206
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
o‘zaro bog‘liq qismlarga, bo‘laklar (o‘quv elementlari)ga ajratishni, so‘ngra ta’limdan
mo‘ljallangan natijaga yerishish uchun bajariladigan o‘quv-bilish faoliyatini (harakatlarni,
amallarni) ketma-ket, bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirishni va loyihalashtirilgan ishlar,
amallarning barchasini birdek bajarishni talab etadi. Bu, pedagogika fanining qonuniyatlaridan
biridir, ta’lim texnologiyasini qo‘llash uchun unga amal qilish zarur[1-2]. Har qanday jamiyatda
texnika taraqqiyoti, kundalik turmush tarzidan tortib yuqori avtomatlashgan ishlab chiqarish
jarayonlarini boshqarishgacha fizika fani qonuniyatlarisiz amalga oshmaydi. Shu nuqtai nazardan
olib qaraganda alohida fizika fanini ham nazariy o‘qitish, ham amaliyotda tatbiq etishga e’tibor
berish—shu kunning muhim vazifasidir. Fizika fani qonunlari amaliyotda eng ko‘p
qo‘llanilganligi uchun ham uni o‘qitishdagi tajriba-amaliyot ishlariga alohida e’tibor berish vaqti
yetib keldi.
Ilmiy- tadqiqot metodlari. Texnika o‘quv yurtlarida fizikani o‘qitishdan asosiy maqsad
innavasion rivojlanayotgan sharoitida mustaqil, ijodiy faoliyat ko‘rsata oladigan, ta’lim olish
borasidagi faoliyatini davom ettirib, o‘z bilimi, malaka va ko‘nikmalarini chuqurlashtirib,
rivojlantirib boruvchi yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Shu asosda o‘quvchilarda
vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, O‘rta Osiyo tafakkirlarining ilmiy-
madaniy meroslari va O‘zbekiston olimlarining fizika fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini
anglash, mustaqil bilim olish kabi ko‘pgina sifatlarni tarbiyalash fizika o‘qitish vazifalarini
belgilaydi. Fizikani chuqur o‘rganish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish,
qolaversa, ularning fizik bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun texnika o‘quv yurtlarida
laboratoriya ishlari, masalalar ishlash va shu bilan birga qabul qilingan va odatiy darslardan
tashqari, keng imkoniyatlarga ega zamonaviy darslar (nostandart darslar)ning ham o‘ziga xos
turlarini aytib o‘tish mumkin[5-7]. Mazkur noan’anaviy fizika darslariga: savollar berish darsi,
izlanish darsi, mustaqil tayyorgarlik darsi, munozara darsi, turli rollarni bajarishga asoslangan
o‘yin darslar, seminar, ma’ruza va hokazo dars turlari kiradi[2-4]. Bu kabi darslar o‘z mazmuni va
maqsadiga ko‘ra o‘quvchilarda nafaqat o‘zining bilim kuchiga bo‘lgan ishonchini uyg‘otadi, balki
o‘qish, bilim olishga nisbatan qiziqishni kuchaytiradi, ijodiy faollikni yuzaga keltiradi. Eng
muhimi, mazkur darslar o‘quvchilarning ijodiy mustaqillikka asoslangan faoliyatini ro‘yobga
chiqaradi.
Muhokamalar. Texnika o‘quv yurtlarida fizikaning dinamika bo‘limiga aloxida moodul
ajratilgan bo‘lib, shu moodulda dinamikaning o‘zagini tashkil qiladigan, 1687- yilda chop etilgan
«Natural falsafaning matematik asoslari» asarida bayon qilingan I.Nyuton qonunlarini yoritish
yotadi. Bunda yuqorida aytib o‘tilgan dars turlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘quv
materialini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan yechiladigan jumboq o‘quvchilar uchun masala
bo‘ladi. Masalalar yechishni o‘rganish o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga imkon beradi,
mantiqiy tafakkur, xotira, diqqat va idrokning o‘sishiga yordam beradi. Masalalarni yecha olishlik
fizika fanini o‘rganish va o‘zlashtirishning asosiy mezonidir. Masalalar yechish jarayonida
o‘quvchilar tabiat, texnika va turmushdagi turli fizik hodisalarni tahlil qilishda o‘z bilimlarini
qo‘llash uchun bilim va malaka hosil qiladila. Ilg‘or pedagogik texnologiya mohiyatini
oydinlashtiruvchi va fizika ta’lim mazmunining ilmiy darajasini yuqori ko‘taruvchi o‘qitish
uslubiyotidan fizik nazariyalarini o‘rganishda foydalanish mumkin.
Xulosa. Xulosa qilib fizikaning dinamika bo‘limi texnika o‘quv yurtlari uchun juda muhim.
Ishlab chiqarishga yuqori sifatli muhandislar tayyorlashning o‘ziga hos mashaqqatlari mavjud.
Ushbu qiyinchiliklarni o‘ziga xos yondashishlar orqali hal qilish mumkin. Fizikaning dinamika
bo‘limini o‘rganish orqali o‘pgina muhim sohalardagi muommolarni yechishga ko‘mak beradi va
qo‘llanilish chegarasini orttiradi.