“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

167 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
O‘tkazilgan tajriba va sinovlar shuni ko‘rsatdiki, aksariyat o‘quvchilar “+” va “-” ishoralari 
qanday belgilanganligi, ko‘p holda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarni aralashtirib yuborishlari, 
ularni sxematik belgilashi sabablarini, qarshiliklar va ular haqidagi bilimlarni to‘la bilmaslik kabi 
hollar uchraydiki, natijada bu “bilmasliklar” turmushda ham bir qator noqulayliklar va boshqa 
salbiy holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun maktabda tok qonunlari 
mavzusini o‘qitishda oldin ishoralar haqidagi quyidagi tarixiy ma’lumotlarni berish tavsiya etiladi.
Elektrning kashf qilinishi insoniyat hayotida katta o‘zgarishlarni bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 
Elektr va magnit to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar Fales Maleskiy va boshqa antik davr 
mutafakkirlari tomonidan keltirilgan. Ular matoga ishqalangan qaxraboning yengil buyumlarni, 
zarrachalarni tortishini yaxshi bilishgan va taxlil qilishgan. Faqatgina 1750 yilga kelib amaliy 
ishlar boshlangan. Bendjamin Franklin chaqmoq qaytargichni ixtiro qildi. Keyinchalik chaqmoq 
qaytargichni I.Vinkler, P.Divish, M.Lomonosov, G.Rixmanlar ham qurishgan. Bendjamin 
Franklin elektrning sodda nazariyasini yaratgan. Birinchi bo‘lib musbat va manfiy zaryad 
tushunchalarini kiritgan. Ularni (+), (-) ishoralari bilan belgilashni taklif etgan. Keyinroq uning 
o‘zi elektr zaryadining saqlanish qonunini ochgan. [2].
O‘zgaruvchan tokning keng qo‘llanilishining sababi uning oddiy yo‘l bilan deyarli isrofsiz 
transformatsiyalash mumkinligidir, ya’ni turli kuchlanishli - uzoq masofaga elektr energiyani 
uzatish uchun yuksak kuchlanishli va iste’molchi uchun past kuchlanishli – elektr toki olish 
mumkinligidir. Kattaligi va yo‘nalishi jihatidan o‘zgaradigan tok o‘zgaruvchan tok deyiladi. 
Kattaligi va yo‘nalishi jihatidan sinusoidal qonunga mos ravishda davriy o‘zgaradigan tok 
sinusoidal o‘zgaruvchan tok deyiladi. 
Sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgaruvchi funksiyaning amplitudasi, davri, chastotasi va fazasi 
mazkur funksiyani xarakterlovchi kattaliklar hisoblanadi. 
Sinusoidal o‘zgaruvchan funksiyaning amplituda qiymati deb, uning musbat va manfiy 
yarim davrlarda erishgan eng katta qiymatlariga aytiladi. 1-rasmda tok kuchi (Im) ning amplituda 
va oniy qiymatlari tegishlicha belgilangan. 
O‘zgaruvchan tok kuchining bir marta to‘la tebranishi uchun ketgan vaqt oralig‘i 
o‘zgaruvchan tokning davri (T) deyiladi.
Davrga teskari bo‘lgan kattalik tokning chastotasi deyiladi: Chastota gersda o‘lchanadi 
(Gs=1/c). 
O‘zgaruvchan tokning standart chastotasi sifatida Hamdo‘stlik va Yevropa mamlakatlarida 
50Gs, AQShda hamda Osiyo va Afrikadagi 
ayrim mamlakatlarda 60Gs qabul qilingan. 
Elektrotexnik qurilmalar uchun asosiy chastota 
sifatida 50÷60 Gs ishlatilishi quyidagilarga 
bog‘liq. Chastota 50÷60 Gs dan kichik 
qiymatlarida 
elektr 
mashinalar 
va 
transformatorlarning 
tannarxi 
ortadi. 
Shuningdek, elektr lampochkalar yorug‘ligining 
lippillashi ko‘zga sezilarli bo‘lib qoladi. 
Chastotani 50 Gs dan birmuncha orttirish elektr 
mashinalarda energiyaning isrofini ortishiga 
sabab bo‘lib, hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYuK va elektr sig‘imi hodisalari o‘zgaruvchan tok 
qurilmalarining ishiga salbiy ta’sir qiladi.
Faza-biror t vaqtda stator chulg‘amlari o‘ramlarining rotorning magnit kuch chig‘iqlariga 
nisbatan holatidir. Shuning uchun ana shu 
0

t
paytda chulg‘amlarda induksiyalangan EYuK ning 
qiymatini bilish ahamiyatga ega. 
1-rasm.



Download 7 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish