|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 188
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Biz yuqoridagilar orqali mehnat resurslari tarkibi bilan tanishib oldik. Mehant resurslarini
mehnatga layoqatli aholi va shu bilan birgan ishlayotgan yoshlar va mehnat jarayonida
qatnashayotgan pensiya yoshidagi odamlar tashkil eitadi.
Bu jarayonda yana ikkita tushuncha kelib chiqadi. Aholining iqtisodiy faol qismi - bu mehnat
resurslarining ishlayotgan, ishlamayotgan, ishlashni xohlaydigan, ish bilan band bo‘lgan va ish
bilan band bo‘lmagan, ish izlayotgan qisimini tashkil etadi[6: 59]. Aholining iqtisodiy nofaol qismi
esa, ishga joylashishga muhtoj bo‘lmagan aholi qismi, o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida
taxsil olayotgan talabalar, ishlashni xohlamaydigan mehnat yoshidagi aholi tashkil etadi.
Mamlakatimizda bugungi kunda aholi bandligini ta’minlashga alohida etibor bilan
qaralmoqda. Ayniqsa mamalakat yoshlarini ish bilan ta’minlashga Muxtaram Prezidentimiz
Shavkat Miromonovich Mirziyoev alohida etibor bilan qaramoqdalar. Bundan asosiy maqsad
Respublikamizda milliy ishlab chiqarish jarayonini yuksaltirish, aholi jon bashiga to‘g‘ri
keladigan yalpi milliy mahsulot hajmini oshirishdan iborat.
Ishsizlik muammosi, aholini ish bilan band qilish masalasi bugunning dolzarb maslalaridan
bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bu masalaga alohida e’tibo
berilmoqda. 2021 yil 20 apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va
bandiligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmoni[1: 82], 3 fevral 2021
yildagi PF-6155-sonli “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash yili”da amalaga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi
farmonlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi[2: 25].
Bu farmonlarda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘lla-quvvatlash va aholi
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish ko‘zda tutilgan.
Shular hisobidan xalqimizning farvonligini oshirish va kundalik hayotidagi masalalarin hal etish,
shuningdek 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasini Prezidentining 2020 yil
29 dekabrdagi Oliy majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga
oshirilishini ta’minlash shular jumlasidandir.
Yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularning o‘zlariga ma’qul bo‘lgan kasb-
hunardarni egallashlari uchun joylarda monomarkazlar tashkil etilgan. Monomarkazlarda yoshlar
kasb-hunarga o‘qitilmoqda, tadbirkorlikka yo‘nalish va tavsiyalar berilmoqda, marakazlarda
o‘qigan va malakasini oshirgan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar berilmoqda. Bu ishlarga
harajatlar davlat tomonidan qoplab berilmoqda.
Davlat tomonidan yuqoridagi amalga oshirilayotgan ishlar inson kapitali uchun investitsiya
kiritishning yaqqol misolidir. Mazkur ishlar tizimili ravishda davom ettirilmoqda.
Respublikamizda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan yoshlarni ishga yo‘naltirishning
mukammal tizimi ishlab chiqilgan.
Shu joyda ozroq monomarkazlar mavzusidan chetlashib “Inson kapitali” tushunchasiga
qarab o‘tish maqsadga muvofiq deb topdik. Bugungi kunda eng dolzarb maslalardan bo‘lib
qolayotgan inson kapitalini rivojlantirish masalasi haqida.
Tarixga bir nazar solaylik; Sohibqiron - Amir Temur “Inson kapitali” (Human Capital)
g‘oyasining asoschisi!
“Temur tuzuklari”da - “Azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta
tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir”, degan hulosa yozilgan. Bu hikmat Sohibqiron Amir
Temurning bundan qariyib 700 yil oldin, minglab odamlarni sinab ko‘rib, keyin aytgan dono
siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ma’naviy, pedagogik xulosasi edi. Chunki bilimi, ko‘nikmayu malakasi,
ma’naviyati past odam o‘ziga ham, xalqiga ham, vataniga ham zarar yetkazadi va aksincha.
Hozir ham bu g‘oya tirik. Xalqimizda yurgan - “U yerda falonchi bor. Xotirjam bo‘lavering”,
yoki – “Falonchimi? Bir chaqaga ham arzimaydi”. degan gaplar buning isbotidir. Demak, har bir
insonning jamiyat biladigan, baholaydigan qadr-qimmati bo‘lar ekan. Bu qadr-qimmat XX1 asrda
|
| |