|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 172
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
3-SHO‘BA. OLIY TA’LIMDA ILG‘OR INNOVATSIYALARNI JORIY ETISHNING
PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
MUSTAQIL TA’LIMDA KEYS-STADI TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI
Ochilova Baxti
Falsafa fanlari doktori, professor, Jizzax DPU
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra o‘quvchi-talabaning
mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish ta’limning “o‘qituvchi-darslik-
o‘quv” tamoyilini “o‘quvchi-axborot-o‘qituvchi” tamoyili bilan o‘rin almashishini taqozo etadi.
Bu tamoyil o‘zida mustaqil ta’limni ifodalab, bir qancha ko‘nikmalarni qaror topishiga imkoniyat
yaratadi, jumladan:
-
kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini egallash;
-
elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
-
internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish va ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
-
berilgan topshiriq va vazifalarning ratsional yechimini topish;
-
ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash, himoya
qilish;
-
imkoniyatlarni rejalashtirish va optimal qaror qabul qilish.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining
“Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari” deb
nomlangan 3-bo‘limining “Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash sifatini oshirish” deb nomlangan 1-bandida “Mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish,
talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik
ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan
metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga
yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik
texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quvuslubiy materiallarni keng joriy etish” masalalarida ta’lim
oluvchilarning mustaqil ta’lim olishlari, mustaqil ishlash malakalarini uzluksiz oshirish orqali
mutaxassislarning zaruriy kompetensiyalarini, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy
tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu o‘rinda, amerikalik taniqli biznesmen Djon Grillos fikrini keltirish maqsadga muvofiq.
“O‘quvchilar u yoki bu sohada o‘zlashtirayotgan bilimlarning mustahkamlik darajasi uncha
muhim emas, chunki bu bilimlar har yili o‘zgaradi va ba’zan o‘quvchilar ularni o‘zlashtirishga
ulgurmaslaridan eskiradi. Binobarin..., axborot bilan ishlashni mustaqil o‘rganishga, turli
sohalardagi o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil takomillashtirishga, zarur holda yangi bilimlar
va kasblarni o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan yoshlar kelishi muhimroqdir”. Bu kabi xususiyatlarni
shakllanishida ta’lim texnologiyalari, jumladan, keys stadi ta’lim metodi muhim o‘rin tutadi.
Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun
foydalanish mumkin. Muammolarni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish “Keys-stadi”ga
asoslanagan mustaqil ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy
vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga
muammolarni tahlil qilish va uning yechimini yakka thartibda yoki guruhlarda yecha olish
ko‘nikmalarini egallashga ijodiy va o‘rganish qobiliyatlari mantiqiy fikrlash nutq va muhit
sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga
va o‘z-o‘zini nazorat qilishga yordam beradi.
O‘qituvchi fan mavzulari asosida ishlab chiqqan keyslar banki asosida mustaqil ta’limni
tashkil etishi yoki ta’lim oluvchi o‘zi keysni qo‘yishi mumkin. O‘qituvchi ta’lim oluvchini keysda
bayoni qilingan amaliy muammoli vaziyat bilan bilan tanishtirish jarayonida, ularni muammoni
ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradi. Bu
|
| |