|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 196
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
mehr-oqibatlilik,
mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash,
mehnatsevarlik rivojlantirilishi belgilangan.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida
tarbiyalashda inobatga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bular:
ijtimoiy-gumanitar fanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali yoshlarda ma’naviy tarbiya
indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va
malakalarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirish va ularni amaliyotda qo‘llay olish imkonini
beruvchi amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar bilan boyitish;
yoshlarda zamonaviy bilimlarni egallash, media madaniyatni rivojlantirish, ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishni
rag‘batlantirish;
kasbiy-ma’naviy ko‘nikmalarni mustahkamlash, o‘zini-o‘zi tarbiyalashga o‘rgatish;
faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish;
ilmiy, ma’naviy-axloqiy, siyosiy dunyoqarash va sog‘lom diniy e’tiqodni shakllantirish;
baxtli oilaviy hayot, farzand tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish;
kelajakka ishonch va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik tuyg‘usini
kuchaytirish kabilardir.[1]
Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarida barkamol shaxsga xos fazilatlar, ayniqsa,
professional axloq, kasb odobiga oid sifatlar jadal shakllanadi. Talabalik davrida yoshlarning turli
xil axloqiy, estetik, ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqishlari, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarga
tanqidiy munosabati kuchayadi, yoshlarning fikri, qarashlari adolatli bo‘lishi ham, ba’zan yuzaki
bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun bu davrda ma’naviy-axloqiy tarbiya, mustaqillik mafkurasi,
milliy istiqlol g‘oyasini egallashning ahamiyati nihoyatda ortadi.[2]
Amerikalik pedagoglar tarbiyaviy ishlarning asosiy vazifalari qatoriga mustaqil bilim olish
ko‘nikmalarini va ularning integral diagnostikasini ham qo‘shishadi. Shakllantirilgan amaliy
ishtirok ko‘nikmalari kelajakda jamiyat hayoti va siyosiy jarayonlarga samarali va mas’uliyatli
ta’sir o‘tkazish uchun talab etiladi. Shuning uchun bu ko‘nikmalar talaba shaxsi shakllanishining
dastlabki bosqichlaridanoq o‘rgatib borilishi va ta’limning barcha bosqichlarida davom etishi
lozim. AQSh o‘quv muassasalarida qabul qilingan tarbiyaviy ish shakllari suhbatdoshni diqqat
bilan eshitib, uning fikr va g‘oyalarini do‘stona va tanqidiy tinglash, nizolarni hal qilish, murosaga
kelib, o‘zaro rozilikka erishishga o‘rgatadi. Bunda tyutorlar elektron resurslardan hamda
o‘zlarining shaxsiy aloqalari orqali ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazib borishadi. Shu tariqa talaba-yoshlar
o‘z mamlakatlaridagi islohotlarda faol ishtirok etishga o‘rgatib boriladi.
AQSh ta’lim-tarbiya doktrinasida mas’uliyat, o‘z-o‘zini idora etish va har bir insonni hurmat
qilish hamma uchun majburiy hisoblanadi. Shu maqsadda talaba-yoshlarda ijtimoiy yo‘nalgan
fazilatlar – ochiqko‘ngillik, o‘zgalarga hurmat, qonunga itoat qilish, voqelikka tanqidiy baho
berish va murosalilik shakllantirib boriladi.
Avstraliya ta’lim muassasalarida to‘g‘rilik, olamda o‘z o‘rnini bilish, tadbirkorlik, tashabbus
kabi fuqarolik g‘oyalari asosida yuzaga kelgan demokratik merosga hurmat bilan bir qatorda
ijtimoiy yo‘nalgan shaxs xarakteriga xos qirralar – bag‘rikenglik, davlatning ko‘pmillatli merosini
saqlab qolishga intilish, kirishuvchanlik, xayrixohlik kabi fazilatlar tarbiyasi ustuvor sanaladi.
Buyuk Britaniya tarbiyaviy doktrinasida har bir insonda individual yo‘nalgan shaxs qirralari
bo‘lishi shart hisoblanadi. Shu sababli o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatli bo‘lish, o‘zi va
o‘zgalar istiqboli haqida qayg‘urish, o‘z xarakatlarining o‘zgalarga qanday ta’sir etishi haqida
o‘ylash, avval o‘ylab, keyin qaror qabul qilish, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish, kabi sifatlarga
alohida e’tibor qaratiladi.
Ijtimoy yo‘naltirilgan shaxsning sifatlari – jamiyat yuksalishi haqida qayg‘urish, nizolarni
bartaraf etishga intilish, umumiy manfaat uchun jamoada ishlashga tayyorlik, o‘zgalar nuqtai
nazarini qabul qila olish, o‘z xarakatlariga mas’uliyat bilan yondashuv, o‘zi va o‘zgalar haqida
qayg‘urish, o‘z xatti-harakatlarining boshqalarga qanday ta’sir etishini o‘ylab ish tutish, o‘z xatti-
|
| |