Ishning dolzarbligi: Barcha mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorlik mustaqil O’zbekiston tashqi siyosatining eng muhim tamoyillardan biridir. Jahonda iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ilmiy, texnikaviy jihatdan nufuzli hisoblangan Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik ham teng huquqli hamda o’zaro manfaatlilik tamoyiliga asoslanadi. Sobiq Sho’ro davrida Rossiya Federatsiyasi “katta og’a” sifatida ish tutgan bo’lsa, ittifoq tarqagach Rossiyada yuz bergan demokratik jarayonlar hamda yangi tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan qaror topgan munosabatlar xalqaro norma asosida amalga oshirila boshlandi. Bugungi yangi tarixiy sharoitda vujudga kelgan yangicha munosabatlar ikki mamlakat uchun ham teng manfaatli ekanligini jamoatchilikka ayniqsa yosh avlodga yetkazish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Qolaversa, bu mavzuga oid maxsus adabiyotlarning deyarli yo’qligi, turli risola, maqola va asarlarda qisman aloqalarning ba’zi sohalariga bag’ishlangan ma’lumotlarning mavjudligi shu mavzuni chuqurroq o’rganishni talab qiladi. Mavzunini yoritishda men O.A.V (ommaviy axborot vositalari): “Xalq so’zi”, “O’zbekiston ovozi”, “Ishonch”, “Turkiston”, “Pravda Vastoka” , “XXI asr” kabi davriy matbuot nashrlarida O’zbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasi munosabatlarining rasmiy va norasmiy uchrashuvlari, ikki mamlakat delegatsiyalarining tashriflariga oid maqolalardan, shuningdek ikki mamlakat prezidentlarining davlat tashriflarida so’zlagan nutqlari va O.A.V (ommaviy axborot vositalari) muxbirlariga bergan intervyularidan, http://mfa.uz/ , http://gov.uz/, http://www.russia.uz, www.uzembassy.ru kabi rasmiy saytlardan, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan ham unumli foydalandim. Chunki birinchi prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatning nazariy va amaliy jihatlarini puxta ishlab chiqib, o’z asarlarida aks ettirganlar.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni o’rnatishi va rivojlantirishini ilmiy jihatdan tatqiq etishga bag’ishlanganligi bilan g’oyat zamonaviy va dolzarb ahamiyatga ega. Bitiruv malakaviy mavzusining dolzarbligi eng avvalo Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan boshlab berilgan demokratik islohotlarni izchil davom ettirish va chuqurlashtirish, tinchlik- osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash, xalqimiz uchun munosib turmush-tarzini yaratishdan iborat”3,- ekanligi bilan bevosita bog’liq. Zero, bu sharafli vazifalarni muvoffaqiyatli bajarish O’zbekiston Respublikasining hozirgi tashqi siyosati xususan, yon qo’shni Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan birini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy mavzusining dolzarbligi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev qayd etganlaridek: “Biz O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak”,- degan da’vatni havfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyatimizning asosiy tamoyili sifatida belgilab olganligimizda hamdir. Ushbu insonparvarlikka asoslangan da’vatni ro’yobga chiqarish O’zbekistonning oqilona tashqi siyosati, jumladan, Rossiya Federatsiyasi bilan olib borilayotgan har tomonlama do’stona hamkorlik aloqalari va strategik hamkorlik munosabatlari bilan bevosita uzviy bog’liq. Tarix sinovlaridan o’tgan ushbu haqiqatni mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’z nutqlarida, uchrashuvlarida, intervyularida ta’kidlab o’tar edi. Bu buyuk shaxsning O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasining davlatlaroro har tomonlama aloqalarini rivojlantirishning har ikki mamlakat xalqlari uchun qanchalik katta tarixiy ahamiyatga ega ekanligi to’g’risida aytgan fikrlarini keltirish ushbu Bitiruv dissertatsiya mavzusining dolzarbligini ko’rsatadi.
1998-yil 5-may kuni O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Safar oldidan O’zbekistonning Birinchi Prezidenti ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berar ekan, O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi har tomonlama iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalar va hamkorlikni rivojlantirishdan har ikki mamlakat ham birday mafaatdor ekanligini ta’kidlab shunday degan edi. “Safardan maqsadimiz Rossiya bilan munosabatlarni chuqurlashtirish. O’zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashdir. O’ylaymanki, xalqimiz ham bu fikrni ma’qullaydi. Rossiyaning O’zbekistonda umuman Markaziy Osiyoda o’z manfaatlari bor. Shuningdek, avval aytgan fikrlarimni yana qaytarib aytaman: Rossiya bilan nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy masalalarda o’zaro manfaatli, teng huquqli hamkorlik biz uchun ustuvor masala bo’lib qolaveradi”3.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuqoridagi so’zlari o’zining mazmuni va strategik ahamiyati bilan mazkur magisrtlik malakaviyning mavzusini dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi. Istiqlolimizning besh yilligi munosabati bilan so’zlagan nutqida davlatimizning Birinchi Rahbari Islom Karimov shunday degan edi: “O’zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning maqsadi ozod vatanda yashash. Xalqimiz mana shu maqsad yo’lida belni bog’lab, o’zini ayamasdan mehnat qilyapti, katta umid bilan yashayapti”4. Ushbu so’zlarda ko’p millatli O’zbekiston xalqini o’zaro hamdo’stlik, hamkorlik, yagona maqsad yo’lida birdamlikka intilish g’oyalari ilgari surilgan edi. "Mustaqillikka erishgandan keyin yuzdan ziyod davlatlar bilan rasmiy aloqa o’rnatdik", - degan edi Islom Karimov 1998-yil 5-maydagi intervyusida. Lekin, bizning tashqi siyosatimizda Rossiyaning o’z o’rni bor. Buni Respublikmizning olis qishloqlarida ham yaxshi tushunadilar. O’zaro teng huquqli aloqalardan oddiy kishilar ham, korxonalar ham birday manfaatdor. Bu nafaqat iqtisodiy-siyosiy, balki boshqa masalalarda ham yaqqol sezilib turibdi. Biz tashrif davomida shunday munosabatlarimizning huquqiy zaminini mustahkamlash niyatidamiz5.
Bitiruv malakaviy ishda O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilgan va jadallik bilan rivojlanayotgan jarayonlarning ilmiy-nazariy hamda amaliy tomonlarini yoritish va tahlil etishga bag’ishlanganligi bilan bugungi kunda g’oyat dolzarb ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning barchasini muvaffaqiyati ikki tomonlama aloqalar va do’stona munosabatlar bilan bog’liq ekanligi dissertatsiyada ko’plab materiallar va aniq misollar asosida yoritib berilganligi ishning ilmiy-nazariy darajasini va dolzarbligini oshiradi.
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi Mustaqil O’zbekiston ko’p millatli mamlakat ekanligida ham ifodalanadi. "Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va ellatlarning tinch-totuv hayot kechirayotganligi istiqlol davrida erishgan eng muhim yutuqlarimizdan biridir", - degan edi Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev o’zining saylovoldi dasturida. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 137 ta milliy-madaniy markazning o’rni beqiyos ekanligini inobatga olgan holda millatlararo do’stlik va totuvlikni mustahkamlash, kelgusida ham siyosatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qoladi6.
Bugungi kunda ushbu ustuvor yo’nalish hayotda o’zining amaliy tasdig’ini topmoqda. Rossiya Federatsiyasi bilan olib borilayotgan do’stlik, hamkorlik, strategik sherikchilik, ittifoqchilik munosabatlarining o’rnatilishi buning yorqin dalilidir. Bitiruv malakaviyda bu siyosatning O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi uchun, umuman dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun birgalikda kurashish qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatib berildiki, bu ishning naqadar dolzarb mavzuga bag’ishlanganligi yana bir bor tasdiqlaydi.
Bitiruv ishini dolzarb mavzuga bag’ishlanganligining yana bir muhim jihati unga tarixiylik va aniqlik uzviy bog’lanib mantiqiy yaxlitlikni tashkil etadi. Tarixiylik va aniqlilikni butun tarixiy jarayonning ikki tomonini ifodalovchi dialektik kategoriyasidir. O’zbekiston va Rossiya Federetsiyasi o’rtasidagi ikki tomonlama va har tomonlama hamkorlik munosabatlarini aynan shu dialektik kategoriya negizida tadqiq etish va tegishli muhim xulosalarni ilgari surish mavzuning dolzarblik darajasini ifodalaydi.
Bitiruv malakaviy mavzusining dolzarbligi tarix va tarix falsafasi fanlari nuqtai nazaridan dolzarb - nazariy ahamiyatga ega. Isbot talab qilmaydigan haqiqat - aksioma shundan iboratki, O’zbekiston va Rossiyani ko’p asrlik tarixiy aloqalar bog’lab keladi. Bu haqda yirik tarixshunos, sharqshunos , siyosatshunos olimlar yozib qoldirgan. Shu munosabat bilan yirik davlat arbobi Sh.R.Rashidov va mutaffakir olim, akademik I.M.Mo’minovning bu haqdagi fikr-mulohazlarini keltirish ayni muddao bo’ladi.
Sh.R.Rashidov o’zining qator siyosiy publistik va badiiy asarlarida xalqlar do’stligi g’oyasini ilgari surib, Rossiya va O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar va aloqalar yuz yillar davomida qaror topganligini aytib o’tib quyidagi fikrlarni keltirgan: "Qadimgi tarixiy manbalarda, rus yilnomalarida sharqning yozuvchilari va mutaffakirlarining asarlarida O’rta Osiyoda slavyanlar haqida uzoq o’tmishda ham bilganlar, ular bilan do’stlik aloqalarini olib borgan. Siyosiy va iqtisodiy aloqalar gohida tasodifiy, gohida vaqti-vaqti bilan, gohida doimiy harakatga ega bo’lgan". Xalqlarning buzilmas do’stligi, rus adabiyoti va madaniyatini o’zbek klassik adabiyoti bilan aloqasi to‘g‘risida akademik I.M.Mo’minov qator qimmatli fikrlarni o’z asarlarida yozib qoldirgan, ular o’z ahamiyatini bugun ham yo’qotgani yo’q, balki tobora yuqori qadr-qimmatga ega bo’lib bormoqda. Ushbu fikrlarni mohiyati va mazmuniga e’tibor bersak, Rossiya va O’zbekiston, o’zbek xalqi va rus xalqi o’rtasidagi munosabatlar hamma vaqt o’zaro foydali hamjihatlikka asoslanganligini ko’ramiz. Aynan shu nuqtai nazardan ham tadqiq etilayotgan Bitiruv malakaviy ishning mavzusi bugungi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy hayot uchun dolzarblik ahamiyatiga ega.
Mavzuning dolzarbligi yana shundan iboratki, unda insoniyat tamaddunining qadimiy transchegaraviy yo’nalishi bo’lgan Sharq va G’arbni birlashtiruvchi iqtisodiy, siyosiy va madaniy-insonparvarlik sohalaridagi Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini instutsional mustahkamlash va kengaytirishda muhim o’rin tutgan Buyuk Ipak Yo’lining tarixiy ildizlarini yoritishda ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida aytib o’tilganidan, O’zbekiston va Rossiyani ko’p yillik tarixiy aloqalar har jihatdan bog’lab keladi. Ishni yozish davomida ushbu tarixiy aloqalarning ba’zi muhim yo’nalishlari bugungi kunda ham atroflicha o’rganishni taqozo etayotganligini va ular bugun ham dolzarb ahamiyat kasb etishi tadqiq qilinadi. Bugun Rossiya Federatsiyasi bilan nafaqat hukumatlararo, parlamentlararo, idoralararo aloqalar, balki, ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, vakillararo har tomonlama aloqalari an’ana tusini olgan. Aynan mavzuning ana shu tomonlarini ilmiy-amaliy jihatdan o’rganish Bitiruv malakaviy ishining eng muhim yo’nalishlaridan birini tashkil etadi. O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlar mamlakatlarimiz mustaqilikni qo’lga kiritganidan so’ng tubdan yangicha mazmun-mohiyat kasb etdi. Tarixdan ma’lumki, Rossiya birinchilardan bo’lib O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olgan edi. Davlatlar o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil 20-mart kuni o’rnatilgan9.
Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasini xalqaro miqyosida, birinchi o’rinda Rossiya Federatsiyasi bilan olib borayotgan o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi bilan o’zaro hamkorlik aloqalari har ikki davlat siyosatining diqqat markazida bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda. Bitiruv malakaviyda mustaqil O’zbekistonning 1991-2017 yillar davomida Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanib borishining asosiy yo’nalishlarini uzviy bog’liqlik va birgalikda analiz qilish, shunga doir xulosalar hamda tavsiyalarni ilgari surish Bitiruv malakaviyni ilmiylik va dolzarblik darajasini ko’rsatadi.
|