200
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
PEDAGOGLARDA KREATIVLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING
SAMARALI YO‘LLARI
Nematov Xusniddin Muxiddin o‘g‘li
Farg‘ona politexnika instituti, Fizika kafedrasi assistenti,
Axmadjonova Dilshoda Olimjon qizi
Farg‘ona politexnika instituti qurilish fakulteti arxitektura yo‘nalishi talabasi
Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi
g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma‟nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida,
muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi.
Kreativlik shaxsni
yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi.
Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari
surish; farazni
tekshirish va Ozgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni
aniqlash; muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning Ozaro qarama-qarshiligiga
nisbatan ta‟sirchanlikni ifodalaydi. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga
shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari,tabiiy va ijtimoiy
quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yonaltiradi. Xalq ta‟limi tizimida
faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari ularda o‘quv va tarbiya
jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish,
bir qolipda
fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi.
Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish,
yangi, ilg‘or, bo‘lajak pedagoglarning o‘quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat
qiladigan g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil
o‘rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar
xususida doimiy,izchil fikr
almashish tajribasiga ega bo‘lishga e‟tibor qaratadi.Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga
ega bo‘lishlari pedagogic muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy
loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta‟minlanadi.
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt
ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin
takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning
kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi
va kasbiy
faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy
faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.Pedagog
ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish,
shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga
ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z
oldiga muammoli masalalarni qo‘yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan
dalillar bilan to‘qnash keladi. Buning natijasida o‘z
ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga
nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga
oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi.
Hozirgi zamon pedagogikasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga ehtiyoj sezadi.Ushbu
loyihani amalga oshirish quyidagilarni amalga oshiriladi:
1. O‘qituvchilarni ma‟naviy va moddiy rag‘batlantirish sistemalarni tadbiq
etish;
2. Pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda qo‘yiladiagan talablarni yangilash;
3. Ularning malakasini oshirish;