2.3. “Mustaqillik yillari O’zbekiston-Rossiya do’stlik aloqalari rivojlanishida yangi bosqich” mavzusining o’qitilishi va darsning yangi pedagogik texnologiyada olib borilishi.
Yurtimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o‘tkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yo‘lida yerishgan marralarimiz jahon ahlini xaqli ravishda hayratda qoldirmoqda.
Bundan 28 yil oldin xalqimiz o‘zining mard va donishmand rahbari boshchiligida mustaqillikka yerishdi. Bu mustaqillik mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayot va milliy ma’naviyat sohalarida yangi bir davrni boshlab berdi. U ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida ham buyuk islohotlarga yo‘l ochdi. Prezidentimiz Islom Karimov 1996-97 yillarga kelib, ta’lim-tarbiya tizimidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf yetish va bu sohani tubdan isloh yetish bo‘yicha muhim dasturiy xujjatlar qabul qilish lozimligini kun tartibiga qo‘ydi. Shu boisdan ham tezda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini tuzish komissiyasi tashkil yetilib, unga Yurtboshimiz bevosita rahbarlik qildi. 1997 yil 5-iyunda Toshkentda ana shu komissiya yig’ilishini Prezidentimiz boshqardi. Davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviyatni yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani ye’tirof yetilib, shu bilan birga, Respublikada kadrlar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermayotgani tanqid ostiga olindi va mavjud muommolar, ularni hal yetish yo‘llari aniq ko‘rsatib berildi162.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6-oktyabrdagi «Ta’lim-taribiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g’risida»gi Farmoni mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo yetish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash borasida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Farmon asosida «Ta’lim to‘g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq yetish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi yetib belgilandi.
Yosh avlodning qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida davlatimiz tomonidan muhim tarixiy xujjatlar qabul qilinib, yoshlar siyosati ma’no va mazmun jihatidan boyitilib, takomillashtirib borilmoqda.
Biz mazkur tadqiqot ishimizda mavzuning O‘zbekiston tarixi darslarida o‘quvchilarga o‘rgatishning innovasion usullari haqida mazkur bobda qisqacha alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Pedagogik ilm va amaliyotda «pedagogik texnologiya», «ta’limiy texnologiya» va «ta’lim berish texnologiyasi» kabi atamalar keng qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga ularni tushunishda alohida bo‘lgan o‘qish turlari mavjud. Avvalambor, aniq ifodani berish, ularni nima birlashtirishi, ularni nima ajratib turishini tushunish uchun «texnologiya» va uning kelib chiquvchilari: «texnologik jarayon», «texnologik harakat», «texnologik xarita», «texnologik tartib» tushunchalarini aniqlash lozim.
|