|
Jizzax davlat pedagogika universitetiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
markaziy agentligi mavjud emas. Federal hukumatning roli cheklangan. Shtat universitetlari
federal hukumat emas, shtat nazorati ostida. AQSH oliy ta’lim uyishmalarida esa, oliy ta’lim
sektoriga turli xil uyushmalar kirib, muassasa yoki shaxslar (ba’zan har ikkisi) ularning a’zosi
bo‘lishadi. Ba’zi uyishmalar uchun kollej va universitetlarning manfaatlarini federal va ba’zi
xollarda shtat hukumatlarida ximoya qilish muhim vazifa sanaladi. A’zolik uyushmalari oliy
ta’limning barcha yoki muayyan qismning manfaatlariga mos keladigan davlat siyosatining
qo‘llab- quvvatlaydi. Ko‘pgina uyishmalar o‘z a’zolariga kasbiy rivojlanish dasturlari va
xizmatlarini taqdim etadi, shuningdek ushbu soxadagi eng ilg‘or tajribalar haqida ma’lumot
beradi.
Boshqaruv kengashlari haqida so‘z yuritsak, uning boshqa davlatlardan farqli o‘laroq,
institutsional avtanomiya (ta’lim muassasalarining o‘zini-o‘zi mustaqil idora qilish huquqi) AQSH
oliy ta’limining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rishimiz mumkin. Biroq davlat nazoratidan avtanomlik
darajasi oliy ta’lim soxalarida, ya’ni shtatdan shtatga xususiy va davlat kollejlari va universitetlari
o‘rtasida hattoki ma’lum bir shtatdagi muassasalar o‘rtasida, keskin farq qiladi. Yana bir farqli
tomoni xususiy ta’lim muassasalarining davlat muassasalariga qaraganda avtanomlik darajasi
ancha yuqori, chunki aksariyat hollarda ular o‘z shtatlari tomonidan to‘g‘ridan- to‘g‘ri
moliyalashtirmaydi. Shuning uchun muassasa rahbarlik tuzilmasi va faoliyati ham muassasaning
hajmi, vazifasi va tashkiliy madaniyatiga qarab farqlanadi. Institutsional boshqaruvning eng
yuqori darajasi - bu boshqaruv yoki siyosatni belgilovchi organ bo‘lib, odatda kengash deb
nomlanadi: regentlar, direktorlar, vasiylar yoki boshqaruvchilar kengashi. AQSHdagi deyarli
barcha kollejlar va universitetlar asosan fuqorolardan tashki topgan kengashlar tomonidan
boshqariladi. Unda saylanadigan mansabdor shaxslar amaldorlari bo‘lmasa-da ayrimlari shtat
gubernatori tomonidan tayinlanadi. Odatda boshqaruv kengashlari prizident yoki rektor deb
ataluvshi bosh ijrochi direktorni tayinlash uchun javobgardirlar. Birgalikda ishlash orqali, ular
siyosatni va butun tizim uchun ustivor bo‘lgan yo‘nalishni belgilaydilar, byujetlarni
muvofiqlashtiradilar va o‘z yurisdiksiyasida bo‘lgan muassasalar manfaatlarini ximoya qiladilar.
Kengashlar odatda muassasaning eng yuqori boshqaruv organi hisoblansa-da ular hokimyat va
javobgarlikni prizident, fakultet yoki talabalar kengashlari va boshqa tashkiliy tuzilmalar bilan
bo‘lishadi.
Oliy ta’lim tizimining institutsional boshqaruviga ham e’tibor qaratsak. Muayyan
nomlanishlar va tuzilmalar muassasalarda turlicha bo‘lsa-da, institutsional boshqaruv odatda
quyidagi rollarni bajaradi:
Prezident : Oliy darajadagi institutsionai rahbar va ma’mur sifatida, prezidentning roli
strategik rejalashtirish, moliyaviy barqarorlik, shuningdek muassasaning ish unumdorligini
oshirishga qaratilgan.
Rektor : AQSHning ba’zi universitet tizimlari bir nechta kompluslardan (talabalar
shaharchasi) iborat. Bunday hollarda, har bir kompusning bosh ma’muri rektor deb ataladi va
to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet tizimining prezidentiga xisobot beradi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, bosh ilmiy xodim: U akademik masalalar –o‘quv
dasturlari, ilmiy izlanishlar va fakultetga oid ishlarga mas’ul bo‘ladi. Ko‘pgina prorektorlar
shtatdagi professor- o‘qituvchilar tarkibidan tayinlanadi. Prorektor yangi prezidantni saylash
vaqtida vaqtinchalik prezident vazifasini bajarishi mumkin. Bu lavozim “o‘quv ishlari bo‘yicha
vitse- prezident” deb ham atalishi mumin.
Vitse-prezidant: Vitse-prezident universitetdagi rahbarlik lavozimi bo‘lib, u bevosita
prezidentga yoki rektorga bo‘ysunadi. U ta’lim muassasaning noilmiy vazifalarini bajaradi,
xususan, moliya , kadrlar, talabalar bilan ishlash, rivojlanish va axborot texnalogiyalariga oid
masalalarni nazorat qiladi. Ko‘pgina masalalarda har bir funksional yo‘nalish bo‘yicha vise-
prezident mavjud.
Dekan: Dekan kollej yoki universitetning ilmiy bo‘limini boshqaradi. Dekan ushbu
bo‘limning bosh ma’muri sifatida o‘qituvchilar, kafedra mudirlari, bo‘lim xodimlari, talabalar va
|
| |