|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 174
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ma’naviy ehtiyoj masalasi oldida ma’naviy ibrat degan o‘y bor. Nega Qashqadaryoda Ishani
ismi qo‘yiladi, odamlar shunday obrazga muhtoj. Shunga ularning ehtiyoji bor. Lekin bu ma’naviy
ehtiyojni ko‘rib bo‘lmaydida. Buni ijodkorlar chuqur his etishi kerak. Qachongacha birov yaratgan
qahramonlarni o‘z o‘ylarimiz bo‘yicha bejaymiz. Nega doim kitoblarga murojaat qilamiz,
bilasizmi? Zamon qanchalik taraqqiy etmasin, baribir odamlar shunga ehtiyoj sezadi. Taraqqiyotni
kitobsiz, kitobni taraqqiyotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Muammo: “NOP- World Culture Score Index” xalqaro madaniyat reyting agentligi
ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda haftasiga eng ko‘p kitob o‘qiydigan mamlakatlar ro‘yxatida
Hindiston — 10,7, Tailand — 9,4, Xitoy — 8, Filippin — 7,6, Chexiya — 7,4, Rossiya — 7,1,
Shvesiya — 6,9, Fransiya — 6,9 va Vengriya — 6,8 soat bilan yuqori o‘rinlarni egalladi23.
Afsuski bu reytingda O‘zbekiston keltirilmagan.
Aholimizning qancha qismi har kuni yoki haftasiga aqalli bir marta kitob o‘qiydi? Haftasiga
qancha soatni kitob o‘qishga sarflaymiz? Fikrimcha, umumiy aholiga nisbatan natijalarimiz
qoniqarli chiqmasa kerak… Keyingi yillarda odamlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini ko‘proq
televizor ko‘rish, kompyuter, internet ma’lumotlari, har xil ko‘ngilochar tomoshalar bilan band
qilmoqda. Bundan tashqari chekka hududlarda kitob savdosi kamligi uning o‘rniga choyxonalar
ko‘pligi, shuningdek, ularni elektron adabiyotlar bilan ta’minlash tizimida qator no‘qsonlar
borligi, kitob mahsulotlarining nisbatan qimmatligi (rivojlangan davlatlarda oylik daromad
miqdoriga nisbatan kitobga sarflanadigan mablag‘ foizi kam), har tomonlama professional
nashriyot va matbaa korxonalarining kamligi ko‘zatilmoqda.
Savollar:
O‘sib kelayotgan yosh avlod mutolaaga bo‘lgan qiziqishni qaerdan rivojlantirsin?
“Ochiq kutubxona”ni foydasi bormi?
Bizga kitoblar shahri kerakmi?
Qanday qilib O‘ziborar kutubxonalarni yo‘lga qo‘yish mumkin?
Ilova:
Statistik ma’lumot: Yaqinda Ziyouz.uz portali hozirgi yoshlar qanday kitob o‘qishayotgani
bilan qiziqdi va “Yoshlar nima o‘qiyapti?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazdi. Javoblar jamlanib,
tartiblandi, yoshlar orasida eng ko‘p o‘qilayotgan kitob va mualliflar nomi www.ziyouz.uz saytida
e’lon qilindi. Shuningdek, yoshlar qaysi tillarda, qanday mavzularni muhokama qilayotgani tahlil
etildi. Yoshlarning qanday kitoblar o‘qiyotganini o‘rganish natijasida internetning o‘zbek
segmentidagi mashhur saytlar (kun.uz, sof.uz, azon.uz, ziyouz.uz) hamda Facebook va Telegram
tarmog‘ida e’lon qilingan onlayn so‘rovnomada 500 nafardan ziyod o‘zbek kitobxon yoshlari
ishtirok etishgani, 614 nomdagi 1151 ta kitob qayd etilgani ma’lum bo‘ldi. So‘rovnomadagi
“O‘zbek yoshlari orasida eng ko‘p o‘qilayotgan kitob qaysi?”, “O‘zbek yoshlari qaysi
yo‘nalishdagi va qaysi tildagi kitoblarni o‘qiyaptilar?”, “Qaysi muallifning kitoblari eng ko‘p
o‘qilmoqda?” kabi savollar javobi o‘rganilganda, eng ko‘p o‘qilayotgan mualliflar ro‘yxatidan
birinchi o‘rinni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari egalladi. Shayx
hazratlarining 19 nomdagi kitobi 73 kitobxon tomonidan o‘qilgan. So‘rovnomada kitoblari eng
ko‘p zikr etilgan muallif ham shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdir. O‘tkir
Hoshimovning (2-o‘rin) 6 ta nomdagi asari 48 marta, Chingiz Aytmatovning (3-o‘rin) 14 ta
nomdagi asari 40 marta, Ahmad Lutfiy Qozonchining (4-o‘rin) 5 ta nomdagi kitobi 38 marta, Tohir
Malikning (5-o‘rin) 16 ta nomdagi 36 marta o‘qilgan. Shuningdek, eng ko‘p mutolaa qilinayotgan
mualliflar ro‘yxatiga yoshlar tomonidan kitoblari 3 va undan ko‘p marta o‘qilgan mualliflar nomi
kiritilgan. Shu bilan birga, yoshlar tomonidan o‘qilayotgan kitoblarning eng ko‘pi, ya’ni 78 foizi,
tabiiyki, o‘zbek tilida, 22 foizi esa xorijiy tillarda ekani aniqlandi.
Qonun xujatlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi.
23
https://examinedexistence.com/which-country-reads-the-most/
|
| |