompaniyasi tashkil etildi. Yangi tuzilma O’zbekistonning janubi-g’arbidagi Qandim gaz konlarini o’zlashtirish bo’yicha qiymati qaryib bir milliard AQSh dollariga teng loyiha ijrosi bilan shug’ullanadi. Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun investisiya konsorsiumi tashkil etildi.
Unda Rossiya kompaniyasining ulushi 90 foiz, O’zbekiston tomonining ulushi esa 10 foizdan iborat. 35 yilga mo’ljallangan bitim shartnomaga ko’ra Rossiya kompaniyasi birlamchi bosqichda qazib olingan mahsulotning 49, 8 foiziga egalikqiladi, O’zbekistonning ulushi esa 50, 2 foizni tashkil etgan.Ushbu konda tabiiy gazni sanoat yo’li bilan qazib olish 2007 yildan boshlanishi rejalashtirildi.126 2007 yil noyabr "Lukoil" kompaniyasi bilan Buxoro viloyati hududidagi "Xavzak"konini o’zlashtirishni yo’lga qo’yish borasida hamkorlikni amalga oshirmoqda.127
2008 yil aprel oyining oxirlarida Toshkentda "LUKOYL" ochiq aksionerlik jamiyati (Rossiya) Direktorlar kengashining sayyor majlisi bo’lib o’tdi. 128 Unda qator vazirliklar va idoralar, "O’zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi rahbarlari ishtirok etdilar. "Lukoil "kompaniyasi Qandim-Xauzak-Shodi-Qo’ng’irot yo’nalishidan tashqari yana bir yirik va mutlaqo Myangi "Orol"loyihasini amalga oshirish, yani Orol dengizining O’zbekistondagi qismiga Mahsulotni taqsimlash bitimi asosida uglerod konlarini qidirish hamda o’zlashtirishda ishtikok etmoqda.Orol dengizi akvatiriyasida geologik qidiruv ishlarini o’tkazish bo’yicha loyihani amalga oshirish 2006 yilning 30 sentabrda boshlangan edi. Buning uchun investorlar xalqaro konsorsiumi tashkil etildi. Mamlakatizimda "Lukoil" kompaniyasining investisiya fondi 2015 yilda 5, 5 milliard AQSh dollarni tashkil etishi rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2009 yil 21 yanvar kuni "LUKOYL" OAJ prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi. 129 Muloqot chog’ida O’zbekiston kompaniyalari bilan LUKOYL" o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar, muhokama qilindi, qo’shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.
"Rossiya va O’zbekistonning hamkorlik munosabatlarida savdo-iqtisodiy soha yetakchi o’rinni egallydi", - deb e’irof etdi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 24-may 2016-yil kuni Oqsaroyda Sergey Lavrov bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda. Uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqboli to’g’risidagi masalalar atroflicha muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi130.
Tomonlar 2015-2016 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga oid bitim doirasida raqobatdosh va xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha yangi investitsiyaviy va sarmoyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladilar.
Savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tendensiyasi muntazamlik kasb etgan. 2013-yilda O’zbekiston-Rossiya o’rtasida o’zaro tovar ayrboshlash hajmi
milliard dollardan oshdi. Mustaqillik davomida O’zbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 960 dan ortiq qo’shma korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 150 dan ortig’i to’la ushbu mamlakat sarmoyasi asosida tuzilgan. O’zbekistonda Rossiyaning “Vilpelkom”, “MTC” kabi transmilliy kompaniyalari samarali ish yuritmoqda. Rossiyaning keyingi o’n besh yilda O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalarining hajmi 8 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Bu borada Rossiyaning “Lukoyl” va “Gazprom” kabi neft - gaz kompaniyalarining O’zbekistonda olib borayotgan faoliyatini ko’rsatib o’tish zarur. Shuningdek, axborot-komunikatsiya texnologiyalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash, farmotseftika sohalarida ham
AO
uzoq muddatli va o’zaro manfaatli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu masalalarni atroflicha yoritish uchun, uning huquqiy zamini bo’lgan Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Ittifoqchilik munosabatlari shartnomasining mazmun-mohiyatiga murojat qilmoq zarur.
2005-yil 14-noyabrda imzolangan bu shartnoma ittifoqchilik prinsplarini Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasining ikki tomonlama munosabatlarining yuridik hujjati sifatida xalqaro-huquqiy jihatdan mustahkam tamoyillarni belgilab beradi.
Shartnomaga muvofiq tomonlar o’z zimmasiga milliy, hududiy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash majburiyatini oladi, shuningdek, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, terrorizmni yoyilishiga qarshi turish, ommaviy qirg’in qurollarini tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, giyohvand vositalarni noqonuniy aylanishiga va boshqa turdagi tahdidlarni bartaraf etish kabilar ham ana shu majburiyatlar doirasiga kiradi.
Bitiruv malakaviy ishida ko’zda tutilgan rejaga muvofiq O’zbekiston - Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy ko’rsatkichlari, rivojlanishining asosiy yo’nalishlari atroflicha tahlil qilindi. 2015-2019-yillarga mo’ljallab imzolangan bitim doirasida o’zaro hamkorlik rivojlanib bormoqda. Ushbu shartnomaga muvofiq ravishda tomonlar harbiy va harbiy-texnikaviy, savdo- iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikni ham yo’lga qo’yib, izchil rivojlantirib bormoqda. "2015-2019-yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risida bitim" Rossiya Prezidenti V.Putinning 2014-yil 10-dekabrdagi O’zbekistonga rasmiy tashrifi vaqtida imzolangan edi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o’tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etishi uchun 2016-yil 23-iyunda O’zbekistonga tashrifi buyurdi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni o’sha vaqtda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bo’lib turgan Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Shu kuni O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Ko’ksaroyda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o’tkazdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ushbu uchrashuvni O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi o’zaro va ko’p tomonlama hamkorlikning mantiqiy davomi, mamlakatlarimiz Strategik sherikchilikni rivojlantirish yo’lidan borayotganining yaqqol nomoyoni ekanligini alohida ta'kidladi.
O’zbekiston va Rossiya hamkorligi barcha sohalarda izchil rivojlanib bormoqda, 2015-yilning o’zida o’zaro tovar ayriboshlash hajmi 4, 4 milliard AQSH dollaridan oshganligi qayd etildi. Keyingi 5 yil davomida Rossiyaning O’zbekiston iqtisodiga investitsiyasi 6 milliard dollardan ortib ketdi. 2015-yilda Rossiya investitsiyasi 2014-2015- yillar ichida 235, 5 million dollarni tashkil etdi, bu 2014- yilga nisbatan 40, 2 foizga ko’payganini bildiradi131.
Avval aytib o’tilganidek, O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi munosabatlarda savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy o’rin tutadi. Faktlarga murojat etsak, buning isbotini yaqqol ko’rish mumkin. 2013-2017- yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015-2019-yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish O’zbekiston va Rossiya davlatlarini o’zaro iqtisodiy hamkorligi mamlakatlarning tadbirkor-ishbilarmonlarining faoliyatida namoyon bo’ladi. Misol uchun, O’zbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yaratilgan 960 dan ortiq qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Yurtimizda Rossiyaning 85 ta firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. O’zaro tovar ayriboshlash hajmi yildan-yilga o’sib borayapti. Joriy yilning (2015 ) birinchi choragida bu boradagi ko’rsatgich 7.9 % oshgan. Investitsiyaviy hamkorlik o’sib bormoqda. Keyingi yillarda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan kapitali 6 miliard dollardan oshgan, yani 2014-yilga nisbatan 40 % ga o’sgan132.
Bu borada yoqilg’i-energetika sohasidagi hamkorlik yetakchi o’rinni egallaydi. Rossiyaning "Lukoyl" va "Gazprom" neft-gaz kompaniyalari O’zbekistondagi uglevodorod konlarini qidirish va o’zlashtirishda faol ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizda Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda quvvati jihatdan dunyoning eng qudratli korxonalar, majmualar ishga tushirilmoqda. 2016-yil 16- aprel kuni Buxoro viloyatida "O‘zbekneftgaz" milliy xoldin gaz kompaniyasi bilan "Lukoyl" kompaniyasi hamkorligida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi. "O’zbekneftgaz" va "Lukoyi" kompaniyasi o’rtasida mahsulot taqsimoti, ya'ni, ishlab chiqarilgan mahsulotni natural tarzda taqsimot qilish to’g’risidagi bitim doirasida Xovzek, Shodi, Qo’ng’irot uchastkalari hamda Qandim konlar guruhida geologik-qidiruv ishlari o’tkazildi. Natijada 18.5 milliard kub metr gaz qazib olindi. Hisor hududi konlarida olib borilgan ishlar natijasida 368.5 ming tonna neft va 2 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olindi 133
"Lukoyl" kompaniyasining moliyaviy salohiyatini O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2013-yil 3-dekabrda Oqsaroyda kompaniya ochiq aksionerlik jamiyati Prezidenti Vegit Alekperovni qabul qilgan uchrashuvda qayd etgan edi. "Lukoyl kompaniyasi O’zbekiston yoqilg’i-energetika tarmog’idagi yirik investorlardan biridir", - degan edi Islom Karimov134.
Shuni ta'kidlash joizki, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, yuqorida aytib o’tilganidek, yoqilg’i-energetika kompleksi hamda iqtisodiyotning eng salohiyatli sohalarida o’zaro hamkorlik masalalari O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasi faoliyati doirasida ko’rib chiqiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. Hozirgacha komissiyaning 17 ta majlisi bo’lib o’tgan. Ma'lumki komissiyaning 14-majlisi
yilning dekabrida Toshkentda bo’lib o’tgan va undagi muzokaralar chog’ida komissiya faoliyati va kelajakdagi rejalari muhokama etilgan. Ushbu komissiya
2017-yillarga mo’ljallangan "Iqtisodiy hamkorlik to’g’risida hukumatlararo dastur" doirasida ish olib bormoqda.
Hozirda o’zaro hamkorlik "2017-2021-yillarga mo’ljallangan taraqqiyotining besh asosiy tamoyili asosida rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan strategik harakat dasturining besh tamoyili negizida mamlakat, jamiyat, davlat va ijtimoiy muhit taraqqiy etib bormoqda va mustahkam milliy va o’zaro hamkorlikni rivojlantirishning tayanchi bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning nutqlarida mamlakatimizni Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini bundan buyon ham har tomonlama rivojlantirish iqtisodiy hamkorlikni asosiy yo’nalishi bo’lib qolishligi ta'kidlanadi. Bu har ikki mamlakat xalqlari uchun o’zaro manfaatli va foydalidir. 2017-yil 4-5-aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning OAV bilan uchrashuvida aynan shu masala yana bir bor qayd etildi.
2016-yilda O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida tovar aylanishi 2015-yilga nisbatan 5 foizga qisqargan bo’lsa, 2017-yilda O’zbekiston Rossiya bilan tovar ayirboshlashni 20 foizga ko’paytirishni maqsad qilgan.Yani, O’zbekiston va Rossiya bilan tovar aylanishini 2017-yilda 5 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqida O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G’aniyev rasmiy bayonot bergan. Shuningdek, "Har ikki tomon bu yo’lanalishda ish olib bormoqda. Tovar aylanishini ko’paytirish uchun hamma imkoniyatlar mavjud”, - dedi Elyor G’aniyev, iqtisodiy hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo Komissiyaning Toshkentda bo’lib o’tgan yig’ilishida. Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo Komissiya ishida Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi hukumatining bosh vaziri Dimitriy Kozak, O’zbekiston tomonidan Bosh vazir o’rinbosari Rustam Azimovlar
AH
qatnashdi135.
Mamlakatlararo o’zaro strategik sheriklik va hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishda Rossiyaning "Lukoyl" va "Gazprom" neft-gaz kompaniyalarining yetakchilik roli beqiyosdir. Yoqilg’i-energetika sohasida uzoq muddatli va o’zaro manfaatli investitsiyaviy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirishda "Lukoyl" va "Gazprom" kompaniyalari juda katta hissa qo’shmoqda. 2016-yil aprel oyida Moskvada bo’lib o’tgan oliy darajadagi muzokaralarda bu kompaniyalarning
AQ
iqtisodiy hamkorlikka qo’shgan ulkan hissalari ta'kidlab o’tildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1998-yil, 2004-yil 4 may, 2004- yil 15-16-aprel, 2005-yil 28-29-iyunda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning 2000 va 2004-yillarda O’zbekistonda bo’lgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asosini yaratdi. Bugungi kunda davlatlararo, idoralararo va kompaniyalararo 200 dan ortiq huquqiy maqomga ega bo’lgan hujjatlar imzolangan va 40 dan ortiq boshqa hujjatlar tashkil etadi. Ko’plab shartnomaviy-huquqiy maqomga ega bo’lgan hujjatlar imzolangan va amalda harakat qilmoqda. Uning shartnomaviy huquqiy asosini 163 ta xalqaro, ikki tomonlama shartnomalar va 40 dan ortiq boshqa hujjatlar jumladan, mintaqaviy hamkorlik borasidagi hujjatlar tashkil etadi. Ulardan 115 tasi davlatlararo, hukumatlararo va xalqaro hujjatlar, 48 tasi idoralararo xalqaro hujjatlar, 40 tasi Prezidentlarning qo’shma bayonotlari, hukumatlararo komissiya majlisining protokollari va boshqa xalqaro darajadagi hujjatlaridir136.
O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida 2005-yilda "Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risida shartnoma" imzolanishi tarixiy voqea bo’ldi. Ushbu shartnomani imzolanishi va kuchga kirishi mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. Misol uchun, 2003-yilda O’zbekiston - Rossiya o’rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 1 mlrd.149, 1 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa , 2004-yilda bu ko’rsatkich 1 mlrd. 641, 9 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2013-yilda esa o’zaro tovar ayriboshlash 7 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi137.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari to’g’risida so’z borar ekan Rossiyaning yirik kompaniyalari to’g’risida to’xtalish lozim.
O’zbekistonda Rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 960 dan ortiq qo’shma korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 150 dan ortig’i to’la Rossiya sarmoyasi asosida tuzilgan. O’zbekistonda Rossiyaning “Вилпелком”, ”MTC” kabi transmilliy kompaniyalari muvaffaqiyatli ish yuritmoqda. Rossiyaning keyingi 15 yil ichida O’zbekistonning iqtisodiyotga kiritgan investitsiyalari hajmi
millliard dollarni tashkil etdi. Prezident Sh.Mirziyoyev va O’zbekiston hukumati delegatsiyasi 2017-yil 4-5-aprel kunlari Moskvaga rasmiy tashrifi chog’ida Rossiyaning O’zbekistonga investitsiyalari 2017-2021-yillar davomida 16 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilganligini qayd etishdi138.
Iqtisodiy hamkorlikning ulkan salohiyatini ikki mamlakat o’rtasidagi yoqilg’i- energetika sohasiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu yo’nalishdagi hamkorlik o’zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda keng imkoniyatlar yaratdi.
Yuqorida aytilganidek, Rossiya iqtisodiyotining gigantlari “Gazprom” va “Lukoyl” kompaniyalarining O’zbekiston iqtisodiyotidagi sarmoyasi 2, 5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. 2009-yil Rossiya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 800 dan ortiq (2005 yilda ular soni 520ta edi) qo’shma korxona faoliyat ko’rsatgan. Ulardan 45 tasi to’laligicha Rossiya sarmoyasi bilan tashkil etilgan. Shuningdek, Rossiyada O’zbekistonlik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 349 ta korxona
ГЛ
faoliyat ko’rsatmoqda. 2016-yil boshlariga kelib O’zbekistonda rus kapitali tomonidan investitsiyalashtirilgan 500 ta korxona yaratilgan. Yuqorida qayd etilganidek, 2015-yil oxiriga kelib Rossiya investitsiyasi 6 mlrd dollardan ortib ketdi. Bu mablag’larning asosiy qismi kon qazib olish sohasiga to’g’ri keladi. Aytib o’tilganidek, bu "Lukoyl" va "Gasprom" kompaniyalarining investitsiyalaridir. Masalan, "Lukoyl" kompaniyasi Qandim loyihasini amalga oshirmoqda. Bu maqsadlarga hozirgacha 3, 6 mlrd AQSH dollarni investitsiyalashtirdi va yaqin kelajakda kiritilgan investitsiyalarni 12 mlrd dollarga yetkazishni ko’zlamoqda. 2017-2021-yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi asosida bu mablag’ miqdori oshib borishi mumkin.
O’zbekistonda keng ko’lamda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat tashqi investorlarni mamlakat iqtisodiyotiga ko’proq jalb etish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Masalan keyingi ikki yil davomida O’zbekiston hukumati biznesmen va jismoniy shaxslarga soliq solish yukini yagona ijtimoiy to’lov doirasida 25 foizdan 15 foizgacha kamaytirdi. Strategik hisobot shakllarining miqdori tadbirkorlar uchun 12, 8 foizga qisqartirildi. Markaziy bank yillik moliyalashtirishga qo’yiladigan stavkani 10 foizdan 9 foizga tushirdi. Yuqoridagi investorlarga yaratilgan qulay manfaatli sharoitlar xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga oqib kelishiga olib keldi. Bunday yangiliklarning kiritilishi O’zbekistonni 2016-yilda “Biznesni olib borish” reytingida 8-pog’onagacha ko’tarilishiga va 87 o’rinni egallashiga imkon berdi. Bularning barchasi Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirib borish imkonini oshiradi.
Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respubliasi o’rtasidagi hamkorlik va strategik sheriklikni tobora o’sib borayotganini xarakterlovchi ba’zi ma’lumotlarga e’tibor qaratish lozim. Masalan, Rossiyaning "Силовью машины” davlat kompaniyasi 2012-yilning o’zida Chorvoq GESini modernizatsiyalashga 56, 5 mln dollar sarflandi. ”Горкий-Урал" mashinasozlik konsernni O’zbekistonda tog’- konchilik sanoati tarmoqlarida umumiy qiymati 180 mln dollar hajmdagi loyihalarni amalga oshirmoqda. ГК “Элэктроцит-ТМ”, “Самара” va “Самара Кабел" kompaniyasi O’zbekistondagi “Uzelektroapparat-elektrotsit” va “Andijonkabel” aksionerlik jamiyati qo’shma korxonalarini yangi texnologiyalar bilan jihozlab, modernizatsiya qildi. Bu ishlar uchun 3, 5 mln dollar to’g’ridan- to’g’ri investitsiya sarflandi139.
Respublikamiz Prezidenti 2017-yil 14-yanvarda bo’lib o’tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida qisqa satrlarda mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish yetarli darajada emasligini tanqid qildi. Nima uchun sotilishi lozim bo’lgan 119 ta aksionerlik jamiyatidan faqat yarmining 15 foizlik ulushi xorijiy investorlarga sotilgan140. Bu ko’rsatkich O’zbekiston iqtisodiyotini Rossiya, chet el va yirik kompaniyalar bilan strategik sheriklik va iqtisodiy munosabatlar doirasidagi aloqalari yetarli emasligini ko’rsatadi, - deb xulosa qilish mumkin.
|