|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 214
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
O‘qituvchi, o‘quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun amaliyot
har qanday bilishning negizidir, degan qoidani hisobga olish zarur.Ta’limda o‘qituvchi bilim
berish bilan cheklanmaydi, u o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi,
o‘quvchilarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stiradi va shu tariqa o‘rganilayotgan
narsaning ongli ravishda o‘zlashtirib olishga erishiladi, materialni idrok qilishlari va tushunib
olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Xodjaev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: Sano-Standart,
2017.
2.
Dilorom Qosimova. Menejment nazariyasi. T.: “Tafakkur bo‘stoni” 2011.
3.
N.Egamberdieva, Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy nomidagi
O‘zMKN.T.: 2009-yil..
TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISH
Boboyeva Iroda
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Artur Qoryog‘diyev
JDPU Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi
Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va
mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga
oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv
yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish
jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan
belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy
tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli
bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib brogan.
Shu asnoda ta`lim tizimining faoliyatini tashkil etish va boshqarish strukturasi ham tashkil
qilingan bo‘lib u quyidagicha ta`riflanadi va izohlanadi.
Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo‘lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar,
shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to‘g`ri tashkil etilishi juda muhim.Hozirgi paytda
yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual
salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o‘ta muhim hisoblanadi.Avvalo, boshqarishning
ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir
ko‘rsatish demakdir.Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim
muassasasining faoliyat xususiyatiga ko‘ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish,
rag`batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv
faoliyatidir.Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha
yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir.
Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o‘rniga «o‘zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv
boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda. Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim
muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga
nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat
bilan tavsiflanadi. Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan
shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga , shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli
hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga
erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish
jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston
|
| |