|
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR ILMIY-TADQIQOT ISHLARINIBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI
TASHKIL ETISHNING SHART-SHAROITLARI
Usmonov Abdulla Abdumannopovich
Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 sentabrda
“Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan
shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-6309-
son Farmoni[1]ning qabul qilinishi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning tadqiqotchilik
faoliyatini tashkil etishga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish lozimligini bildiradi.
Talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy-iqtisodiy sohada oliy kasbiy ma’lumotga ega
bo‘lgan, fan-texnika va madaniyat taraqqiyoti yutuqlarini amaliy faoliyatda ijodiy qo‘llay oladigan
mutaxassislarni tayyorlash va tarbiyalash sifatini oshirishning muhim vositalaridan biridir.
Oliy ta’lim muassasasalari talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb etish hamda ularning
ijodiy salohiyatidan foydalanish mamlakatimizdagi dolzarb ilmiy muammolarni hal qilish
imkonini beradi.
“Oliy ta’lim muassasasida talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari o‘z navbatida ulardan chuqur,
mustahkam bilim egallashni talab qiladi. Mustaqil, puxta bilimlarsiz amaliy ishlarga ijodiy
yondoshish, o‘quv tadqiqot, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish mumkin emas.”, - deydi pedagog olim
M.Ochilov.[2]
Oliy ta’lim muassasasi talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy vazifalari sifatida
quyidagilarni belgilab berish mumkin:
talabalar tomonidan bilishning ilmiy yo‘llarini egallash hamda o‘quv materialini chuqur va
ijodiy o‘zlashtirish;
ta’lim metodologiyasi va ilmiy muammolarni mustaqil hal etish;
185
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
|
| |