|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 164
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
madaniyatining muhim qismi bo‘lib, u tadbir va intizomda, hayot normalarini bajarishda,
jamiyatga, mehnatga, odamlarga nisbatan bildiriladigan axloqiy munosaatda namoyon bo‘ladi.
O‘quvchining xulq-atvori madaniyatini shakllantirish o‘qituvchidan axloqiy tarbiya ishlarini olib
borishni talab qiladi. Albatta bunda o‘qituvchi xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashda uning
axloqiy ongiga, sinf jamoasiga asoslanishi kerak. Shu bilan birga o‘quvchi faoliyatini to‘g‘rni
tashkil eta bilish ham xulq – atvor madaniyatini tarbiyalashda samarali natijalar beradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘quvchilarning xulq-atvori axloqiy tushunchalarni bilish
bilan belgilanmaydi. O‘quvchining axloqiy madaniyatini shakllantirish, uning xulqini tarbiyalash
va xulqidagi salbiy tomonlarni bartaraf etish haqida A.Avloniyning “Turkiy Guliston yohud
axloq” asarida atroflicha yoritilgan. Avloniyning fikricha, boladagi ezgu va olijanob yoki razil
badbin xulq o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum sharoit va tarbiya
kerak. Bola tarbiyasida A.Avloniy to‘xtalib: “Agar yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan
saqlanib, go‘zal xulqlarga otlanib katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo‘lub
chiqar. Agar tarbiyasiz axloqi buzulub o‘ssa, Alloxdan qo‘rqmaydurgani, nasixatni qulog‘iga
olmaydurgan, har xil buzuq ishlarni qiladurgan, nodon, johil bir rasvoyi olam bo‘lub qolur”, - deb
yozadi. A.Avloniy bolani madaniyatini shakllantirishdagi matonat, diynat, nazorat, sa’y va g‘ayrat
kabi o‘ttizdan ortiq xulq sifatlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.22 O‘quvchi faoliyatini madaniy
manbai hisoblangan xulq – atvori madaniyati shakllantirishni eng yuqori bosqichi hisoblanadi.
Chunki axloqiy bilim, his-tuyg‘ular, xulq-atvor o‘quvchi xulqida namoyon bo‘ladi. Dono
xalqimizning “xulq” aqlli kishi uchun ulug‘lik va fazilatdir, “Xulqi yo‘q” naqllari bejiz
aytilmagan. Demak, o‘z xulqini odob bilan qurollantirilgan, qo‘lini esa to‘g‘rilikka odatlashtirgan
kishigina kamolotga erishishi mumkin. Kamolotga erishgan inson yaxshilik bilan yomonlikni
farqini biladi, foyda bilan zarar o‘rtasidagi tafovutni, chiroyli fazilatlarini anglaydi, o‘z faoliyatida
yomon hislatlardan holi bo‘ladi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabatlar jarayonida zarur
bo‘lgan umumiy axloqiy qoidalar majmuasi, pedagogning meyoriy-ma’naviy qarashlarga
asoslangan odobidir. Ma’lumki, o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy, xususan, pedagogik qiyofasini
shakllantirish bo‘yicha o‘qituvchi - tarbiyachining olib boradigan ishlari murakkab va ko‘p
qirralidir. Pedagogik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali
ko‘p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o‘zini anglashni,
o‘zini takomillashtirishni ta’minlaydi. Pedagogik madaniyat muammolari bo‘yicha
F.N.Gonobolin, N.V.Ko‘zmin, A.I.Sherbakov, A.A.Slastenin va boshqalar tomonidan tadqiqot
ishlari olib borilgan. Bu tadqiqotlarda pedagogik faoliyatning turli xil sifatlari va ko‘rsatkichlari
o‘rganilgan va pedagogik faoliyat orqali o‘qituvchining pedagogik madaniyati darajasini, uning
mazmuni va mohiyatini anglaydilar. Pedagogik mahoratga u pedagogik mahoratlilikni kiritib, uni
pedagogik madaniyatning bir qismi deb hisoblaydi. Pedagogik madaniyatning muhim tashkil
etuvchilari sifatida V.I.Pisarenko quyidagilarni ko‘rsatadi: intelegentlilik; bilimlar doirasining
kengligi; kasbi bo‘yicha bilimlarining chuqurligi; ilmiy va ijtimoiy ma’lumotlar oqimida yo‘l topa
olish mahorati; pedagogik faoliyatda bilm va mahoratlardan foydalana bilishi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quv – tarbiya jarayonida o‘tkaziladigan tarbiyaviy
tadbirlar o‘quvchilarni o‘qish davrida mehnatga muhabbat, mehnat ahillariga hurmat, kasbga
bo‘lgan hurmat, ishlab moslashishni, kasb – etikasi, jamoatchilik, mehnatsevarlik, Vatanga
sadoqat, o‘zaro do‘stlik ruhida tarbiyalaydi.
|
| |