|
Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
|
bet | 6/27 | Sana | 16.06.2021 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #15085 |
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining 1991 -2019-yillar davomida Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorligi va aloqalarining rivojlanish jarayonlarini atroflicha tahlil qilishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. O’zbekistonning Rossiya Federatsiyasi bilan ko’p tomonlama munosabatlari va aloqalari mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lib kelganligi keng va aniq materiallar negizida o’rganish va analiz qilish; iqtisodiy sohadagi o’zaro hamkorlik ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarning ustuvor yo’nalishi ekanligini tahlil qilish; O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sherikchilik va ittifoqchilik munosabatlarni o’rnatilishi, rivojlanishining tarixiy ahamiyatini yoritish; savdo-iqtisodiy hamkorlikning mohiyati va asosiy yo’nalishlarini keng materiallar asosida tahlil qilish; O’zbekiston Respublikzsi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida ilmiy-texnikaviy hamda madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlanish jarayonlarini keng ko’lamda ilmiy tahlil qilish; erishilgan natijalarni asoslangan xulosalar bilan mustahkamlash.
|
| |