Ikki davlat o’rtasidagi ilm-fan va madaniy aloqalar




Download 0,58 Mb.
bet12/27
Sana16.06.2021
Hajmi0,58 Mb.
#15085
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
2.2. Ikki davlat o’rtasidagi ilm-fan va madaniy aloqalar.
O’zbekiston Respublikasi Rossiya Federasiyasi bilan ijtimoiy, gumanitar sohalarda ham yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Fan-talim, tibbiyot, madaniyat va sanat, turli boshqa yo’nalishlarda aloqalar faollashmoqda. Talim, kadrlar tayorlash sohasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikka kelsak, bugungi kunda Rossiyaning iqtisodiyot, servis, boshqaruv, lingvistika, pedagogika, qishloq xo’jaligi, informatika sohalarida mutaxassislar tayyorlaydigan o’nlab oliy o’quv yurtlari bilan samarali xamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Islom Karimov Rossiya Federasityasidagi bir necha nufuzli ilm maskanlarining faxriy azosi bo’lgan, mukofot va unvonlar bilan taqdirlangan 2001 yil may oyidagi tashrif doirasida esa Moskva davlat universiteti (MDU) ning ham faxriy professoridir Bu oily o’quv yurtga shrifi chog’ida Universitet Rektori Viktor Sodovnichni va boshqa murabbiylar O’zbekistondagi talim sohasida yuz berayotgan o’zgarishlardan hayratga tushganini aytgandilar.V.Sodovnichi talim sohasiga biror davlat rahbari Islom Karimovchalik etibor bermagani bejiz emasdir.Har auditoriyasiga bir daqiqadan kirib chiqish uchun 80 yil talab etiladigan MDU O’zbekiston oliy va o’rta maxsus talim vazirligi va Milliy Universitetimiz bilan hamkorlik qilib keladi.

2001 yil may oyida Rossiya Davlat teleradio kompaniyasi sobiq ittifoq parchalangandan so’ng yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bugungi kuni va istiqboli masalalariga bag’ishangan 15 qismdan iborat hujjatli-publitistik filmni suratga olishni boshlab yuborgan edilar maskur film ijodkorlarini Islom Karimov Oqasaroy qarorgohida qabul qildi. Islom Karimov mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng qisqa davr mobaynida mamalakatimiz erishgan yutuqlariva imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

2002 yil 9 yanvar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Igor Ivanovni qabul qildi. Islom Karimov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Igor Ivanov bilan uchrashib, O’zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (Universitet) o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi. 141

O’zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari yaqin hamkorlikda ishlab, o’zaro siyosiy munosabatlarni xalqarosiyosat maydonidagi hamjihatligini muofiqlashtirib kelmoqda. Endilikda mazkur uchrashuvdan so’ng ikki mamalakat o’rtasida kadrlar almashish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o’tkazish imkoniyatlari tug’ildi. Mazkur universitetlarning ikkalasi ham o’zi joylashgan mamalakatdagi tashqi siyosat mahkamasiga qarashli bo’lib, asosan xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayorlaydi.

2003 yil 15 may kunni Oqsaroyda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasining "Andrey Pervozvaniy" jamg’armasi Vasiylik kengashi raisi Vladimir Yakunin rahbarligidagi delegasiya azolarini qabul qildi.142

Bu jamg’armadavlat, hukumat, din va siyosatdan holi bo’libo’z oldigaqo’ygan bosh maqsadi manaviy va madaniy qadriyatlarni tiklash, saqlash va boyitish hamda inson qalbida o’z xalqiningtarixi va madaniyati bilanuzviy bog’liq manaviy asosolarni mustahkamlashni targ’ib etish va rag’batlantirishdan iborat.Jamg’arma Rassiyaning qadim "Anrey Pervozvanniy"ordenini qayta qayta tasis etgan va zikr etilgan sohalarda beqiyos xizmat ko’rsatgan shaxslarga uni taqdim etadi. Xalqaro miqyosda bunday xayrli ishlarga katta hissa qo’shgan shaxslargamazkur ordenmaxsus tasis etilgan "Sivilizasiyalar muloqoti" xalqaro mukofoti tarzida beriladi.Unga YuNESKO bosh direktori Kouchiro Masuura, Mahmud Hotamiy kabi arboblar sazovor bo’lganlar.Ushbu orden Rossiya Federasiyasining davlat mukofoti maqomiga ega.

Uchrashuv chog’ida Vladimir Yakunin O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga "Andrey Pervozvaniy" ordenini tantanali ravishda taqdim qildi. Mamlakatimiz rahbariga mazkur ordenning topshirilishi yurtboshimizning sivilizasiyalararo muloqot rivojlanishiga qo’shgan ulkan hissasi, xalqlar o’rtasida tinchlik vahamfikrlikni rivojlantirish borasida yuritilayotgan izchil siyosatining yorqin isboti edi.

Mamlakatimiz rahbariga mazkur ordenning topshirilishi yurtboshimizning sivilizasiyalararo muloqot rivojlanishiga qo’shgan ulkan hissasi, xalqlar o’rtasida tinchlik va hamfikrlikni rivojlantirish borasida yuritilayotgan izchil siyosatining yorqin isboti edi.

2004 yil 11 mart O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiyaning Moskvadagi A.Bakulev nomli Yurak qon tomir jarrohligi ilmiy markazi derektori Leo Bokeriyani qabul qildi. Suhbat chog’ida O’zbekiston va Rossiyaning jarrohlik sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislari o’rtasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr yuritildi.143 Leo Bokeriya 10 mart kuni akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida mehribonlik uyining tarbiyalanuvchisi bo’lgan, tug’ma yurak xastaligiga chalingan ikki bolaning o’ta murakab jarohlik aperasiyasidan boshlagandi.

Har bir mamalakatning taraqqiyot darajasini, xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini belgilashdi undagi tinchlik, osoyishtalik va fuqarolararo totuvlikning nechog’lik mustahkam ekani asosiy mezonlardan hisoblanadi. Shu manoda Vatanimizning eng yuksak qatriyati-jamiyatimizdagi tinchlik, millatlararo do’stlik va hamjihatlikning barqarorligidir. 2004 yil 6 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasidagi Rus madaniyat markazining 10 yilligiga bog’ishlangan tantanali yig’ilish qatnashchilariga yo’llagan tabrigi matbuotda elon qilingandi.144

2004 yilda nafaqat Rossiya, balki butun dunyoda yetakchi mavqyega ega bo’lgan bilim dargohlardan biri-M.B.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti o’zining 250 yillik yubeleyini Rossiya Prezidenti farmoni hamda YuUNESKO qarori bilan keng miqyosda nishonlandi. Yubeley bahonasida universitetni turli davrlarda bitirib, hozir butun dunyoda mashhur insonlarga aylangan sobiq bitiruvchilar bir joyga to’plandilar, O’zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etdi.

Delegasiya tarkibida MDUda Oliy talim iqtisodiyoti, investisiya va marketing sohasida doktotlik dessertasiyasini himoya qilgan iqtisodiyotfanlar doktori Muhammad Ali Saidovning bergan malumoticha: delegasiya o’n nafar olimdan tashkil etilgan bo’lib, ular orasida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti rektori, professor R.Ashurov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, akademik S.G’ulomovqaraqalpog’iston davlat universiteti rektori K.Utiniyazov, qarshi davlat universiteti rektori G.Xudoyberganov, akademik O.Salimov, professor Sh.Alimovlar bor edi. 145

2004 yil iyunda ikki mamlakat o’rtasida Strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolangan edi.

Mazkur bitimning 12 moddasida “Tomonlar ilmiy, madaniy, ijodiy, jamoat tashkilotlari va uyushmalari o’rtasida aloqa va almashuvlarni o’rnatish hamda qo’llab-quvvatlash, ko’rsatib o’tilgan yo’nalishlarda qo’shma dastur va tadbirlarni amalga oshirish orqali gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantiradilar. Tomonlar milliy ta’lim va fan tizimlarining yaqinlashuvini har tomonlama rag’batlantiradilar. Ular o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va loyiha konsruktorlik muassasalari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatishga, ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda akademik hamda amaliy xarakterga ega bo’lgan qo’shma tadqiqotlarni amalga oshirishga ko’maklashadilar.

Tomonlar professional kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik uchun qulay sharoyitlar yaratadilar. Ular olim va mutaxassislar, oliy va o’rta maxsus o’quv muassasalarining professor-o’qituvchi tarkibi vakillari aspirantlar, stajyor va talabalarning muntazam almashinuvini amalga oshiradilar”146-deb belgilangan edi.

2006 yil aprel oyida Toshkentdagi "O’zekspomarkazi" ning markaziy pavilyonida “Rossiyaning zamonaviy ta’limi" ko’rgazmasining taqdimoti tashkil etildi.147 Ko’rgazmaning ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri R.Qosimov ishtirok etdi. Ko’rgazmada Rossiyaning 15 ta yetakchi oliy o’quv yurtlari xususan ko’rgazmaga Rossiya Davlat boshqaruv universiteti, Volgograd davlat qishloq xo’jaligi akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat politexnika universiteti, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi kabi oliy o’quv yurtlarning faoliyatiga bag’ishlangan bo’limlardan tashkil etildi. 2005-2006 o’quv yilida hamyurtlarimizning Rossiya Oliy o’quv yurtlarida magistratura, aspirantura va boshqa talim muassasalarda tahsil olishlari uchun davlat liniyalari bo’yicha 140 ta stipendiya ajratilgan. 2006 yil sentabr oyidan boshlab yurtimizdagi oliy o’quv yurtlar yana birtaga ko’paydi. Mamlakatimizga Rossiya Federasiyasining Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali faoliyatining boshlanishi ittifoqchilik munosabatlarining amaldagi yana bir yorqin ifodasi bo’lgandi.

2006 yil dekabrda esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Toshkent shaxrida “ I.N.Gubkin ” nomidagi Rossiya Davlat Neft va Gaz universiteti filiali faoliyatini tishkil etish to’g’risida qaror qabul qildi.

Mamlakatimizda bunday oliy o’quv yurtlarining filiallarining ochilishida ko’plab mas’ul shaxslar ham jonbozlik ko’rsatayotganligini takidlash joyiz. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov 2006 yil 12 dekabr kuni Oqsaroyda Rossiya Federasiyasining Prezidentining yordamchisi Jaxon Polliyeva raxbarligidagi delegasiya a’zolarini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda Prezidentimiz O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishiga qo’shgan xissasi uchun Jaxon Polliyevaga “Do’stlik” ordeni, Moskva Davlat Universiteti rektori Viktor Savdovnichiyga “Fidokorona xizmati uchun” ordeni topshirdi J.Poliyeva va S.Sadovich yuksak e’tibor va samimiy qabul uchun davlatimiz raxbariga minnadorchilik bildirdi.148

Toshkentda 2006 yil dekabr oyida "Fotosuratlar uyi"da O’zbekiston Badiiy akademiyasi va Rossiya Federasiyasining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan "Strategik hamkorlik harakati" ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.149 Bu ko’rgazmada ikki mamalakat o’rtasidagi hamkorlikda erishilgan loyihalarning amaliy natijalarning aks etganligi bilan arjalib turgandi. 2007 yil 12 yanvarda Toshkent shahrida I.M.Gupkina nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali faoliyatini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi.150 Bu mamalakatimizda neft-gaz sohasida kadrlarni yetishtirib berishni ta’minladi. Bu sohadagi ikki mamlakat hamkorligining yanada rivojlanishidan dalolat beradi.

2007 yil 29 yanvar kuni esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federasiyasining mamlakatimizdagi Favqulotda va muxtor elchisi Farit Muxametshinni qabul qildi.

Prezident Islom Karimov O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida munosabatlarni mustahkamlash, xalqlarimiz o’rtasidagi ilmiy, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish yo’lida xizmatlari uchun Rossiya Federasiyasining mamlakatimizdagi Favqulotda va muxtor elchisi Farit Muhameshinga Vatanimizning "Do’stlik" ordenini topshirdi.151

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2007 yil 2 noyabr kuni Rossiya Federasiyasi hukumat raisi Viktor Zubkovni qabul qildi.152 Tashrif davomida Rossiya Federasiyasi hukumat raisi Viktor Zubkov O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, oliy va o’rta maxsus talim vaziri Rustam Qosimov hamrohligida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida bo’ldilar.

Bu kabi tashriflar ikki tomonlama ma’daniy, ilmiy aloqalarning izchil sur’atda rivojlanayotganligini ko’rsatadi.

O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov 2008 yil 22 fevral Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining Moskva shahrida o’tgan norasmiy sammitida ishtirok etdi.153 Tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, xalqlarimizning do’stligini mustahkamlashga qo’shgan hissasi uchun Vatanimizning yuksak mukofoti "Buyuk xizmatlari uchun" ordenini topshirdi.

Mamlakatimizda 2009 yilgi malumotlariga ko’ra:785 ta rus tilida talim beruvchi maktab faoliyat olib borgan bo’lsa, shundan 128 tasida to’liq ushbu tilda o’qitish ixtisoslashgan. Yurtimizning barcha oliy o’quv yurtlarda rus guruhlari mavjud.O’zbekistonda har yili bu tilda 1, 4 million nusxada 50 turdagi o’quv qo’llanmalar va adabiyotlari, 82 ta gazeta va 20 ta jurnal chop etiladi.154

Bularning barchasi davlatlarimiz o’rtasidagi keng qamrovli shartnomaviy-huquqiy asosga ega ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanayotganligidan dalolatdir.

O’zbek xalqining rus xalqi bilan madaniy-ma’rifiy hamkorligi uzoq tarixiy ildizlarga ega. O'rta Osiyoni Rossiya samoderjoviyasi tomonidan bosib olinishi, tarixchi, siyosatchi, davlat arboblari (N.A.Muhitddinov, Sh.R.Rashidov, A.Karimov) ning ochiq va haqiqiy ravishda qayd etganlaridek, o'z oqibatlariga ko'ra progressiv ahamiyatga ega bo'lgan, o'z davriga nisbatan qoloq feodal zulm ostida ezilgan o'zbek xalqi ilg'or rus madaniyati, ilm-fani bilan bog'landi. O’zbek xalqi Pushkin, Gersan, Ogaryev, Turgenev, Dobrolyubov, Cherpishevskiy kabi ma’rifatparvar mutafakkirlarning chor Rossiyasi hukumronligiga qarshi kurash, ma’naviy-madaniy tubanlikka nisbatan nafrat ruhini singdirish kabi insonparvarlik g'oyalarini o'zlashtirdi.

Mazkur magistrlik dissertatsiyasining ushbu bobida chuqur ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy ildizlarga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi mustaqillik yillaridagi madaniy-ma’rifiy hamkorlik jarayoni yoritiladi va ilmiy tahlil etiladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni yurtimizning yetakchi olim va fan nomoyondalari bilan bo'lgan uchrashuv chog'ida madaniy-ma’rifiy, ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohasidagi ustuvor vazifalarni atroflicha tahlil qilib ko'rsatib berdi155.

Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o'zining qator asarlarida o'zbek milliy madaniyati va ma’rifatining tarixiy ildizlari va istiqboli to'g'risida yozganda, bu jarayonning tarixiyligi, merosiyligi va sharq-g'arb falsafiy tafakkuri bilan uzviy bog'liqligini ta’kidlab o'tadi: “Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, mehnatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg'un holda shakllanishi lozim156, - deb yozgan edi Islom Karimov. O'ylaymanki, biz barpo etayotgan jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini belgilashda mana shu g'oyalarga suyansak xato qilmagan bo'lamiz. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrab- avaylash, avloddan-avlodga yetkazishda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to'plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o'tgan. Insonlarga og'ir damlarda madad bo'lgan. Bizning vazifamiz shu xazinani ko'zqorachig'imizdek asrash va yanada boyitishdir. Yuqoridagi fikrlarda xalqimizning bitmas-tuganmas xazinasi, milliy, madaniy-ma’rifiy boyligi to'g'risida boradi, shu bilan birga boshqa xalqlar, elat va millatlarning ma’naviy - falsafiy tarixi va merosiga chuqur hurmat bilan munosabatda bo'lish zarur ekanligi ta’kidlanadi. Shu munosabat bilan fikr yuritganda, bugun o'zbek xalqini Rossiya bilan birinchi navbatda rus madaniyatining ulkan yutuqlariga o'z milliy madaniyatiga nisbatan bo'lganidek munosabatda bo'lish zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Ma’naviyat, aql-zakovat, ilm- fanning qudratiga tayanish uzoq o'tmishimiz, kechagi kunimiz jahon, g'arb va sharq mamlakatlari tajribasi natijalarini tahlil etgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov barcha oliyjanob, ezgu maqsadlar, niyatlarimizga yetishishning bosh kafolati yurtimizni iqtisodiy boyligini yuksaltirishda ekanligini ta’kidlab, "Bu ezgu maqsadlarga qo'shni va qardosh mamlakatlar bilan strategik sheriklikni, iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish vositasida erishish mumkin", - deb ta’kidladi.

Bugun har tomonlama kengayib, rivojlanib borayotgan O'zbekistonning Rossiya Federatsiyasi bilan o'zaro madaniy-ma’rifiy hamkorligi yuqorida qayd etilgan tarixiy ildizlar negizida taraqqiy etib bormoqda. O'zbekiston Rossiya o'rtasida madaniyat, san’at, ta’lim, maorif, sog'liqni saqlash, turizm, ekologiya va umuman hayotning barcha sohalarida yaqin hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o'rtasidagi ilmiy, madaniy-ma’rifiy hamkorlik 1993-yil 19-martda imzolangan “Madaniyat, fan va texnika, ta’lim, sog'liqni saqlash, axborot sport va turizm sohalaridagi hamkorlik to'g'risida” va 1995-yil 27-iyulda imzolangan “Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik to'g'risida”gi bitimlari asosida rivojlanib bormoqda157. Shuningdek, 1997-yildan boshlab, O'zbekiston Respublikasi Moskvada, rassomlar markaziy uyida har yili o'tkaziladigan ko'rgazmaning doimiy faol ishtirokchisidir158.

G.V.Plexonov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali 1995-yilda ochildi va hozirgi vaqtda muvafaqqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida madaniy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirishda 2005-yil 19-oktyabrda Toshkentda Rossiya fani va madaniyati markazining ochilishi muhim tarixiy voqea bo'ldi. O'zbekiston va Rossiyaning gumanitar sohadagi hamkorligini yanada kengaytirishga mo'ljallangan Rossiya fani va madaniyati markazining vazifasi shunga qaratilgan.

Markaz ikki mamlakat olimlari, adiblari, rassomlari, san’at ahli o'rtasidagi to'g'ridan to'g'ri aloqalarni rivojlantirish hamda birgalikda dastur va loyihalani amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan. Markazda kutubxona, kinozal, filolog- o'qituvchilar uchun o'quv-uslubiy xonalar mavjud, malakali metodist maslahatchilar xizmat ko'rsatadi.

Markazning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari S.Inomova nutq so'zlab, xususan shunday dedi: "O'zbekiston va Rossiya o'rtasida ko'p sohalarda mustahkam hamkorlik munosabatlari o'rnatilgan"159.

Ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar muntazam rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 2005-yilning oktabr oyi boshida Sankt-Peterburgda o'tgan sammit doirasidagi uchrashuv mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarga yangicha faollik baxsh etdi. Toshkentda Rossiya fani va madaniyati markazining ochilishi davlatlararo integratsiya jarayonlari kuchayishining yorqin misolidir. Markazning faoliyati mamlakatlarimiz o'rtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi deb ta’kidladi tomonlar.

Ushbu markazning ochilishida ishtirok etgan ijodkor ziyolilar, respublikada joylashgan milliy madaniyat markazlari va boshqa jamiyat tashkilotlari vakillari fan va madaniyat sohasidagi aloqalarning kengayishi xalqlarimizning yanada yaqinlashishiga yordam berishini ta’kidladilar. Bu markaz ikki mamlakat jamoatchiligini O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi fan va madaniyat sohalaridagi yutuqlari bilan kengroq tanishishga xizmat qiladigan yana bir nufuzli makonga aylandi.

Rossiya fani va madaniyati markazining ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi F.Muxametshin ishtirok etdi. Ushbu sohalardagi o'zaro munosabatlarni rejali amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi bilan Rossiya Madaniyat vazirligi o'rtasida imzolangan “Madaniyat sohasida hamkorlik to'g'risida bitim" muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

O'zbekistonda Rus madaniyati markazi 19 ta viloyat va shahar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy birlashmalarni o'z atrofida birlashtirgan. Farg'ona shahri va viloyatida tashkil topgan Rus madaniyati markazi yirik milliy madaniyat markazlaridan biri bo'lib, diniy konferensiyalar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatib kelmoqda69.

Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi madaniy-ma’rifiy hamkorlikning tizimli rivojlanishida sayyohlik sohasidagi o’zaro hamkorlik ham muhim o’ringa ega. Bu sohadagi hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish maqsadida 2009-yil oktabr oyida “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan "Rossiya hamkorlik korporatsiyasi" o’rtasida agentlik bitimi imzolangan. “O’zbekturizm” milliy sayyohlik kompaniyasi O’zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va sayyohlar oqimini oshirish bo’yicha faoliyat olib bormoqda. Shuni qayd etish lozimki, O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi barcha siyosiy, iqtisodiy hamkorlik madaniy, ma’naviy sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishni ham nazarda tutib kelgan, chunki ular iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlashga ham yo’naltirilgan.

2001-yil mart oyidan boshlab Toshkent shahrida Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazining vakolatxonasi faoliyat olib boradi.Undan bir necha yil oldin, 1994-yilda Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Rus madaniy markazi tashkil topgan edi. Markazni tuzishda Rossiya milliy diasporiga muvofiq ravishda turli millat vakillari ishtirok etdi. Rus madaniyatiga bo’lgan mehr-muhabbat, rus xalqi an’analari va urf-odatlarini o’rganishga bo’lgan ishtiyoq ilm-fan, ta’lim va san’at namoyondalarini birlashtirgan.

1999-yildan buyon rus va o’zbek xalqining sevimli shoirasi bo’lgan Anna Axmatovaning “Мангалочий дворник” muzeyi ish olib boradi. Muzey huzurida shoir va san'atkor Vladimir Visoikiy nomidagi she'riyat va musiqa klubi, “Данко” shoirlar klubi, “Радуниса” Yesenenik jamiyati, “Под кришом пегаса” adabiy uyushmasi, "В мире прекроново” kitobsevarlar kulubi, “Серебрянний век”adabiy mehmonxonasi ishlab turibdi. 2002-yil 26-noyabrda Moskva shahrida buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni, avliyolarning avliyosi (Islom Karimov so’zi) Mir Alisher Navoiy haykalining ochilish muhim tarixiy voqea bo’ldi. Shuningdek, o’sha yili Moskva va Sankt-Peterburgda “Yalla” guruhining yubiley71 konserti va “Ilhom” teatirining gastrol safarlari amalga oshirildi.

O’zaro madaniy-ma’rifiy hamkorlik oliy o’quv yurtlari, maktablar, litseylar, kasb-hunar kollejlarida keng amalga oshirilmoqda.

O’zbekistonda 807 ta rus va o’zbek tillarida ta’lim beruvchi maktablar mavjud bo’lib, ularning 100 tasida o’qitish faqat rus tilida olib boriladi. Mazkur maktablarda 355 ming nafardan ortiq o’quvchilar tahsil oladi. Shu bilan birga o’quvchilarning umumiy miqdori 57 ming nafardan ortiq bo’lgan 286 ta o’rta maxsus ta’lim muassasalari ( 76 ta akademik litsey va 210 ta kasb-hunar kolleji) faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 2 ming nafardan ziyod o’quvchilarni o’z ichiga olgan rus tilida tahsil ko’radigan guruhlar mavjud. Shunga muvofiq ravishda rus tilida nashr etilgan kitoblar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda har yili respublikamizda umumiy soni 1-1, 2 mln ga teng 40-45 turdagi o’quv darsliklari va adabiyotlar nashr etilmoqda. Hozirda rus tilida chop etilayotgan gazeta va jurnallar soni o’zbek tilida nashr etilayotganlar bilan deyarli teng72.

Sog’liqni saqlash va sport sohalaridagi o’zaro aloqalarni yo’lga qo’yish va rivojlantirishda Rossiya va O’zbekistonda vujudga kelayotgan turli xil xalqaro xayriya fondlari va uyushmalarni xizmatlari katta bo’lmoqda. Masalan, Rossiya Federatsiyasida tuzilgan eng mashhur xayriya fondlaridan biri V.Potanin tomonidan tashkil etilgan. Bu ta’lim va madaniyat sohasidagi uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan fonddir. Fondning vazifasi strategik xayr- ehsonni rivojlantirishga yordam berish va faol ijodiy professionallarni shakllanishiga ko’maklashishdir. Fond ijtimoiy muhitni shakllantirdi. Bu muhitda ijod qilish, kasbiy professionallik, ixtiyoriy faollik talab etadi.

Dunyoga mashxur hokkeychi Vladislav Gret'yak asos solgan xayr-ehson fondini fuqarolik tashabusining yuksak ko’rinishi deb atash mumkin. 1998-yil aprelda Vladislav Gret’yak notijorat xayriya fondini tashkil qildi. Vladislov Gret’yak xalqaro sport akademiyasi nafaqat Rossiya, balki xalqaro miqyosida ham etirof etildi. Fondning nufuzli vazifalaridan biri Rossiya va xalqaro hokkey musobaqalarini tashkil etish, sport faxriylarini qo’llab-quvvatlash, ayniqsa joylardagi iqtidorli sportchilarni o’sishiga yordam ko’rsatish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Vladislav Gret’yak kubogi uchun turnirlar Rossiyadagina emas, xorijiy mamlakatlarda, jumladan MDH mamlakatlarida ham o’tkaziladi.

Vladislav Gret’yak xayriya fondi nafaqat MDH davlatlarining sport sohasidagi o'zaro munosabatlarini va hamkorligini mustahkamlashga, balki xalqaro sport sohasiga chiqishi va mahoratini oshishiga ham ta’sir ko'rsatmoqda. Shuningdek, meditsina sohasidagi o'zaro yordamni tashkil etishga ham xizmat qilmoqda. Vladispov Gret’yak xayriya-ehson fondi 2008-yil 12-16-may kunlari Saratov shahriga bir guruh Kanadalik hirurglarni kelishini uyushtirdi va jarohatlangan bolalarning plastik operatsiya tajribali vrachlar tomonidan amalga oshirildi. Gret’yak fondi va Kanada Fondlarining ko'rsatayotgan yordamlari bir vaqtning o'zida ma’rifatparvarlik xarakteriga ega. Sog'liqni saqlash missiyasining umumiy nomi “Kelajakka yorug' yuz bilan” deb ataladi. Shunga o'xshash fondlarning faoliyati mamlakat aholisi o'rtasida fuqarolik hissini ko'tarilishiga olib keladi.

Xayriya-ehson faoliyati umumaxloqiy jarayon, unda dunyoning ko'pchilik mamlakatlari, jumladan Rossiya va O'zbekiston ham faol ishtirok etamoqda. Bu borada har ikki mamlakatda ma’lum darajada tajriba to'plangan, ayniqsa sog'liqni- saqlash, madaniy-ma’rifiy sohalarda yaxshi natijalarga erishilgan. Ushbu sohada faoliyat ko'rsatayotgan olimlar, turli xil ijtimoiy, madaniy, gumanitar-tarbiyaviy soha xodimlari chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug'orilgan xayriya-ehsonga bag'ishlangan tadbirlarni xalqaro va davlatlararo darajada tashkil etish bugungi kun uchun zarurligini ta’kidlaydilar.

Mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar matbuot, radio, televideniya, kitob va jurnallar nashr etish vositalari orqali muntazam amalga oshirib kelindi. Yurtimizda chop etilayotgan gazetalarning 90 ga yaqini va jurnallarning 60 ga yaqini rus tilida chop etiladi. ”Kamalak TV” kobel kanali orqali har bir fuqaro Rossiya televideniyasining barcha dasturlarini tomosha qilish imkoniga ega160.

O’zaro hamkorlik natijasida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radiostansiya rasadxonasi, Qashqadaryo viloyati Kitob shahri yaqinidagi dunyoga mashhur abservatoriya ishlab turibdi. O'zbekiston va Rossiya Fanlar Akademiyalari va instutlari o'rtasida ilmiy aloqalar yo'lga qo'yilgan.

Ilmiy-pedagogik malakali kadrlarni tayyorlashda o'zaro foydali va samarali hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim va jismoniy sport mashg'ulotlarini tashkil etishning dolzarb muammolariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida Rossiyaning P.F.Lesgaft nomli Sankt-Peterburg davlat jismoniy madaniyat universiteti (Sankt-Peterburg shahri), Sank- Peterburg jismoniy madaniyat universiteti (Sankt-Peterburg shahri), Moskva jismoniy madaniyat akademiyasi (Moskva shahri), Sankt-Peterburg davlat jismoniy madaniyat ilmiy-tadqiqot instituti (Sank-Peterburg shahri), Umumrossiya jismoniy madaniyat va sport ilmiy-tadqiqot instituti (Moskva shahri ), Sibir davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti (Omsk shahri) bo'limlari va ilmiy- tadqiqot institutlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan161.

Bularning barchasi davlatlarimiz o’rtasidagi keng qamrovli shartnomaviy- huquqiy asosga ega ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanayotganligidan dalolatdir.




Download 0,58 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki davlat o’rtasidagi ilm-fan va madaniy aloqalar

Download 0,58 Mb.