|
OLIY PEDAGOGIKA TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR TARBIYAVIYBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам OLIY PEDAGOGIKA TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR TARBIYAVIY
FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA XORIJ TAJRIBASI
Sanaeva Surayyo Bobonazarovna
O‘zbekiston, Navoiy davlat pedagogika instituti, PhD
Respublikamizda oliy ta’lim tizimini isloh qilishga bo‘lgan e’tibor kundan kunga
takomillashib borayotgani hech kimga sir emas albatta. Darhaqiqat, oliy pedagogika ta’lim
muassasasi talabalarini tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini zamon talablariga mos ravishda
takomillashtirish yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Alohida urg‘u berib
o‘tish joizki, zamonaviy pedagog kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar,
nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va
targ‘ibotchisi ekanligini chuqur his etishi lozim. Buning uchun oliy ta’lim muassasalari kreativ
tafakkurga va zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lishi bilan bir qatorda metodik jihatdan
qurollangan kompetentli mutaxassis kadrlarni tarbiyalashga jiddiy e’tibor qaratishi lozim.
Tarbiya faol jarayon bo‘lish bilan birga, u juda murakkab va yaxlit hodisadir. Oliy
pedagogika ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya jarayoni yoshlarga axloqqa doir bilimlar berish,
talabalarga o‘qituvchi odobining tushuncha va qoidalarini o‘rgatish, pedagogik axloqiy e’tiqod,
axloqiy hislar, ehtiyoj va o‘qituvchiga xos axloqiy fazilatlarni shakllantirish, xulq - odobga
o‘rgatish kabilarni o‘z ichiga oladi. Oliy pedagogika ta’lim muassasalarida beriladigan axloqiy
tarbiya yoshlarni ma’naviy jihatdan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.[2]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-
son qaroriga asosan ishlab chiqilgan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”da oliy ta’lim
tizimi o‘quv dasturlari, ma’naviy-ma’rifiy rejalari asosida talabalarning yoshiga mos tayanch
ma’naviy-axloqiy fazilatlar - Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet,
|
| |