|
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
talabalarda ilmiy jamoada ishlash ko‘nikmalarini tarkib toptirish, tadqiqotni tashkil etish
uslublari va usullari bilan tanishtirish.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari o‘quv jarayonning davomi va fanni chuqur
o‘zlashtirilishi bo‘lib, bevosita kafedralarda tashkil etiladi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish oliy ta’lim muassasasi professor-
o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari o‘quv jarayonida hamda auditoriyadan tashqari vaqtda
tashkil etilib, bunda:
- talabalarning o‘quv jarayonidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga: mustaqil ta’limni bajarishi, kurs
ishi hamda bitiruv malakaviy ishini yozishi, ilmiy tadqiqot ish mazmuni elementlarini o‘z ichiga
oladi;
- auditoriyadan tashqari vaqtda ilmiy-tadqiqot ishlariga: metodologiyaning nazariy
asoslarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish, tashkil etish va amalga oshirish, ilmiy
tajribani rejalashtirish, ilmiy ma’lumotlarni umumlashtirish, qayta ishlash, xulosalar va amaliy
takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Fanlar bo‘yicha mustaqil ilmiy ish elementlarini bajaruvchi talabalar ilmiy tadqiqot ishlarida
qatnashuvchi hisoblanadi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari kafedraning ilmiy seminar
yig‘ilishida yoki ilmiy konferensiyalarda muhim hisobot shaklida taqdim etilishi lozim.[3]
Talabalar tomonidan auditoriyadan tashqari vaqtda muvaffaqiyatli bajariladigan va o‘quv
reja talablariga muvofiq olib boriladigan ilmiy-tadqiqot va ijodiy-ijroiy ishlar tegishli kurs ishlari
sifatida qayd etilishi mumkin.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati kasbiy, ilmiy va texnik muammolarni mustaqil hal
qila oladigan malakali mutaxassisni tayyorlashdan iborat. Ilmiy-tadqiqot faoliyat bo‘lajak
mutaxassislarning oliy ta’lim muassasasida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ijodiy hayotga
tadbiq etishga tayyorligini shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, talabalarda ilmiy tadqiqot
metodikasini puxta egallashga, tadqiqot tajribasini orttirishga yordam beradi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan asosiy maqsad oliy
kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarning ilmiy tayyorgarligi darajasini oshirish hamda
kelgusida oliy ta’lim muassasasiga ilmiy yetuk pedagog kadrlarni yetishtirish uchun oldindan
iqtidorli yoshlarni aniqlashdan iborat.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
ilmiy faoliyat olib borishga moyil bo‘lgan eng iqtidorli talabalarni aniqlash;
mahalliy va xorijiy tajriba hamda ilmiy-uslubiy ishlanmalar natijalarga asosan yoshlarning
ilmiy ijodiyotining turli shakllarini rivojlantirish va amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish; talaba shaxsini har tomonlama rivojlantirishga ko‘maklashish, mustaqil ishlash va ijodiy
muhitda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqot metodikasini o‘zlashtirish;
fan va texnikaning turli sohalarida ustuvor yo‘nalishlarda amaliy, fundamental, izlanishli,
uslubiy va pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borishda talabalarning ishtirokini ta’minlash;
fanning turli sohalaridagi ilmiy-amaliy muammolarni hal etishga qaratilgan o‘qituvchilar va
talabalarning ilmiy va amaliy salohiyatini integratsiyalash, “Ustoz-shogird” an’anasini tizimli
yo‘lga qo‘yish;
oliy ta’lim muassasasi negizida yosh tadqiqotchilar uchun turli darajadagi tadbirlarni
o‘tkazish.
Talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish – bu o‘quv jarayonini davom ettirish va
chuqurlashtirish bo‘lib, bevosita kafedralarda, to‘garaklarda hamda muammoli-izlanishli va
tadqiqot guruhlarida tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy tadqiqot
faoliyatini tashkil etishda katta o‘qituvchilar hamda yetakchi ilmiy va pedagogik xodimlar
rahbarlik qilishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishning turli shakllari
mavjud bo‘lib, bular:
|
| |