|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 204
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ta`limi tizimida ta`lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g`risida”gi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida “Ta`lim sifatini baholash
bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi39. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli ““Raqamli O‘zbekiston 2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g`risida”gi farmonida raqamli
dunyoda raqamlashtirish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyot sohasida
yangi loyihalarni ko‘rib chiqish va raqamli ta`limni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu farmonda ta`lim sohasida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar
amalga oshiriladi:
ta`lim pog`onasining boshlang`ich bosqichida o‘quvchilarga raqamli texnologiyalarni
taqdim etish orqali raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli
transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko‘nikmalar berish;
yagona masofaviy ta`lim platformasini kelajakda ta`limning barcha yo‘nalishlarida tatbiq
etish maqsadida yaratish va amalga oshirish;
o‘quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish
maqsadida umumta`lim maktablarining asosiy o‘quv dasturlariga doimiy o‘zgartirishlar kiritish;
texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida o‘qishni tashkil etishga qaratilgan yuqori
samarali xalqaro amaliyotni ta`lim tizimiga joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog`liq yo‘nalishda kadrlar tayyorlovchi oliy
ta`lim muassasalari bitiruvchilari sonini, axborot texnologiyalar sohasida o‘rtacha darajada
kompetensiyaga ega bo‘lgan o‘rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish
va hokazo.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo‘llash
imkoniyatiga erishiladi. Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida
kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot
jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shunday
fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o‘rinni
egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo‘lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar
xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalishlarni
ajratib ko‘rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan
jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug‘urta va atrof-muhit
informatikasi, professional axborot tizimlari. Multimedia tizimining paydo bo‘lishi ta’lim, fan,
san’at, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi
bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o‘zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan
samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi
zarur bo‘ladi. Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham
ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim
oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan
shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar
bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va
ular taqdim etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta’minlab turishi
mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida qo‘llanilishi va
39
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta`limi tizimida ta`lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi 997-sonli qarori.
|
| |