1.3. O’zbekiston - Rossiya davlarlarining Xalqaro siyosiy masalardagi yakdillik munosabatlari.
2001 yil 3-5 mayda Rossiya diplomatiyasi amaliyotida sodir bo’lmagan voqyealar yuz beradi. Vladimir Putin taklifi bilan O’zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning so’nggi uch yil davomida Moskvaga ikkinchi tashrifiga davlat tashrifi maqomi berildi. Odatda, davlat rahbari lavozimida bo’lgan muayyan shaxs o’zining rahbarlik faoliyatida aynan bir mamlakatga ikki marta davlat tashrifi bilan borishi va o’sha mamlakatda shunday maqomda qabul qilinishi mumkin emas edi. Lekin O’zbekiston prezidentiga shunday extirom ko’rsatilgan edi. O’shanda Kreml O’zbekistonga nisbatan ilk bor samimiy do’stona munosabatini namoyish etgan edi. Mamlakatimiz raxbari Moskvaga birinchi davlat tashrifi bilan 1998 yil may oyida bo’lgan edi. Bu paytda hali Putin siyosat maydonida tanilib kelayotgan, prezident ma’muriyatining yuqori martabali xodimlaridan biri edi.
1998 yilning iyul oyida u FSB (Federvl xavfsizlik xizmati) direktori etib tayinlangan. O’shandan boshlab Putin Rossiyaning janubiy chegaralaridagi xavfsizlik masalalari , shuningdek, Afg’oniston tufayli Markaziy Osiyo osha kelayotgan jiddiy taxdidlar bilan qat’iy shug’ullana boshlagan.53
Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlikni saqlash ayni paytda eng dolzarb va muhim masalalardan biridir. Xavfsizlik borasida Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytirish, ayniqsa uning harbiy-harbiy texnikaviy imkoniyatlaridan foydalanish O’zbekiston uchun juda muhimdir.Afg’oniston va Markziy Osiyoda tinchlikni taminlashda O’zbekiston Rossiyaning harbiy, harbiy-texnikaviy hamkorligi har tomonlama mustahkamlanib borayotganiga asosiy sabab bir necha tarkibiy qismdan iborat bo’lgan anashu tizimga qarshi kurash zaruratidir.Rossiya harbiylarimizga tunda ko’rish moslamalari, tog’li o’rmonli hududlarda jang qilish uchun texnikaviy vozitalar bilan taminlagan bo’lsa, O’zbekiston esa uning janubiy sarhadlariga kishi mumkin bo’lgan xavfga to’siq bo’lmoqda.
Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Igor Ivanovning matbuotda bergan intervyusida shunday so’zlar bor: ‑ Men tashqi ishlar vaziri bo’lib ishlagan besh yil mobaynida Rossiya – O’zbekiston munosabatlari bu qadar yaqin bo’lmagan edi. Bularning barchasida ikki mamlakat prezidentlari Vladimir Putin va Islom Karimovning hissalari katta – deb ta’kidlab o’tgan edi.
Muzokaralar yakunida hujjatlar imzolash marosimida Islom Karimov va Vladimir Putin O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi Prezidentlarining qo’shma bayonoti hamda chegara masalasi bo’yicha hamkorlik to’g’risidagi shartnomaga imzo chekdilar 1999 yilning dekabrida Federasiyasi Prezidenti V.Putinning Toshkentga tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasida harbiy va harbiy texnikaviy sohalarda har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to’g’risidagi shartnoma qabul qilingan edi. Ana shu hujjatning ratifikasiya yorliqlarini almashish haqidagi protokol imzolandi.54
2001 yil 19 sentyabr kunida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Vladimir Rushayloni qabul qildi.55 Uchrashuvda AQShda terrorchilik harakatlari sodir etilganidan so’ng dunyoda yuzaga kelgan vaziyat hamda Markaziy Osiyodagi mavjud holat yuzasidan fikr almashildi. Yurtboshimiz AQSh da yuz bergan fojea yuzasidan Xalqimiz bir tomondan Amerika ahliga hamdardlik bildirsa, ikkinchi tomondan, terrorchilaramalga oshirgan xunrezlikdan g’azabda ekanligininamoyon etmoqda-deb takidlagan edilar.1999 yildayoq Islom Karimov YXHT minbaridan turib, "sovuq urushi"dan so’ng terrorchilik muammosi juda murakkablashib, XXI asrning eng xavfrli tahdidlardan ham ustun turuvchiillatga aylanishi mumkinligi haqida katta tashvish bilan gapirgan edilar. O’shanda Islom Karimov BMT huzurida Xalqaro aksilterror markazini tuzish taklifini bergan edilar, Markazning maqsadilari belgilab berilgan-faqat qo’porovchilik harakatlarning oldini olish, tetochilikka qarshi kurashish emas, uni muvofiqlashtiruvchi va mablag’ bilan taminlovchi tizimlarni yo’qotish lozimligini ham takidlagan edilar.
2002 yil 9 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Igor Ivanovni qabul qildi. Islom Karimov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Igor Ivanov bilan uchrashib, O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida tashqi ishlar vazirliklarining yillik hamkorlik dasturi imzolandi.56
2003 yil 6 avgust kuni mamalakatimzga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin amaliy tashrif bilan keldi.57 Tashrif doirasida ikki mamalakat o’rtasida iqtisodiy masalalar xususan neft-gaz sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish xususida fikr almashildi. Tashrif doirasida ikki mamalakat o’rtasida iqtisodiy masalalar xususan neft-gaz sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish xususida fikr almashildi. 2003 yil 22 avgustda esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federasiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Farit Muxametshin ishonch yorlig’i topshirgandi.58
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2004 yil 15-16 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Rossiya Federasiyasida bo’ldi.59 Mamlakatimiz rahbarining tashrifidan asosiy maqsad ikki tomonlama munosabatlarga doir qator dolzarb masalalarnib markazi Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash hamda terorrchilik, ekstremizm, narkobiznes kabi xalqaro va mintaqaviy muamolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Islom Karimov “ Vladimir Putin Rossiya Prezidenti lavozimiga qayta saylanishi mamlakatda barqarorlik mustahkamligi va xalqning amaldagi siyosatiga ishonchi yuqori ekanidan dalolatdir”-deb takidlagan edi.60
Rossiya rahbari yaqinda yurtimizda sodir bo’lgan terrorchilikharakatlarni keskin qoraladi. Prezidentlar terrorchilikning har qanday ko’rinishiga qarshi murosasiz kurashish zarurligi, bu yo’ldagi say-harakatlar faqat mustahkam hamkorlikda, bahamjihat ish yuritilganda kutilgan samara berishini takidladi. Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasining strategik hamkorligini yaqin orada rasmiylashtirishga kelishib olindi. Uchrashuv doirasida Islom Karimov Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Rossiya Sanoatchilari va ishbilarmonlari ittifoqi raisi Arkadiy Volskiyni hamda ITAR- TASS axborot agentligi bosh direktori Vitaliy Ignatenkolarni ham qabul qildi.
2004 yil 12 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri Sergey Ivanovni qabul qildi.61 S.Ivanov Rossiya O’zbekistonni o’zining ishonchli hamkori deb bilishini takidlagandi.O’zbekiston va Rossiyada ro’y bergan terrorchilik harakatlari bir birirga bog’liq ekanligi, bu illatga qarshi kurashda hamkorlikni yanada kuchaytirish ikki tomonga mafaatlariga mos kelishini takidlagandi.
Uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, mintaqada xavfsizlikni taminlash va Afg’onistondagi vaziyatga oid masalalar yuzasidan fikr yuritildi.
S.Ivanov o’z tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri qodir G’ulomov, bilan O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sodiq Safoyevlar bilan uchrashib O’zbekiston-Rossiya hamkorligi, ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollariga doir masalalr yuzasidan fikr almashdi.
2004 yil 3 iyun kuni mamalakatimizga Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Igor Ivanovni tashrif buyurdi.62 Igor Ivanov S’hanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) azo mamalakatlar xavfsizlik kengashi kotiblarning 4 iyunda kuni Toshkentda o’tkazilladigan uchrashuvda qatnashish uchun MMkelgan edi. O’zbekiston Respublikasi taklifi bilan ShHTning Toshkent sammitidan oldin iqtisodiyot va savdo vazirlarixavfsizlik kengashi kotiblarninguchrashuvlarini o’tkazishga kelishib olingandi. ShHT doirasidagi hamkorlikda ikki yonalish-xavfsizlik va iqtisodiy aloqalaralohida etibor berishni hisobga olganda bu uchrashuv muhim ahamyat kasb etdi.
2004 yil 16 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda ShHT sammitida qatnashish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o’rtasida strategik hamkorlik to’g’risidagi shartnomaga imzo chekdilar. 63
Mazkur bitimning 1-moddasida: O’zaro xavfsizlikni ta’minlash, global tahdid va davlatlarga qarshi harakat qilish, mitaqaviy barqarorlikni mustahkamla, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilik O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosobatlarni uzoq muddatli va har tomonlama rivojlantirishning kuchli asosini shakllantiradi-deb yozilgan edi. 64
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov 2005 yil 10 iyun kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasining "Politika" jamg’armasi prezidenti Vyacheslav Nikonov rahbarligidagi delegasiya azolarini qabul qildi. 65 Delegasiya tarkibida Rossiya siyosiy tadqiqotlar insituti direktori Sergey Markov, "Politicheskiy klass" jurnali bosh muharriri Vitaliy Tretyakov, "Trud" bosh muharririning o’rinbosari Rafayel Guseynov va Moskva shahri merining maslahatchisi Nurali Latipovlar ham kirganlar.
Delegatsiya azolari Andijon shahrida bo’lib jamoatchilik vakillari bilan uchrashdilar. 2005 yil 13 may kuni sodir etilgan fojeali voqyealarning guvohlari va terrrorchilar tomonidan garovga olinganlar, fojea qurbonlarning oila azolari bilan suhbatlashdilar. Delegasiya Toshkentda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar insitutining (SMTI) mutaxassislari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurish akademiyasi professor o’qituvchilari bilan uchrashdilar. Delegasiya rahbari V.Nikonov "Bazi xorijiy ommaviy xorijiy ommaviy axborot vositalaridan Andijonda sodir bo’lgan fojeali voqyealar qurbonlari soniga oid raqamlar oshirilib yuborilgan", -deb takidlagan edi.66
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2005 yil 28-29 iyun kunilari Rossiya Federasiyasi Prezidenti M.Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo’ldi.67 Rossiya Federasiyasi Prezidentining Novo-Ogaryova qarorgohida o’tgan muzokaralar savdo iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy madaniy, harbiy va harbiy-texnikaviy masalalari muhokamasiga bag’ishlandi. Tashrifning ikkinchi kuni O’zbekiston Respublikasi birichi Prezidenti Islom Karimov Rossiya mudofaa vaziri Sergey Ivanov bilan uchrashdi.
S.Ivanov bilan bo’lgan uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy aloqalar izchil rivojlanayotganligini shuningdek, bu yonalishdagi aloqalar Mharbiy mahsulotlar yetkazib berish harbiy texnikani yangilash, kadrlar tayyorlash, birgalikda mashqlar o’tkazish, koinotni tadqiq etish bo’yicha davlatlararo dasturlar tuzish kabi masalalarham muhokama etildi.
2005 yil 21 oktyabr O’zbekiston Respublikasi birichi prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda mamalakatimizga tashrif buyurdi Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.68 Uchrashuvda O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi o’zaro aloqalar, mamlakatlarimizning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shu kuni O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Elyor G’aniyev Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
2005 yil 14 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi birichi prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasi bo’ldi. Muzokaralarda Islom Karimov va Vladimir Putin xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi aloqalar bilan bog’liq masalalarni muhokama qildilar, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Muzokaralar yakunida Prezidentlar Islom Karimov va Vladimir Putin O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o’rtasida ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Shuningdek ikki mamlakat Savdo sanoat palatalari o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi bitim, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federasiyasi Narkotik aylanishni nazorat qilish bo’yicha federal xizmati o’rtasida narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamda prekursorlarni nazorat qilishda hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi.69
Mamalakatimiz rahbari Rossiya Federasiyasiga jo’nab ketishidan oldin ommaviy axborot vositalarga bergan intirvyusida imzolanishi rejalashtirilgan Ittifoqchili munosabatlari to’g’risidagi shartnoma haqida to’xtalib :
"Avvalo bu shartnoma o’ta muhim va masuliyatli masala-ikki tomonlama yarbiy harbiy- texnikaviy aloqalarni yuqori va ishonchli asosda rivojlantirishni, qurolli Kuchlarni barpo etish, ularni Mqurollantirishda o’zaro ko’mak va yordam nazarga tutadi.O’zingiz bir tassavur qiling: bu shartnoma kuchga kishi bilan o’zbekistonga qarshi qaratilgan har qanday g’arazli va yovuz hamla bizning hududimizga bostirishga bo’gan urinishlar o’z-o’zidan Rossiyaga qarshi qo’l ko’tarish bo’lib hisoblanadi va, tabiiyki, dunyodagi eng qudratli davlatlardan biri bo’lmish bu mamlakatni befarq qoldirmaydi.Va bordiyu shunday holatlar sodir bo’lsa, ikki davlat rahbariyati bamaslahat tegishli qaror qabul qilish va zarur choralar ko’rish imkoniga ega boladi"-deb takidladilar. 70
Rossiya Prezidenti V.Putin, o’z navbatida ta’kidlaganidek, “Shartnoma ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni mutlaqo yangi sifat darajasiga ko’taradi. Rossiya va O’zbekiston mintaqada barkd-rorlik va taraqqiyotga erishish yo’lida kuchlari, zaxiralari, ulkan gumanitar salohiyatlarini birlashtirmoqda”71
Ushbu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning yangi sifat darajasiga ko’tardi Boshqacha aytganda, endilikda sho’rolar amaliyoti davridagidan tubdan farq qiladigan yangi falsafiy yondashuvga, jumladan, strategik istiqbolga ega umumiy man-faatlarning inobatga olinishiga asoslangan ittifoqchilik munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga imkon yaratdi.
So’nggi yillarda Rossiya - O’zbekiston munosabatlari ikki davlat rahbari Islom Karimov va Vladimir Putinning siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari tufayli jadal va izchil rivojlanib bordi. Bunday tendensiya nafaqat siyosiy muloqot, balki savdo-iqtisodiy, harbiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik, gumanitar hamda madaniy sohalarda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Ma’lumki, ittifoqchilik shartnomasini tayyorlash bo’yicha amaliy faoliyat bir necha yil ilgari boshlanib, 1999- yilning 11- dekabrida harbiy va harbiy-texnikaviy sohada har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to’g’risidagi shartnoma hamda 2004-yilning iyunida imzolangan strategik sheriklik to’g’risidagi Shartnoma ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning yanada yaqinlashuvida muhim bosqich vazifasini o’tagan edi. Jumladan, strategik sheriklik to’g’risidagi Shartnomada global tahdidlar, birinchi galda, terrorizm, diniy ekstremizm kabi xavf-xatarlarni nazarda tutgan holda strategik sheriklikni amalga oshirish zarur ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, ushbu hujjatda harbiy hamkorlik to’g’risida ham batafsil so’z yuritiladi. Chunonchi, unda har ikki mamlakat yoki birining manfaatlariga tahdid soladigan vaziyat vujudga kelgan taqdirda, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab qo’yilgan. Bir so’z bilan aytganda, O’zbekiston va Rossiya o’rtasida imzolangan mazkur ittifoqchilik shartnomasi ikki mustaqil davlat va xalqlarning o’zaro yaqinlashuvi jarayonining mantiqiy bosqichidir.
Yangi shartnoma tufayli Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar tom ma’noda ittifoqchilik mazmuniga ega bo’lmoqda. Endilikda O’zbekistonga nisbatan agressiv xatti-harakatlar dunyodagi eng qudratli davlatlardan biri - Rossiyaga qarshi tajovuzni anglatadi. Masalan, ittifoqchilik haqidagi shartnomaning 2-bandida ta’kildanishicha, "taraflardan biri qarshi muayyan davlat yoki davlatlar gguruhi tomonidan sodir etilgan agressiya har ikki tomonga sodir etilgan tajovuz hisoblanadi". Ushbu hujjatda tinchlikka xavf solishi yoki taraflardan birining xavfsizligiga rahna qilishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini kelishgan holda birgalikda amalga oshirish zarurligi haqidagi qoidalari g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
2005-yil noyabr oyining oxirida O’zbekiston Respublikasiga Rossiya Federasiyasi Federal Yig’ini kengashining MDH masalalari bo’yicha qo’mita raisi V.Gustov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.72 Delegatsiyaning bosh maqsadi Oliy majlis Senati va Federatsiya Kengashi o’rtasida mustahkam aloqa o’rnatish, shuningdek ikki tomonlama parlamentlararo munosabatlarning istiqbollari muhokama qilishdan iborat bo’lgan bo’lsa, 2006-yil 13-fevralda mamlakatimizga Rossiya Federasiyasi Federal majlisining Davlat dumasi raisi Boris Grizlovni tashrif buyurdi. 73 Mamlakatimiz Prezidentining Boris Grizlov uchrashuvi chog’ida O’zbekiston-Rossiya munosabatlarning huquqiy asosini yanada mustahkamlash hamda mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’lishi munosabati bilan ushbu tuzilma doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan shartnomaviy huquqiy jarayonlar bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Rossiya Federatsiyasi Federal majlisining Davlat dumasi raisi B.Grizlov boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Spikeri Ye.Xalilov bilan ham uchrashdi.
2006- yil 16-mart kuni Rossiya Fedratsiyasi Federal majlisi Davlat dumasining MDH ishlari bo’yicha qo’mita raisi A.Kokoshin rahbarligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.74
A.Kokoshin tashrif doirasida Farg’ona, Namangan va Andijon viloyatlarida bo’ldi.Ushbu viloyatlar bilan Rossiya subyektlari o’rtasida savdo-sotiq, qishloq xo’jaligi, sanoat sohalarda aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib olingan edi.
2006- yil 10- aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federatsiyasi kengashi raisi Sergey Mironovni qabul qildi.75 Suhbat asosiy mavzusi O’zbekiston -Rossiya parlamentlararo aloqalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federasiyasi kengashi raisi Sergey Mironov boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo’lib, Senat raisi Ilgizar Sobirov bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federatsiyasi kengashi hamkorlikka oid bitim imzolangandi. Bu Oliy Majlis Senati tarixida imzolangan ilk xalqaro hujjat bo’lgandi.
S.Mironov bitim haqida to’xtalib: “ Mazkur bitim O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida qonunchilik borasidagi aloqalarni yanada kengaytirishda ulkan ahamiyat kasb etishi shuhasiz”, 76-deb ta’kidlagan edi.
2006- yil 12- may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo’ldi.77 Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. 2005- yil noyabr oyida "O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi" shartnomani imzolagan edilar.Islom Karimov 2006- yil 6- mart kuni "O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish" haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonunini imzolagan bo’lsa, Sochi uchrashuvi arafasida Vladimir Putin bu hujjatning Rossiya tomonidan ratifikatsiya qilinishi to’g’risidagi qonunni imzoladi.
2006- yil14-15- noyabr kunlari Samarqand shahrida "Demokratik institutlar rivojlanishi va jarayonlari ahvoli hamda istiqbollari: O’zbekiston va Rossiya tajribasi" mavzuidagi Xalqaro davra suhbati bo’lib o’tdi.78
Unda qatnashish uchun mamalakatimizga Rossiya strategik tadqiqotlar insituti direktori M.Kojokin, Rossiya Jamoat palatasining Globalizm va milliy strategik rivojlanish masalalari bo’yicha komissiya raisi A.Migranyan, Siyosiy tadqiqotlar insituti direktori M.S.Markov, Yevropa forumi kordinatori M.Meyer, "Moskovskiy novosti" haftanomasi va "Novыy Politicheskiy klass" jurnali bosh muharriri V.Tretyakov, "Ekspert"jurnali bosh muharriri A.Privalovlar tashrif buyurishgandi. Xalqaro davra suhbati davomida O’zbekiston va Rossiya ekspertlari hamda tahlilchilarning "O’zbekiston va Rossiya fuqarolik jamiyati insitutlari rivojlanishining ahvoli va istiqbollari", "demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari" kabi mavzular bo’yicha ochiq muloqot o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2006- yil 16 -noyabrda Oqsaroyda Rossiyaning Samarali siyosat jamg’armasi prezidenti Gleb Pavlovskiy rahbarligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. 79 O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi keng qamrovli hamkorlik aloqalarining kelajagi, xususan, demokratlashtirish, siyosiy islohotlar jarayoni bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalarga uchrashuvda alohida to’xtaldi.
2007- yil 7- martda mamlakatimizga Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi Mixail Fratkovni tashrif buyurdi.80 Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mixail Fratkov "mamlakatlarimiz Prezidentlari tomonidan imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risidagi shartnoma o’zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi", 81-deb takidlagan edi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2007 -yil 4- iyul Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o’rinbosari Sergey Ivanovni qabul qildi.82 Uchrashuvning amaliy natijasi: O’zbekistonda Rossiya va Rossiyada O’zbekiston fuqarolarining mehnat faoliyati va ularning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash borasidagi hamkorlik haqidagi, readmissiya to’g’risida bitimlar, shuningdek, Iordaniya buyurtmasi bo’yicha Il-76MF rusumli samolyotlarni yetkazib berishga doir shartnomalar imzolanishi bo’ldi.
2007- yil 29- oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukovni qabul qildi.83 Mamlakatlarimiz o’rtasidagi harbiy hamkorlikka hamda mintaqaviy xavfsizlikka oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif davomida O’zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Ruslan Mirzayev Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukov bilan uchrashdi va muzokaralar yakunida O’zbekiston Respublikasi Midofaa vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Midofaa vazirligi o’rtasida 2008- yilda hamkorlik rejasi imzolandi
2008- yil 6- iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.842008- yil 5- sentabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Moskva shahrida bo’lib o’tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) sammitida ishtirok etdi.85 Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga 1992- yilning 15- mayda imzolangan Kollektiv xavfsizlik shartnomaga binoan asos solingan. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining nizomi hamda tashkilotning huquqiy maqomi to’g’risidagi bitim 2002- yilning 7- oktabrda imzolangan va 2003- yilning 18 -sentabrda kuchga kirgan. Mazkur tashkilot terrorizm va ekstremizmga, uyushgan transmilliy jinoyatchilik va narkotrafikka, qurol-yarog’ kontrabandasiga ommaviy qirg’in quroliga qarshi kurash, tashkilotga azo mamlakatlar o’rtasida harbiy hamkorlikni kengaytirib kelgan.
2009 -yil 22- yanvar O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.Uchrashuv davomida Prezidentlar O’zbekiston-Rossiya munosabatlarga doir keng ko’lamli masalalar, o’zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.86
2009- yil 22- dekabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qilgan bo’lsa, 87 23- dekabr kuni Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulotda va muxtor elchisi etib tayinlangan Vladimir Tyurdenev Islom Karimovga ishonch yorlig’ini topshirdi.88 Muloqot chog’ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir, shuningdek tomonlarni qiziqtirgan boshqa qator masalalar yuzasidan fikr almashilgandi.
“O’zbekiston biz uchun mintaqadagi ustuvor sheriklardan biridir”, - deya bayonot bergan edi Rossiya Federatsiyasining Prezidenti Vladimir Putin o’zining 2012-yil 4- iyun kuni Toshkentga buyurgan tashrifi chog’ida. Biz mamlakatning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini juda yaxshi bilamiz va munosabatlarimizni uning salohiyatiga hamda xalqlarimiz o’rtasidagi tarixiy aloqalarining chuqur ildizlariga muvofiq ravishda ko’ramiz.
“XXI asrning boshlarida xalqaro munosabatlarda , eng avvalo O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi o’zaro aloqalar ittifoqchilik munosabatlari tamoyillariga muvofiq rivojlanmoqda”, - deya qayd etgan edi O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasining rahbari bilan uchrashuv chog’ida.
Bugungi kunda O’zbekiston va Rossiya o’rtasida hal qilib bo’lmaydigan muammolar yoki bartaraf etib bo’lmaydigan to’siqlar yo’q, mintaqaviy va xalqaro darajada ko’p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmlari ishga solingan va ular hayotga tatbiq etilmoqda. Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiya doirasida faol ish olib borilmoqda.
Bu aloqa va munosabatlar ikki mamlakat rahbarlari tomonidan 1992-yil 30- may kuni imzolangan “O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi davlatlararo munosabatlar do’stlik va hamkorlik asoslari to’g’risida shartnoma", 2004-yil 16-iyunda imzolangan O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi "Strategik sherikchilik to’g’risida shartnoma”, 2005-yil 14-noyabrda imzolangan O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi "Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risida shartnoma”lar negizida muntazam rivojlanib bormoqda.
Ittifoqchilik va sheriklik munosabatlari muhim va o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Garchi sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining kelib chiqish tarixi uzoq tarixiy davrlarga borib taqalsa-da, O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi ko’p tomonlama aloqalar hamda munosabatlar XXI asr iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib yangicha miqdor va sifatga ega bo’lib rivojlanmoqda. Yuqorida aytib o’tilganidek, O’zbekiston va Rossiya o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar o’zaro sheriklik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan holda muvoffaqiyatli ravishda rivojlanmoqda. Biroz oldinga ketib, shuni ta’kidlash lozimki, bugunga qadar Rossiya Federatsiyasi O’zbekiston Respublikasining eng yirik tashqi savdo sherigi va ittifoqchisi sifatidagi mavqeini barqaror saqlab kelmoqda. Buning tasdig’i sifatida 2012 - yilda ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasining hajmi 7.6 milliard AQSH dollarini tashkil etganini qayd etish joizdir.
Sarmoyaviy sohadagi o’zaro hamkorlik Rossiya - O’zbekiston munosabatlarida muhim o’rin egallaydi. 2012-yilning o’zida davlatlar investitsiya dasturini hayotga tatbiq etish doirasida O’zbekistonga Rossiyaning 789.4 million AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kapitallari jalb qilindi. Keyingi yillarda ham kapital mablag’larni kiritish ortib bordi. Birgina “Lukoyl” komponiyasi O’zbekistonda uchta loyihani amalga oshirish maqsadida mohiyat taqsimoti bitimi asosida qiymati 678.5 million AQSH dollariga teng miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Dunyodagi yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri bo’lgan bu kompaniyaning O’zbekiston neft-gaz kompleksiga to’g’ridan- to’g’ri investitsiyalari yildan-yilga oshib bormoqda. Savdo aylanmasi 2013 - yil yakuniga ko’ra 3 milliard 200 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 3-dekabr 2013-yilda Oqsaroyda “Lukoyl” neft-gaz kompaniyasi ochiq aksionerlik jamiyati Prezidenti Vagit Alekperov bilan rasmiy uchrashuvda ushbu raqam qayd etildi. Shuningdek, “Lukoyl” kompaniyasi I.Gupkin nomidagi Rossiya davlat ne^ va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish katta e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi. Uchrashuvda 2014-2018-yillarda Buxoro, Xiva va boshqa hududlardagi konlarda qator yirik loyihalarni amalga oshirilishi, uzoq muddatli strategik sheriklikka yangi surat bag’ishlashi ta’kidlandi. Mazkur uchrashuvda kompaniyaning yaqin besh yildagi investitsiya dasturi 5 milliard dollarni tashkil etdi. Bunday yirik xalqaro e’tirofga molik sheriklik aloqalari O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi hamkorlikni tobora tez rivojlanib borayotganligining salmoqli ko’rsatkichlaridan biridir.
Jahon xalqlari va davlatlarining e’tirofiga loyiq mamlakatlararo strategik sheriklik O’zbekiston - Rossiya o’rtasida muntazam mustahkamlanib, yanada keng quloch ichib bordi. Shuning uchun, bu xalqaro - jahon ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlarni eng muhim jihatlarini xronologik tarzda qayd etish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 2014 - yil 10- dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo’ldi. Ko’ksaroy qarorgohida ikki davlat rahbarlari tor doirada muzokara o’tkazdi. “Ushbu muzokara ham O’zbekiston, ham Rossiya siyosiy muloqotlari va turli darajadagi uchrashuvlarining uzviy davomi, tomonlarning o’zaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlarini izchil va samarali davom ettirish tarafdori ekanligining yorqin namunasi deb bilamiz” - degan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Vladimir Putin o’z navbatida O’zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik davlat bo’lib, Rossiya Federatsiyasining mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. Sheriklik faqat savdo- iqtisodiy hamkorlik bilan chegaralanib qolmasligi ta’kidlandi. Shu bilan birga O’zbekiston - Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy o’rin tutadi. Shuningdek, suhbat chog’ida xalqaro siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, xalqaro muammolar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari ham ko’rib chiqildi. Hozirda ikki davlat o'rtasida imzolangan 2013-2017 - yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, hamda 2015-2019 - yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq iqtisodiy sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda.
Rossiya - O’zbekiston o’rtasidagi tovar ayriboshlash 2016-yil boshlarida 5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Rossiya O’zbekistonning savdo sheriklari orasida ikkinchi o’rinda turadi (Qozog’istondan keyin) O’zbekiston Rossiyaga transport vositalari, paxta tolasi, trikotaj, meva- sabzavotlar, qora rangli metallar, turli xizmatlar yetkazib beradi. Rossiya mamlakatimizga transport vositalari, kimyo va qog’oz sanoati tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi89.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasining Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2016-yil 25-26- aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Moskvada bo’ldi. 25-aprelda bo’lib o’tgan norasmiy uchrashuvda tomonlar O’zbekiston - Rossiya munosabatlari, jahonning turli mamlakatlarida sodir bo’layotgan voqealar xususida atroflicha fikr almashdilar. Bu uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, invistitsiyaviy, harbiy- texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishning amalda borishi va bu boradagi navbatdagi vazifalar ko’rib chiqildi. O’zbekiston - Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy o’rin tutadi. Shuni ta’kidlash mumkinki, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlanishi o’zining yuksak ijobiy natijalarini bermoqda. Yuqoridagi o’tkazilgan muzokaralar yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida madaniy-gumanitar, tashqi siyosat, oliy ta’lim, jismoniy tarbiya va sport kabi qator sohalarda hamkorlikka erishildi.
Muzokaralar davomida kelishib olingan maqsad va vazifalar har ikki mamlakat hayotida amaliy tasdig’ini topmoqda. Bu O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 15-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o’rinbosari Dmitriy Kazak bilan o’tkazgan rasmiy uchrashuv chog’ida ta’kidlab o’tildi90. Mamlakatlarimiz o’rtasida hamkorlik "Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to’g’risidagi" shartnoma talablariga binoan amalga oshirilmoqda deb qayt etildi suhbat chog’ida.
O’zaro munosabatlarning asosiy yo’nalishlari 2015 -yilda Rossiya tomonidan qabul qilingan 2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada chuqur isloh etish, tarkibiy o’zgarishlar qilish, diversifikatsiyalash dasturida qayd etilgan. U sakkizta strategik dasturdan iborat bo’lib, 2004-2005-yillarda qabul qilingan iqtisodiy rivojlanish hujjatlardagi belgilangan marralarni bevosita davomi bo’ldi. Iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keyingi yillarda ro’y bergan jiddiy, ijobiy o’zgarishlar Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik kursida o’tirishi bilan jadallashib bordi. Iqtisodiy siyosatda O’zbekistonni sanoat potensialini saqlab qolishda tomonlar olib borayotgan siyosati muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Garchi aviatsiya sanoati jiddiy yo’qotishlarga uchragan bo’lsa-da, ammo uning o’rninni bosuvchi avtomobil sanoati paydo bo’ldi. O’zbekiston iqtisodiyotini jiddiy barqarorlashtiruvchi omil tekistl sanoati bo’lib qoldi. Sh.M.Mirziyoyev chetga paxta sotishni qisqartirib tayyor mahsulot sotishni ko’paytirdi. Paxta tolasini qayta ishlashning o’sishi natijasida bu ko’rsatkich 2016-yilda 40 foiz ga o’sdi. 2015- yilda 147 ta korxona modernizatsiyalashtirilgan edi.
2020-yilgacha qiymati 918 million AQSH dollari bo’lgan 77 ta to’qimachilik loyihalari ishga tushurish rejalashtirilgan. Bu bilan ishlab chiqarish quvvati ikki barobardan ko’pga oshadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, 2012-yil 4-iyunda imzolangan "Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to’g’risi"gi Dekloratsiya o’zaro hamkorlik meyori va ko’lamini yanada kengaytiradi.
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashda V.V.Putinning 6-sentabr 2016-yilda Samarqandga, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga hurmati yuzasidan qilgan tashrifi o’ziga xos yuksak minbardagi hodisa bo’ldi. Kremlning matbuot xizmati xabar qilganidek, Rossiya davlatining rahbari Vladimir Putin va O’zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri Shavkat Mirziyoyev marhum Islom Karimovning qabri ustiga gulchambarlar qo’ydi. Sh.M.Mirziyoyev bilan bo’lgan uchrashuvda V.Putin Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi bilan O’zbekiston o’rtasida o’zaro aloqalarga juda mustahkam asoslar qurib ketganligini chuqur hurmat va ehtirom bilan ta’kidladi. O’zaro munosabatlar strategik maqsadlarga, strategik sheriklikka qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Vladimir Putinning O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag’ishlab aytgan so’zlariga javoban Sh.M.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni aytdi. ”Islom Abdug’aniyevich hamma vaqt bizni Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi siyosatimiz, munosabatlarimiz faqat strategik sheriklikka asoslangan, - deb ta’kidlar edi. Biz ham Vladimir Vladimrovich, uni davom ettiramiz, mustahkamlaymiz. Siz, Islom Karimov bilan uzoq yillar davomida qurgan ko’prikni buzmaymiz, balki, bitiramiz, mustahkamlaymiz ”91.
O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi ikki tomonlama strategik munosabatlar Islom Karimovning Prezidentlik yillarida uzluksiz rivojlanib, mustahkamlanib borganligini quyidagi raqamlarda ko’rish mumkin.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari (D.Medvedov, V.Putin ) O’zbekistonga besh marta tashrif buyurgan. 1998-yil oktabrda (davlat tashrifi), 2000-yil may oyida, 2003-yil avgustda, 2004-yil iyunda va 2009-yil (ishchi tashrif) da. Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiyada 1994-yil mart oyida, 2005-yil noyabr oyida, davlat tashrifi bilan 2005-yil may oyida va 2006-yil may oyida Moskva - Kremlda bo’lgan.
yil 10-dekbrda imzolangan "Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida" Dekloratsiya (Biror muhim siyosiy masala yuzasidan rasmiy tarzda e’lon qilingan bayonnoma, bu o’rinda O’zbekiston va Rossiya davlatlari tantanali sur'atda e’lon qilgan o’zaro munosabatlarning asosiy prinsiplar, qonun-qoidalar to’g’risida so’z boradi.) doirasida mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanmoqda. Parlamentlararo aloqalar, hukumatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni kengaytirish va huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishda muhim o’rin tutmoqda. Hukumatlararo va idoralararo o’zaro tashriflar muntazamlik kasb etgan. Buning misolini yuqorida o’zaro tashriflarda ko’rib o’tildi.
O’zaro uchrashuvlarda Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan Afg’oniston muammosi, shuningdek, terrorizm, ekstremizm, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan fikr almashadilar. Respublikamizning Birinchi Prezidenti bu masalalarga doir o’ta muhim va dolzarb fikrlarida Afg’onistonda 35 yildan buyon birodarkushlik urushiga haqqoniy baho berib, uni to’xtatish haqida odilona tavsiyalarni ilgari surdi92.
Ikki mamlakat o’rtasidagi sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va Vladimir Putinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida da’vat etgan muzokaralari orqali namoyon bo’ldi. Prezidentlar Rossiya va O’zbekiston o’rtasida savdo-iqtisodiy, invistitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tovar ayriboshlashni yanada kuchaytirish va diversifikatsiya qilish, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, tropenor va tranzit tashish sohasidagi aloqalarni kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi. Mamlakatlarimizga o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali to’la foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko’pligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham ijobiy manfaat keltirishi ta’kidlandi.
Ushbu muzokaralar yakunida 2015-2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari, moliyaviy talab va majburiyatlarni amalda tartibga solishga oid hukumatlararo bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi.
Mazkur muzokaralarning yakunlari to’g’risida har ikki Prezident ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda to’la qoniqish bilan fikr bildirdilar.
"Strategik sheriklik to’g’risida shartnoma"ni tashqi siyosatga bog’liq tomonlarini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovni 2015-yil 15-iyul kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar Vaziri Sergey Lavrov bilan birgalikda muhokama qildi. O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi munosabatlar mustahkam sheriklikka asoslangan va davlatlararo aloqalarni rag’batlantirishga xizmat qilmoqda, - deb sharhladi tomonlar40.
Hozirda "Strategik sheriklik to’g’risida shartnoma" va "Ittifoqchilik munosabatlari to’g’risida shartnoma" lar O’zbekiston va Rossiya o’zaro hamkorligida muhim ro’l o’ynamoqda. O’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar shu shartnomalar asosida rivojlanib bormoqda.
|