|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 183
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ijtimoiylashuv bosqichi hisoblansa, yetuklik davri mehnat bosqichida boshlang‘ich kasbiy
faoliyatni o‘zlashtirishning faol shakliga o‘tadi.
Turli xalqlar ijtimoiy amaliyoti rang-barang bo‘lsada, bu ijtimoiylashuv davri uchun barcha
tarixiy sharoitlarga xos ikki tipik jihatni sanab o‘tish mumkin.
Birinchisi – bu iqtisodiy mustaqil agent rolini o‘zlashtirish. Ikkinchisi – o‘z oilasini qurish.
Bu insonning biologik turni davom ettirish jarayonidagi ishtirokini anglatadi. Jamiyatning
rivojlanganlik darajasi shaxs ijtimoiylashuvi davri davomiyligi va sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ayrim jamiyatlarda ta’lim olishning yopiqligi aksariyat insonlarning ikkilamchi ijtimoiylashuvdan
“sakrab” yetuklik davri ijtimoiylashuviga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Iqtisodi rivojlangan
jamiyatlarda texnologiyalarning takomillashuvi, ishlab chiqarish jarayonlariga ilm-fan
yutuqlarining tobora faol tatbiq qilinish jarayonlarining jadallashuvi ommaviy savodxonlik
zaruratini keltirib chiqardi. Bu esa ikkilamchi ijtimoiylashuv davrining majburiyligini shart qilib
qo‘ydi[2. 266]34.
Demak, pedagog, tarbiyachi va ota-onalarning ijtimoiylashuv jarayoni bosqichlarining
o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi hamda uni ongli va to‘g‘ri yo‘naltira olishi alohida ijtimoiy-
pedagogik ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalar ijtimoiylashuviga
bo‘lgan e’tibor yoki e’tiborsizlik uning butun hayot yo‘lini belgilashini unutmasliklari zarur.
Maqolada shaxs ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi omillar xususida ham to‘xtalishni e’tirof
etgandik. O‘zbek tilining izohli lug‘atida omil so‘zi [arabcha-sabab, ta’sirchan kuch] "ish-harakat,
voqea-hodisa, shu kabining yuzaga chiqishi, sodir bo‘lishi uchun sabab bo‘lgan narsa, sabab"
sifatida talqin qilinadi [1.332]35. Ijtimoiylashuv jarayonida individning jamiyat bilan turli
shakllardagi hamkorligi natijasida shaxsga nisbatan muayyan ta’siri jamlanmasiga ijtimoiylashuv
omillari deb yuritiladi. Irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim va tarbiya singari shaxs shakllanishi va
ijimoylashuvida har bir individ uchun noyob ahamiyat kasb etadigan qator omillar mavjud.
Bugungi kunda ijtimoiylashuvning quyidagi manbalari va omillari ajratiladi:
Oila inson hayotida eng katta iz qoldiradigan asosiy ijtimoiy institutdir. Inson o‘z oilasidan,
ota-ona va qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlardan o‘rnak oladi va uni o‘z munosabatlariga
o‘tkazadi; Ta’lim tizimi - bu inson o‘zining kelajakdagi kasbiy yo‘lini, ishining o‘ziga xos
xususiyatlarini tanlashi va u bo‘yicha bevosita bilim olishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy institutdir;
Ommaviy axborot vositalari - insonning dunyoqarashiga norasmiy darajada ta’sir qiladi.
Ko‘pgina ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydigan muayyan ijtimoiy
jarayon va hodisalarga munosabatga ta’sir qilishi mumkin;
Jamoat tashkilotlari qo‘shimcha ijtimoiy institutlar bo‘lib, ular inson o‘z vakolatlarini
kengaytirish yoki bir sohaga chuqur kirib borish va uni rivojlantirish g‘oyalarini taklif qilishga
xizmat qiladi.
Shaxs ijtimoiylashuvida uni mutolaaga o‘rgatish o‘ta muhim. Bunda ota-ona va
boshlang‘ich sinf o‘quvchisining rolini alohida e’tirof etish kerak. Bola ijtimoiylashuvi va o‘zligini
ifoda etishida shaxsiy kenglik muhiti bolaning o‘z alohida xonasi, krovati, shaxsiy buyumlari,
o‘quv qurollari va ish stolining bo‘lishi bolalarning ba’zida yolg‘iz qolishlari, o‘ylashlari, xatti-
harakatlarini rejalashtirib olishlarida yordam beradi.
Bola ijtimoiylashuvining eng asosiy sharti – bu ta’lim. Ta’lim vositasida bola atrofdagi olam,
tabiat va jamiyat qonuniyatlari, ajdodlar o‘gitini o‘zlashtiradi, ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi.
Jarayonni to‘g‘ri tashkil qilishda oila va maktab hamkorligi, fikrlari, tasavvurlarini to‘g‘ri
yo‘naltirish, o‘zi yecha olmagan maishiy muammolarida yordam berish uning muvaffaqiyatli
ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda oila va ta’lim va boshqa sanab o‘tilgan omillar o‘z o‘rinlarini ta’sir doirasi
tobora oshib borayotgan OAV hamda Internet kabi ijtimoiylashtirish agentlariga bo‘shatib
bermoqda. Internet orqali yoshlar tushib qolayotgan virtual olam oilada, tengdoshlari davrasida
real hayotda duch keladigan ichki va tashqi ziddiyatlarni yengib o‘tish, kayfiyati, qarashlari,
34
Зуннунов А. Педагогика тарихи дарслик.Шарқ .Т.2004 266-бет.
35
Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат нашриёти.Т:332-бет
|
| |