|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 210
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Mashg‘ulotning boshlanish vaqtida uy vazifasi sifatida berilgan yangi mavzuning
o‘zlashtirish darajasini Kahoot - maxsus onlayn viktorina va test o‘tkazuvchi dastur yordamida
aniqlash va tahlil qilish;
Yangi mavzu bo‘yicha bahs-munozarani davom ettirish uchun onlayn-forumlarni (forum,
ijtimoiy tarmoqlar va hakozo.) qo‘llash;
Talabalar amaliy ishlarni mustaqil ravishda bajara olishlari uchun qo‘shimcha baholash yoki
vazifalarni belgilash;
Talabalardan turli vaziyatlarda yoki holatlarda yangi bilim va ko‘nikmalarni talab qiluvchi
kichik topshiriqlarni yaratish;
Talabalar auditoriyada yoki hamkorlikda qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishini davom
ettirishi uchun o‘qitishning norasmiy guruhlarini kengroq shakllantirish;
Auditoriyada o‘quv imkoniyatlarini kengaytirishda, talabalarning bahs-munozaralari yoki
mashg‘ulotlarini davom ettirishlari uchun hamkorlikda personal o‘quv bilimlarni qayta ishlash.
B.Blum taksonomiyasini qo‘llagan holda “Flipped classroom” metodini shakllantirish uchun
talabalarga dars vaqtidan tashqari quyi darajadagi kognitiv ishlarni (bilim olish) mustaqil ravishda
bajarishni va keyinchalik ularni yuqori darajadagi kognitiv ishlarga (amaliy dasturlar, tahlillar)
jalb qilishni taklif qilinadi. Dars mashg‘ulotlari davomida talabalar o‘zaro va o‘qituvchi
hamkorligida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin (1-rasmga qarang).
Binobarin, SMART-texnologiyalar, ya’ni, Smart-doska (Smart Board), Smart minbar (Smart
Digital Podium), virtual elektron o‘quv resurslari, proektorlar, interaktiv va kommunikativ
xarakterdagi elektron o‘quv materiallarini yaratish va tarqatishning dasturiy ta’minotlari (Smart
Notebook, Smart Meeting Pro, Smart Bridgit) hamda buyumlar interneti - IoT (Internet of things)
larning tizimlashgan xizmatini joriy etish bu metodikaning mukammal bo‘lishligini ta’minlaydi.
Buyumlar interneti (Internet of Things, IoT) - bu o‘rnatilgan aloqa texnologiyalari va
Internetdan foydalangan holda bir-biri bilan va tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan raqamli
sensorlar va qurilmalar (Internet of Things) birikmasidir. Buyumlar internetining birinchi
ta'riflaridan biri Nil Gershenfeld, Raffi Krikorian va Denni Koen tomonidan IoT kontseptsiyasi va
uning imkoniyatlariga bag‘ishlangan ilmiy ishlarida berilgan [4].
1-rasm. “Flipped classroom” metodida B.Blum taksonomiyasining qo‘llanilishi
Ta’lim muassalarida o‘tiladigan o‘quv predmetlari ma’ruza mashg‘ulotlarini «Flipped
classroom» metodining tamoyillari asosida tashkil etishda uy vazifasi sifatida berilgan yangi
mavzuning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va tahlil etish usuli haqida to‘htalamiz. Odatda
ko‘pincha an’anaviy metodda pedagoglar ma’ruza mashg‘ulotida og‘izaki so‘rov yoki noformal
ko‘rinishdagi so‘rovnomalar va viktorinalarni o‘tkazib kelishadi. Bu so‘rovnomalarga ta’lim
|
| |