|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 173
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
o‘rinda bir qancha ishlangan keyslar bilan ularni tanishtirib o‘tish maqsadga muvofiq, masalan,
quyida keltirilgan “Ma’naviy bo‘shliq” mavzusidagi keys.
Keysning dasturiy kartasi:
muammoni hal etish bo‘yicha vaziyatni tahlil
qilish;
tahminlarni shakllantirish;
muammolarni
aniqlash,
qo‘shimcha
ma’lumotni yig‘ish;
taxminlarni aniqlashtirish;
aniq qadamlarni loyihalashtirish
Keys tuzilishi:
Vaziyat;
Asosiy qism;
Muammo;
Savollari;
Ilova;
Xulosa.
Mavzu: Ma’naviy bo‘shliq.
Vaziyat: Qo‘shnimiz o‘g‘il ko‘ribdi. Anchadan beri tirnoqqa zor edi bu oila. El qatori men
ham quvondim. “Xalqiga xizmat qiladigan bo‘lsin”, dedim-da, sim qoqdim.
– Aka, umri uzun bo‘lsin! Ismini nima qo‘ydingiz?
– Messi...
– O‘zbekcha ot quriganmi?
– Ey, sen nimani tushunarding? Messini bilasanmi, o‘zi?.. Ism o‘zbekcha, tojikcha, ispancha
deb o‘tirasanmi?.. Futbolchi bo‘lsin, uka! Ko‘rasan, bizning o‘g‘il O‘zbekistonni jahon chempioni
qiladi, shunda nega Messi qo‘yganimni tushunasan.
– Rostdan Messi qo‘ydingizmi?
– Qiziqsan-ey, ha, bo‘lmasa, tuzukroq ism ayt. Futbolchi bo‘lsin! Qo‘yaman, mayli, sazang
o‘lmasin!
Bu odamga yaxshi futbolchi kerak. Buni hamma o‘ylayapti.
Asosiy qism: Eng qadimiy yozuvlar – “Tunyuquq bitiklari”, “Bilga hoqon bitiklari”,
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Saodatga eltuvchi bilim”
singari manbalarda ham shubhasiz, elning el bo‘lish g‘oyasi tajassumlangan. Bugungi kungacha
ushbu qo‘lyozmalar saqlanib kelinayotgani, asarlar qo‘lma-qo‘l o‘qilayotgani sababi xalqning
ma’naviy ehtiyoji tilga olinganidadir. Aytaylik, “Devonu lug‘otit turk” asarida mardlik,
vatanparvarlik va jasorat yuksak pardalarda tarannum etiladi:
Takra olib akkuralim,
Attin tushib yukaralim,
Arslanlayu kukaralim,
Kucha anin kavilsun.
Alisher Navoiy asarlarida nega komil inson siymosi bot-bot tilga olinadi? Komil inson orqali
jamiyatga kerakli odamni yaratish, uning timsolida xalq ichidagi yoshlarni ko‘rish, yurtiga kerakli
shaxslarni kamol toptirish umidida bo‘lgan. “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Mahbub ul-
qulub” asarlari ham aynan xalqning ma’naviy ehtiyoji mahsuli, desak xato bo‘lmaydi. Bugungi
kunda ham bu asarlar qo‘lma-qo‘l bo‘lishi sababini ham aynan unda insonlarni ezgulikka undash
masalasi turganida, deb bilamiz. Odamning aytiladigan va aytilmaydigan orzu-niyatlari bo‘ladi.
Xalqning ma’naviy ehtiyojlarini ham aytib bo‘lmaydi, faqat uni his etish mumkin.
Tasavvur qiling, inson ba’zan istamagan holda kim bilandir suhbatlashgisi keladi.
Gaplashib, ruhi ko‘tariladi, ma’naviy yuk oladi. Yoki umuman odamlar gurunglashgani
kimningdir oldiga oshiqadi, u jamiyatda ular izlayotgan obraz, deyish mumkin. O‘y-
kechinmalarida ham o‘sha insonning so‘zlari takrorlanib turaveradi. Ba’zida bir o‘qigan kitobni
bir necha marta qayta o‘qiydi. Negaki ma’naviy ehtiyojini personaj orqali qondirishga urinadi.
Nega o‘z vaqtida Otabek va Kumush ismi ko‘p qo‘yilgan? Chunki, odamlar Qodiriyning
qahramoniga o‘xshagan farzandi bo‘lishini istagan.
|
| |