212
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
6.
Zarzycka-Piskorz, E. (2016). Kahoot it or not? Can games be motivating in learning
grammar? Teaching English with Technology, 16(3), 17-36.
“MENEJMENT NAZARIYASI” FANINI O‘QITISHNING DIDAKTIK
IMKONIYATLARI
Abduraimov Bexzod Ochilovich
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Maʼlumki har qanday faoliyat turi
boshqaruv asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga
oshirishda koʼzlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat
qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini
himoya qilish, ragʼbatlantirish chora tadbirlari boshqaruv jarayonida
tashkil etiladi va
muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham oʼz taʼsirini oʼtkazadi.
Mustaqilligimizni qoʼlga kiritmasimizdan oldingi tizimda, iqtisodiyotda maʼmuriy–
buyruqbozlikka, hamda markaziy rejalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina
mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulk shakliga ega boʼlgan, markazdan turib belgilangan
rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq nazorat qilish,
qolaversa, jamiyatda
mulkdorlar sinfini shakllanishiga toʼsqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim oʼzini oqlamaganligi tarixdan
maʼlum.
Oʼzbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi taʼminlangan,
ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish koʼzda tutilgan,
erkin narx-navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor
iqtisodiyotiga oʼtish yoʼlini tanladi va iqtisodiy islohatlarni
bosqichma-bosqich amalga
oshirmoqda. Iqtisodiy islohatlarni birinchi bosqichidanoq iqtisodiyot boshqaruv tizimini isloh
qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohatlar institutsional oʼzgarishlarni
amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ularning xususiyatiga
mos keladigan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan,
tadbirkorlikni rivojlanishini ragʼbatlantiradigan tashkiliy huquqiy shakllar vujudga kelishiga
qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunday bozor
munosabatlari sharoitida butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini
oʼrganishda, iqtisodiyotni
butun tarmoqlarida, boshqaruvni amalga oshira oladigan malakali
rahbarlarni tayyorlashda “Boshqaruv nazariyasi” fani muhim oʼrin tutadi. Zero, rahbar,
boshqaruvni amalga oshirishda bosh boʼgʼin hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi koʼp
jihatdan rahbar egallagan bilim malaka, tajriba, qolaversa uning muhim.
“Menejment nazariyasi” oʼquv kursining maqsadi talabalar
tomonidan aniq bozordagi
boshqariladigan obʼektning raqobatbardoshligini taʼminlashning majmuaviy tizimi sifatida
menejment tizimining ilmiy tamoyillari va usullarini egallash, ularni amalda qoʼllash uchun
kerakli koʼnikmalarni mustahkamlashdan iboratdir. hislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita
bogʼliq boʼladi.
Bu fanning maqsad vazifalari ham shularni oʼrganishni nazarda tutadi.
Bu fan
boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va tamoyillari, funktsiya va vazifalari, shuningdek boshqaruv
tizimida menejer oʼrni, madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga taʼsir qiluvchi
boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib berishga qaratilgan.
Endi asosiy vazifaga o‘tadigan bo‘lsak “Menejment nazariyasi” fanini o‘qitishning didaktik
imkoniyatlari nimada? Degan savol bo‘lishi mumkin.
Pedagogika fanining turli sohalari didaktlari printsiplar tushunchasiga turlicha
yondashadilar. Ba'zilar ularni o‘qituvchining didaktik ish usullarini belgilaydigan me'yor deb
hisoblashadi. Boshqalar esa, ushbu tizimlarning mustaqilligining
isbotini hisobga olgan holda,
turli xil o‘qitish tamoyillari turli didaktik tizimlarda ishlashi mumkinligiga ishonishadi. Ushbu