Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat




Download 0,58 Mb.
bet7/27
Sana16.06.2021
Hajmi0,58 Mb.
#15085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat;

  • mustaqillik sharoitida O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan tenglar ichida teng prinsipiga asoslangan iqtisodiy, madaniy va ilmiy - texnikaviy hamkorligini o’rganish va analiz qilishga mustaqillik ruhida yangicha yondashuvni amalga oshirilganligi;

  • quruq “doktrina” lar emas, balki jonli, aniq va keng hayotiy materiallar negizida mavzuning ilmiyligi, va ahamiyati konkret materiallar va adabiyotlarga asoslangan holda yoritilganligi;

  • Bitiruv malakaviy mazmun-mohiyatini belgilovchi omillar va qarashlar alohida ajratib olinib, umumiylik va alohidalik kategoriyalarining birligi asosida tahlil qilinganligi;

  • O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi hamkorlik aloqalarining kelgusi istiqbolda ham ulkan imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidlash.

Bitiruv malakaviy ishni nazariy va metodologik asoslarini O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, tashqi siyosat doktrinasi, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning nutqlari, mavjud monografik va ommaviy ishlar tashkil qildi.

Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Nazariy jihatdan olganda, ushbu ishning O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi har tomonlama aloqa va munosabatlarni mohiyatini va istiqbolini chuqur anglashga hamda to’g’ri fikrlashga xizmat qiladi.

Ishning amaliy ahamiyati shundaki, bugungi kunda O’zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida jadal rivojlanib bormoqda. Yuz minglab o’zbek farzandlari Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg shaharlarida, Rossiyaning bepoyon o’lkalarida yashamoqda va mehnat qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda ham Bitiruv malakaviyda o’rtaga qo’yilgan va yechimini topgan masalalar amaliy ahamiyatga ega. Bu jarayonlarni yoshlar atroflicha o’rganishi va o’zlarining amaliy faoliyatini belgilab olishida ushbu Bitiruv ishida ko’tarilgan materiallar ma’lum darajada manba va qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari dissertatsiya ishi bilan tanishgan o’quvchi O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik yo’nalishlari to’g’risida zarur tegishli ma’lumotlar oladi. Ulardan ma’ruzalarda, seminar mashg’ulotlarida, targ’ibot-tashviqot ishlarida foydalanishi mumkin.


Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat

Download 0,58 Mb.