|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 182
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
xulqiga ta’sir qilishi hamda bobosi yoki buvisi bir necha o‘n chaqirim uzoqda istiqomat qilishiga
qaramasdan, nevaralarida sabr-qanoat, ezgulikni tarbiyalashni uddalashadi.
Ikkilamchi ijtimoiylashuv agentlari bola bilan o‘zaro muloqotda rasmiy munosabatda
bo‘ladilar. Bu o‘zaro ishbilarmonlik munosabatlarini tashkil qiladi. Shunga qaramasdan, sinf
rahbari yoki sevgan fani o‘qituvchisi boshqa birlamchi ijtimoiylashuv agentlariga nisbatan bola
uchun yaqin va aziz insonga aylanishi mumkin. Ular o‘rtasida uzoq yillik samimiy va o‘zaro
hurmaga asoslangan do‘stona munosabatlar shakllanishi mumkin.
Ikkilamchi agentlar shaxs muayyan ijtimoiy tajribalarni egallagandan keyin faoliyatlarini
boshlaydilar, ularning ta’sir doirasi ham o‘ta muhim. To‘laqonli insonlarda ham tashqi omillar
ta’siriga berilish ehtimoli saqlanib qoladi, shu bois ham har qanday inson butun umri mobaynida
mutloq almashtirib bo‘lmas darajada qolib ketmaydi. Tashqi omillarning ta’siri har bir individda
o‘ziga xos tarzda kechadi. Birlamchi ijtimoiylashuv – shaxslararo munosabatlar sohasi,
ikkilamchisi esa ijtimoiy munosabatlar sohasini tashkil qiladi. Alohida olingan bir shaxsnng o‘zi
ham birlamchi, ham ikkilamchi ijtimoiylashuv agenti bo‘lishi mumkin. Shaxs ijtimoylashuvida
agentlarining roliga past nazar bilan qaramumaslk kerak.
Jamiyat murakkab organizmga o‘xshaydi, organizmda o‘z hayotini o‘tab bo‘lgan hujayralar
o‘rniga yangilari kelgani kabi jamiyatda ota-onalari va boshqa katta yoshdagilar o‘rnini yangi
avlod vakillari egallaydi. Bunga ershish uchun individ muayyan ijtimoiylashuv bosqchlarini bosib
o‘tishi talab qilinadi.
Bundan tashqari, ijtimoiylashuv birlamchi va ikkilamchi bosqichlariga ajratiladi. Birlamchi
ijtimoiylashuv bola tug‘ilgan paytidan uning voyaga yetgan davrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Ikkilamchi ijtimoiylashuv insonning asosiy ta’limdan keyingi butun umri mobaynida davom
etadi va ilgari o‘zlashtirgan me’yor va qadriyatlarning buzilishi bilan xarakterlanadi.
R.A. Mavlyanova ijtimoiylashuv bosqichlarin bu:1) dastlabki ikki yil; 2)maktabga borish;
3)o‘smirlik yoshi; 4)yoshlik kabi davrlarga ajratadi[4.152-b.]31.
Ayrim L.I. Bojovich, M.I. Lisina, D.B. Elkonin singari olimlar ijtimoiylashuvning turli
bosqichlariga e’tiborlarini qaratishadi va asosiy diqqatlarini bolalik davri bilan bog‘lashadi. A.V.
Mudrik, I.S. Kon, N.M. Egamberdieva va boshqalar esa o‘smirlik va o‘spirinlik davrini alohida
ajratib ko‘rsatishadi.
Ba’zi olimlar birlamchi ijtimoiylashuv (bolalik davri) va ikkilamchi ijtimoiylashuv (yetuklik
va o‘rta yosh)ni ajratib ko‘rsatishadi.
Biz A.V. Mudrikning ijtimoiylashuv jarayonlari bosqichlariga nisbatan ifodalagan fikrlariga
qo‘shilgan holda, quyidagi ijtimoiylashuv jarayoni yosh bosqichlarini ajratib ko‘rsatamiz:
go‘daklik (tug‘ilganidan 1 yoshiga qadar), kichik bog‘cha yoshi (1-3 yosh) maktabgacha (3-6
yosh), kichik maktab yoshi (6-10 yosh), o‘smirlik (11-14 yosh), ilk yoshlik (15-17 yosh), bolalik
(18-23yosh), co‘ngra yoshlik (23-33 yosh), yetuklik (34-50 yosh), keksalik (50-65 yosh), qarilik
(65-80 yosh) yoshlar, shuningdek uzoq umr ko‘ruvchilar (80 yoshdan yuqori). Ijtimoiylashuvning
har bir bosqichida bolaga uning istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlari, ijtimoiy tajribalarni
bosqichli o‘zlashtirishi ehtimoli mavjudligidan kelib chiqib yondashiladi [6.160]32.
Shuningdek, A.V. Mudrik shaxs ijtimoiylashuvi shakllarini mehnat munosabatlari nuqtai
nazaridan quyidagi bosqichlarini ajratishni taklif qiladi:
- mehnat faoliyatiga qadar bo‘lgan ijtimoiylashuv bosqichi – bolalik, o‘smirlik;
- mehnat bosqichi – yetuklik;
- mehnatdan keyingi – keksalik33[5.171 s].
Ijtimoiylashuv bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tgani sari inson bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar kengayishi nazarda tutiladi. Mehnatgacha bo‘lgan bolalik va o‘smirlik davri passiv
31
Mavlonova R., Rahmonqulova N., Matnazarova K., Shirinov M.,Hafizov S.“ Umumiy pedagogika”
darslik. Toshkent, 2018., 152 b.
32
Фельдштейн Д.И. Социальное развитие в пространстве - времени Детства. -М.: Московский психолого-
социальный институт: Флинта, 1997. - 160 с.
33
Мудрик А.В. Ижимоий педагогикага кириш /ўқув қўлланма. Пенза, 1984. - 171 с.
|
| |