|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 211
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
oluvchilar javobni qo‘l ko‘tarib og‘izaki berishardi. So‘rovnoma va viktorinalarni raqamli
vositalar yordamida o‘tkazish bu jarayonning samaradorligini oshirib, talabalarda fanga bo‘lgan
motivatsiyani ham shakllantiradi. O‘qituvchilar ushbu so‘rovnomalar yordamida talabalarning
yangi ko‘nikma va bilimlarini, qiziqishlarini aniqlashlari hamda tahlil qilishi mumkin. O‘z
navbatida ushbu raqamli tahlillar asosda ta’lim yo‘nalishlari va metodlarini o‘zgartiradilar.
Hozirda onlayn viktorina, test va so‘rovnomalarni tashkil etishda turli interaktiv vositalardan
foydalanilmoqda. Web-sayt, dasturiy ilovalar yoki ijtimoiy tarmoqlar, bir so‘z bilan aytganda
mobil texnologiyalar endilikda ularni oson va tez o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Shunday
vositalardan biri Kahoot dasturi bo‘lib, ta’lim sohasida qo‘llanilishi va uning samaradorligi haqida
Malayziyalik ilmiy tadqiqotchilar Debbita Tan Ai Lin, M.Ganapathy va Manjet Kaur ish olib
borganlar[5].
Tarmoq texnologiyalari fani ma'ruza mashg‘ulotlarining o‘qitish metodikasiga adaptatsiya
qilish taqsimlangan ta'lim metodikasiga asoslangan bo‘lib, bunda o‘quv topshiriqlari an'anaviy va
yangi shakllar orasida, ta'lim metodlari orasida, o‘quv muassasa va uydagi kompyuterlar orasida
taqsimlanishi nazarda tutilgan. Taqsimlangan ta'lim metodikasi asosida tarmoq texnologiyalarini
o‘qitishni SMART-texnologiyalar bilan birga olib borishning bir qancha afzalliklari bor:
1.
Talabalar yangi materialni o‘rganishlari uchun kerakli materiallarni o‘qituvchi
tomonidan oldindan tayyorlangan sifatli va ko‘rgazmali shakllarda oladilar;
2.
Dars materiallari hamma uchun, hatto darsda ishtirok etmagan talabalar uchun ham
ochiq;
3.
O‘qituvchi talabalarning ijodiy faoliyatlarida koordinator vazifasini o‘taydi;
4.
Yaratilgan bo‘sh vaqt asosida individual yo‘naltirilgan ta'limni yo‘lga qo‘yish
imkoniyati yaratiladi. O‘qituvchi past o‘zlashtiruvchi talabalar bilan alohida shug‘ullanishi
mumkin;
5.
Bilimlar sifatini sinashning oddiy usullari taklif etilgan. Bunda o‘qituvchi
kompyuter texnologiyalaridan foydalanib talabalarni qaysi topshiriqlarni yaxshi yechmoqdalar va
qaysilari qiyinlik tug‘dirayotganini kuzatishi va nazorat qilishi mumkin,
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi kunda metodologik jihatidan
uzluksiz ta'lim tizimining bosqichlaridan biri bo‘lgan oliy ta'limda o‘qitish jarayonini samarali
tashkil etish omillaridan biri fanlar bo‘yicha o‘qitishni samarali tashkil etish metodikasini
takomillashtirish hisolanadi. Ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari
integratsiyasidan foydalanib darslarni tashkil etish yangidan-yangi pedagogik tafakkurlashni,
izlanish va fikr yuritishni taqozo etadi. Zamonaviy o‘qituvchida faqat keng ko‘lamdagi tizimli
bilim, ko‘nikma, malaka va kasbiy kompetensiyalar talab etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida
kadrlarni tayyorlashda o‘zini-o‘zi uzluksiz, doimiy ravishda rivojlantiruvchi, ijodkor shaxs
bo‘lishiga motivatsiya uyg‘otish va mediakompetentlikni rivojlantirish talab etiladi.
|
| |