|
TA'LIMDA MARKAZSIZLASHTIRISH FIKRINING PAYDO BO‘LISHIBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам TA'LIMDA MARKAZSIZLASHTIRISH FIKRINING PAYDO BO‘LISHI
Abdurasulov Baxodir Abdumalik o‘g‘li
JDPU Ta’lim muassasalarning boshqaruvi magistranti
Agar rivojlangan mamlakatlarga nazar soladigan bo‘lsak ijtimoiy sohaga ta’lim va sog‘liqni
saqlashga, iqtisodiyot va boshqa muhim yo‘nalishlarga katta kuch , ko‘p invistitsiya kiritilishiga
amin bo‘lamiz. Xar bir rivojlanmagan davlat borakan ta’lim sohasiga e’tibor bermagan va
ta’limsiz rivojlangan davlat yo‘q. Ta’lim sohasini isloh qilish va rivojlantirish orqali
rivojlanayotgan davlatdan rivojlangan birinchi dunyo davlatlari qatoriga kirish uchun eng asosiy
va eng birinchilardan e’tibor beriladigan sohadir. Hozirgi kunda biz uchratishimiz mumkin
markazlashgan va nomarkazlashgan ta’lim muassasalari borligini. Lekin oxirgi paytda
markazlashgan ta’lim tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqib nomarkazlashgan tizimiga o‘tishiga
guvoh bo‘lamiz. Bu jarayon asosan birinchi dunyo davlatlari ommalashgan bo‘lishiga qaramasdan
oxirgi paytda davlatimiz O‘zbekiston Respublikasida ham bu jarayon tashkil qilinganini
ko‘rayapmiz. Va bu jarayonning asosiy maqsadi davlatni rivojlatirish ya’ni davlat tasarrufidan
chiqib bu ta’lim tashkiloti asosan oliy ta’lim sifatida qarasak o‘zini o‘zi boshqarish,
moliyalashtirish orqali sof raqabot tashkil qilinib sifatli va toza ta’lim muhitini yaratilayotganini
ba’zi xususiy ta’lim tashkilotlarini orqali guvoh bo‘layapmiz.
Mamlakatimizda davlat va xususiy oliy ta’lim yurtlarida ba’zi bir muhim farqlarini
solishtiradigan bo‘lsak bu ularning yuqori bilimli talabalariga ajratiladigan grant dasturidagi katta
farq va bu narsa o‘z paytida talabalar o‘qishiga ikki xil ta’sir o‘tkazishini ko‘rib chiqamiz.
Statistikaga qaraydigan bo‘lsak hozirgi paytda 100 dan ziyod davlat oliy o‘quv yurtlari mavjud va
ularning har birida to‘lov grantida asosida talabalar o‘qishi mavjud
McGinn va Welsh ta'limni markazsizlashtirish zarurati dunyodagi yangi iqtisodiy va
texnologik sharoitlardan kelib chiqadi, deb ta'kidlaydilar.
Birinchidan, 1970 va 1980 yillardagi siyosiy munozaralar iqtisodiy siyosatni Keynscha
ilhomlantirgan iqtisodiy fikrlardan bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatga o‘tkazdi. Bozorga
yo‘naltirilgan iqtisodiyot jamiyatda resurslarni taqsimlashning eng yaxshi usuli sifatida qaraldi;
Resurslarni qanday taqsimlash kerakligini markaziy hukumat emas, bozor hal qilishi kerak edi.
|
| |